15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet3/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

3 – PARAGRAF
1. So’nggi paleolit davri nechanchi ming yilliklarni o’z ichiga oladi ? Mil.avv. 40-12- ming yilliklarni
2. Hozirgi qiyofadagi odamlar – kromaneonlar qaysi davrdan yashay boshlaydi ? So’nggi paleolit davridan
3. So’nggi paleolit davri manzilgohlari O’zbekistonning qaysi hududlaridan topilgan ? Samarqand shahri yaqinidan, Toshkent viloyati Ko’lbuloq manzilgohining yuqori madaniy qatlamidan, Farg’ona vodiysidan
4. Bundan necha ming yil muqaddam odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi parmalovchi mehnat qurollarini yasaydigan bo’lishadi ? 25-30 ming yil muqaddam
5. Munchoqlar va tumorlar yasash qaysi davr ixtirosi hisoblanadi ? So’nggi paleolit davri. 25-30 ming yil avval
6. Qaysi davrda ihcham urug’ jamoalari ajrab chiqa boshlagan ? So’nggi paleolit davrida
7. So’nggi paleolit davrida urug’larga kimlar boshchilik qilgan ? oqsoqollar
8. Bir joyda yashagan bir qancha urug’lar qanday birlikni tashkil qilgan ? Qabilani
9. Turar joylar qurish qaysi davr odamlarining muhim ixtirosi hisoblanadi ? So’nggi paleolit
10. Kiyim kechak tayyorlashda hayvon terilaridan foydalanish qaysi davrdan boshlangan ? So’nggi paleolit
11. Insonlar sun’iy olovdan foydalanishni qaysi davrdan boshlagan ? Songgi paleolitdan
12. Mezolit davri nechanchi ming yilliklarni o’z ichiga oladi ? 12-7-ming yilliklarni
13. Muzlik davri qachon o’z payoniga yetadi ? Mezolit davrida
14. O’q – yoy qaysi davrda kashf etilgan ? Mezolit davrida
15. O’q – yoyni kashf etilishi insonlarga qanday imkoniyatlarni yaratadi ? chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkonini
16. Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik qachon va qaysi hududda vujudga kelgan ? Mezolit davri oxirida Old Osiyoda
17. Bugungi kunda mezolit davriga oid qancha manzilgoh ochilgan ? 100 dan ziyod
18. Mezolit davriga oid manzilgohlar O’zbekistonning qaysi hududlarida uchraydi ? Farg’ona vodiysining tog’oldi va tog’li tumanlarida, Toshkent vohasida hamda O’zbekiston janubida
19. Qo’shilish, Obishir, Machay qaysi davr manzilgohlari hisoblanadi ? Mezolit
20. Zarautsoy darasidagi qoyatosh rasmlari qaysi davrga oid ? Mezolit
21. Amudaryo va Sirdaryo qirg’oqlari, O’zbekiston hududidagi ko’llar va daryolar qaysi davr ovchilari va baliqchilari ko’chib kelib o’rnashgan maskanga aylangan ? Mezolit
22. Qaysi davrda odamlar ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tgan ? Neolit
23. O’rta Osiyoda Neolit davri nechanchi ming yilliklarni o’z ichiga oladi ? Mil.avv. 6-4- ming yilliklarni
24. Arxeologlar neolit davri boshlanishini nimaning kashf etilishi bilan belgilaydi ? Sopol idishlarni
25. Odam toshdan kichik mehnat qurollari – mikrolitlarni qaysi davrda yasashni o’rganishgan ? Mezolit va neolit davrida
26. Qaysi davrdan odamlar doimiy turar joylar qurishni boshlashgan ? Neolit davridan
27. Qaysi davrdan odamlar paxsa imoratlar qurishni boshlaydi ? Neolit davidan
28. Qaysi davrda odamlar toshga ishlov berishning oldin tanish bo’lmagan usullarini: silliqlash, aralash, sirlash va teshikchalar parmalashni qo’llay boshlaydi ? Neolit davridan
29. Qaysi davrdan urug’ jamoalarining o’troq manzilgohlari vujudga kelgan ? Neolit davridan
30. Neolit davrida qanday omil jamoalarning dehqonchilikka o’tish imkoniyatini vujudga keltiradi ? O’troq turmush tarzi va mehnat qurollarining takomilashuvi
31. Neolit davrida qanday omil hunarmandchilikning rivojiga zamin yaratib beradi ? O’troq turmush tarziga o’tish
32. Kulolchilik va to’quvchilik qaysi davr ixtirosi va kashfiyoti hisoblanadi? Neolit
33. O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida aholi qachon ziroatchilikka o’tgan ? Mil.avv 6-5-ming yilliklarda
34. O’rta Osiyoning markaziy va shimoliy o’lkalaridagi aholi mil.avv. 6-5-ming yillikda qanday mashg’ulot bilan shug’ullanishni davom ettirgan ? Ovchilik va baliqchilik bilan

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling