4-o‘quv savoli. Shaxsiy tarkib tayyorligini tekshirish metodlari.
Tekshirishning og‘zaki so‘rov metodi ta’lim oluvchidan savolni tez idrok etish
ko‘nikmasini hosil qilish, ularning xotirasini rivojlantirishga yordam beradi.
Tekshirishning yozma metodi ta’lim oluvchilarning nazariy bilimlarini
tekshirish maqsadida qo‘llaniladi. YOzma tekshirish askarni mantiqiy mushohada
qilishga (fikrlash)ga o‘rgatadi, o‘z fikrini yozma
ravishda bayon eta olish
qobiliyatini rivojlantiradi.
Test usulida tekshirish keyingi paytlarda ta’lim oluvchilarning nazariy
bilimlarini tekshirish maqsadida keng qo‘lanilmoqda.
Biroq tekshirishning bu
metodi turli tanqidiy munozaralarga ham sabab bo‘lmoqda.
Ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
texnika vositalari
yordamida tekshirish alohida olingan askarlarning va bo‘linmalarning
tayyorgarligini tekshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Tekshirish
vaqtida
turli trenajerlardan, kompyuter texnikasidan foydalanish bir tomondan
vaqtni va moddiy resurslarni tejash imkonini bersa,
boshqa tomondan esa nazariy
bilimlar va amaliy ko‘nikma va malakalardagi kamchiliklarni aniqlash va tuzatish
uchun qulaylik yaratadi.
Tayanch so‘zlar:Harbiy mahorat; harbiy mahoratning tarkibiy qismlari;
sensor ko‘nikmalar; harakatli ko‘nikmalar; aqliy ko‘nikmalar; oddiy ko‘nikmalar;
murakkab ko‘nikmalar; murakkab malakalar; jamoa mahorati, Harbiy xizmatchilar
bilimi, ko‘nikmasi
va malakalarini tekshirish; tekshirish turlari va metodlari;
baholash turlari.
Nazorat uchun savollar:
1. Harbiy mahorat nima?
2. Bilim, ko‘nikma va malakaga ta’rif bering.
3. Ko‘nikmaning qanday turlarini bilasiz?
4. Jamoaviy bilim, faoliyat ko‘nikmalari va
malakalari qanday namoyon
bo‘ladi?
1.
Harbiy xizmatchilar bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini tekshirishning
maqsadi va vazifalarini tushuntiring.
2. Tekshirishning qanday turlarini bilasiz?
3. Harbiy xizmatchilar bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini tekshirishning
qanday metodlari bor?
4. Harbiy xizmatchilar bilimi, ko‘nikmasi va
malakalarini baholashning
qanday turlari bor?