14-mavzu. Shaxsiy tarkib harbiy mahoratini shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari. Reja


His-hayajonli munosabat yordamida baholash


Download 260.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana02.04.2023
Hajmi260.63 Kb.
#1321298
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-MAVZU

1. His-hayajonli munosabat yordamida baholash: ma’qullab yoki norozi 
ma’noda bosh irg‘ab qo‘yish, “yaxshi”, “to‘g‘ri”, “barakalla”, “yaxshi emas” kabi 
qisqa izohlar berish va hokazo. 
2. Baholovchi fikr, munosabat yordamida baholash: “to‘g‘ri, biroq ishonchsiz 
harakat qildingiz”, “masalani tushunasiz, ammo fikrlaringizni aniq bayon 
etolmadingiz” kabi fikrlarni bildirish. 
3. Baho qo‘yish yordamida baholash, ya’ni “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli”va 
“qoniqarsiz” baholar qo‘yish. 
4. Reyting tizimida baholash, ya’ni o‘quv fanlarini o‘rganish jarayonida 
mavzular bo‘yicha belgilangan ballarni to‘plab borish. 
Harbiy xizmatchilar bilimini baholashda quyidagilarni hisobga olish zarur: 
- o‘quv fani (savol) bo‘yicha bilimlari hajmi; 
- bilimlarining chuqurligi va aniq tizimga solinganligi; 
- o‘rganilgan bilimlarni tushunib etganligi, fikrlarining mustaqilligi, qat’iy 
ishonch bilan bayon etilishi; 
- bilimlarining amaliy ahamiyatini tushunib etishi, turli vazifalarni bajarishda 
qo‘llay olishi. 
Harbiy xizmatchilarning ko‘nikma va malakalarini baholashda quyidagilar 
inobatga olinadi:
- ko‘nikma va malakalarning mavjudligi; 
- ularning aniqligi va mustahkamligi; 
- ko‘nikma va malakalarni turli sharoitlarda qo‘llay olishi; 
- yo‘l qo‘yilgan xatolarning miqdori, ularning xarakteri va amaliy faoliyatga 
ta’siri; 
- harakatlarining aniqligi, mustaqilligi, bajarilish tartibi (ketma-ketligi). 
Ta’lim oluvchilarga baho qo‘yishda quyidagi pedagogik mezonlarga rioya 
qilish lozim: 
- “a’lo” baho qo‘yiladi, qachonki askar fan bo‘yicha dastur materiallarini to‘liq 
va chuqur egallasa hamda tushunib etsa; aniq, mazmunli, mantiqiy bayon etsa va 
fikrlarini asoslab bera olsa; nazariy bilimlarini amalda to‘g‘ri qo‘llay olsa; 
- “yaxshi” baho qo‘yiladi, qachonki ta’lim oluvchi dastur materialini bilsa, 
savollarga erkin javob bersa; nazariy bilimlarini amalda qo‘llay olsa; xatosiz 
harakat qila olsa; 
- “qoniqarli” baho qo‘yiladi, qachonki askar dastur materialining asosiy qismini 
bilsa, savollarga to‘liq javob bera olmasa; nazariy bilimlarini amalda to‘g‘ri 
qo‘llashga qiynalsa; 
- “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi, qachonki askar dastur materiali haqida yuzaki 
tushunchaga ega bo‘lsa; nazariy bilimlarini amalda qo‘llay olmasa. 
Har qanday sharoitda ham baho ob’ektiv va haqqoniy bo‘lishi, ta’lim 
oluvchilarning bilimi, ko‘nikmasi va malakalariga aniq mos kelishi lozim. Oshirib 
qo‘yilgan baho bo‘ysunuvchini “erkalatib”, tinchlantirib qo‘yishi, ba’zan esa 
manmanlikka olib kelishi mumkin. Nohaq pasaytirib qo‘yilgan baho esa askarni 
ranjitishi, mashg‘ulotlardan ko‘nglini sovutib qo‘yishi mumkin. 



Download 260.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling