14-mavzu. Shaxsiy tarkib harbiy mahoratini shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari. Reja
Download 260.63 Kb. Pdf ko'rish
|
14-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy tekshirish
- Yakuniy tekshiruv
- Nazorat tekshiruvi
Dastlabki tekshirish bo‘linmaga endigina kelgan askarlar, kursantlar va
ofiserlarning tayyorgarlik darajasini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Bu turdagi tekshirish har bir bo‘ysunuvchi bilan alohida suhbatlashish, mashg‘ulotlarda qatnashish va xizmat vazifalarini bajarish davomida ular harakati va xulqini kuzatish, ba’zi hollarda ma’lum bir vazifalarni bajarishni talab qilish orqali o‘tkazilishi mumkin. Boshlang‘ich tekshirish natijalari ta’lim beruvchi uchun keyingi ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish va amalga oshirish uchun muhimdir. Joriy tekshirish ta’lim jarayoni davomida, har bir mashg‘ulotda o‘tkazib turiladi. Bunday tekshirish, bir tomondan, ta’lim oluvchilarning mas’uliyatini oshirsa va mashg‘ulotlarga doimiy ravishda tayyor holda kelishga undasa, ikkinchi tomondan, o‘qituvchiga bo‘ysunuvchilarning o‘quv materialini qay darajada o‘zlashtirayotganlarini kuzatib borishga yordam beradi va zarur hollarda ta’lim jarayoniga kerakli tuzatishlar kiritish lozimligini ko‘rsatadi. Yakuniy tekshiruv odatda o‘quv yili oxirida, fanni yoxud uning katta bo‘limini o‘rganish tugaganda o‘tkaziladi. U bitiruv va joriy imtihonlari, sinovlar, maxsus tekshiruv mashg‘ulotlari, taktik mashqlar ko‘rinishida va boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Nazorat tekshiruvi bo‘linmalarda, qismlarda yuqori qo‘mondonlikning rejalari asosida ma’lum davrlarda o‘tkaziladi. Bunday tekshiruvlarning maqsadi shaxsiy tarkibning tayyorgarlik darajasini tekshirish, shuningdek ta’lim jarayonining borishini nazorat qilishdan iboratdir. Nazorat tekshiruvlari reja asosidagi mashg‘ulotlar (mashqlar) jarayonida yoki alohida belgilangan vaqtda o‘tkazilishi mumkin. Saf ko‘riklari ham shunday tekshiruv jumlasiga kiradi. Ta’lim jarayonining borishi, shaxsiy tarkibning tayyorgarlik darajasi yuqori organlar rejasi asosida o‘tkaziladigan xususiy va ayniqsa inspektorlik tekshiruvi vaqtida tekshiriladi va baholanadi. Bunda bo‘linmalar va qismlar shaxsiy tarkibining faoliyati, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligining tashkil etilishi, jangovar tayyorgarligi darajasi har tomonlama o‘rganiladi va baholanadi. Nazorat va yakuniy tekshiruvlari ta’lim beruvchilar uchun ta’lim jarayoninig borishi, o‘z faoliyatining ijobiy va salbiy tomonlari haqida ma’lumot olish va keyingi faoliyatida shularni hisobga olish imkonini beradi. Harbiy xizmatchilar bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini baholash Shaxsiy tarkibning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari tekshirilar ekan, ular baholanishi ham zarur. Bunda baholash turlari quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: Download 260.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling