14-mavzu. Shaxsiy tarkib harbiy mahoratini shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari. Reja
-o‘quv savoli. Harbiy xizmatchi bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini
Download 260.63 Kb. Pdf ko'rish
|
14-MAVZU
2-o‘quv savoli. Harbiy xizmatchi bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini
tekshirish va baholash. Harbiy xizmatchilar bilimi, ko‘nikmasi va malakasini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining tarkibiy qismidir. Jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda turlicha funksiyalarni bajarar ekan, tekshirish va baholash ta’lim jarayonining borishiga va natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim beruvchi (o‘qituvchi, komandir, boshliq, instruktor) o‘z bo‘ysunuvchilarining bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini tekshirib borar ekan, avvalambor ularning faoliyatini nazorat qiladi: askarlar nimalarni va qanday o‘rganayapdilar, qanday qiyinchiliklarga duch kelayapdilar, kim qanday yordamga muhtoj va hokazo. Shu bilan birga u tekshirish davomida ta’lim va tarbiya berishni davom ettiradi, ya’ni askarlarga bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlashga, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishga, tafakkurini va xotirasini rivojlantirishga, axloqiy-jangovar, hissiy-irodaviy xislatlarini mustahkamlashga va ma’naviy-ma’rifiy barkamolligini ta’minlashga yordam beradi. Shu bilan bir vaqtda, shaxsiy tarkib tayyorgarligi darajasini tekshirish ta’lim beruvchiga o‘z faoliyati natijasini tanqidiy baholash imkonini beradi. Harbiy xizmatchilar ta’limi jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolarini bilish, ularning sabablarini o‘rganish va tuzatish choralarini ko‘rish kelajakda bo‘linmaning jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligini yanada yuqori darajaga ko‘tarishga imkon beradi. Shaxsiy tarkibning bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini tekshirish va baholashdan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun quyidagi pedagogik talablarga rioya qilish shart: birinchidan, tekshirish ma’lum tizim asosida, har bir mashg‘ulotda amalga oshirishi lozim; ikinchidan, u bilish xarakteriga ega bo‘lishi, barcha ta’lim oluvchilar uchun qiziqarli va foydali bo‘lishi kerak; uchinchidan, yakka tartibdagi tekshiruv jamoa (bo‘linma, ekipaj) tayyorgarligini tekshirish bilan muvofiqlashtirilishi zarur; to‘rtinchidan, tekshirish har tomonlama, haqqoniy bo‘lishi va turli metodlar bilan amalga oshirilishi muhimdir; beshinchidan, tekshirish jarayonida askarlarga nisbatan yuksak talabchanlik ko‘rsatish va ularning shaxsiy qadriyatlarini hurmat qilish hamda amaliy yordam berish lozim. Sanab o‘tilgan talablar asosida o‘tkaziladigan tekshirishlar askarlarni o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi. Ta’lim beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan doimiy va ma’lum tizim asosidagi tekshirish ularni mashg‘ulotlarga puxta tayyorlanishga, ko‘proq mustaqillik va tashabbuskorlik ko‘rsatishga, o‘z harbiy mutaxassisligini ongli ravishda egallashga undab boradi. O‘zining belgilanishiga va xarakteriga ko‘ra askarlarning bilimi, ko‘nikmasi va malakasini tekshirish boshlang‘ich, joriy, yakuniy va nazorat tekshiruvi kabi turlarga bo‘linadi. Download 260.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling