15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet9/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

9 – PARAGRAF
22. Misrda qaysi podsholiklar davrida piramidalar qurilgan ? Qadimgi va O’rta posholiklar davrida
23. Misrda Qadimgi va O’rta podsholiklar davrida fir’avnlar dafn etiladigan joy nima deyilgan ? Piramida
24. Eng mashxur piramidalar qaysilar bo’lgan ? Xufu, Xafra, Menkaura
25. Xufu, Xafra, Menkaura piramidalari qaysi shahar yaqinida joylashgan ? Memfis
26. Eng yirik piramida Xufu nechanchi yilda qurilgan ? Mil.avv. 2600-yilda
27. Eng yirik piramida Xufuning balandligi qancha ? 147 metr
28. Xufu piramidasida har bir toshi ikki tonnadan og’irroq qancha tosh ishlatilgan ? 2.5 mln dona
29. “Sarkofag” nima ? Toshtobut
30. Fir’avn dahmalari ichi turli munojotlar va qarg’ishlardan iborat bitiklar bilan bezatilishiga nima sabab bo’lgan? Odamlar ular fir’avnni himoya qilib o’zga hayotga o’tganida unga yordam beradi deb hisoblashgan
31. Misrda yirik piramidalar o’rtacha necha yil davomida qurilgan ? 20 yil
32. “Sfinks” bu – Tanasi arslon va boshi odamnikisimon bo’lgan ulkan haykal. Piramidalarni qo’riqlagan
33. Qaysi davrdan piramidalar qurilmay qo’yilgan ? Yangi podsholik davridan
34. Qaysi davrdan Misr fir’avnlari tog’larga o’yilgan tosh maqbaralarga dafn qilinadi ? Yangi posholik davridan
35. Eng mashxur maqbara qaysi Misr fir’avniga tegishli ? Tutanxamon
36. Misrliklar e’tiqodicha marhumlar saltanatidagi hayot nimaga bog’liq bo’ladi ? Osiris sudi natijalariga
37. Misrliklar nima uchun odamni mo’miyolashgan ? Osiris qarshisida go’zal qiyofada qad roslashi uchun
38. Misrda mo’miyolash necha kun davom etgan ? 70 kun
39. Misrliklar e’tiqodicha qaysi hashorat alohida hurmatga sazovor bo’lgan ? Qo’ng’iz
40. Misrliklar e’tiqodicha qaysi hashorat quyoshning yordamchisi hisoblangan ? Qo’ng’iz
41. Bastet bu – mushuk qiyofasidagi go’zallik ilohasi
10-11-PARAGRAF
1. Qadimgi misrliklar yozuvi dastlab qanday ko’rinishda bo’lgan ? Rasm ko’rinishida
2. Qadimgi misrliklar dastlab yozuvdan nima maqsadda foydalanishgan ? qarg’ishlar va martosimlarni yozib borishda
3. Qadimgi misrliklar yozuvni nima deb atashgan ? “muqaddas yoki xudolar kalomi”
4. Qadimgi yunonlar misrliklarning yozuvlarini nima deb atashgan ? “Iyeroglif”
5. “Iyeroglif” so’zining ma’nosi nima ? “Toshga chekilgan muqaddas bitiklar”
6. Qadimgi misrliklar yozuvlarni nimaga yozishgan ? Maqbara devorlari va xudolar haykallariga
7. Qadimgi misrliklar alifbosi nechta iyeroglifdan iborat bo’lgan ? 750 ta
8. Qadimgi misrliklar yozuvni qamish qilqalam bilan nimaga yozishgan ? Papirus poyasidan tayyorlangan qog’ozga
9. Qadimgi Misrda ta’lim olayotganda bolalar nimaga yozishgan ? Sopol buyumlar parchasi va oxaktoshga
10. Misr iyerogliflarini kim birinchi bo’lib o’qigan ? Fransuz olimi Jak Fransua Shampolyon 1822-yilda
11. Misr iyerogliflarini o’qilishiga nima asos bo’lib xizmat qilgan ? Qohira shahridan uncha uzoq bo’lmagan Rozett shahri yaqinidan topilgan bitiktosh
12. Rozett bitiktoshi qaysi tillarda yozilgan ? Qadimgi Misr va yunon tillarida
13. Bugungi kunda Rozett bitiktoshi qayerda saqlanadi ? Londondagi Britaniya muzeyida
14. Nefertiti kim bo’lgan ? Misr malikasi
15. Misrliklar hosilni qachon yig’ish va qachon urug’likni sochishni nimaga qarab aniqlashgan ? yulduzlarga qarab
16. Astronomiya fani qayerda vujuga kelgan ? Misrda
17. Misrliklar necha kundan iborat bo’lgan quyosh kalendarini yaratishgan ? 365 kun, 12 oy, har oy 30 kundan iborat. 5 kuni bayram qilingan
18. Qaysi xalqlar tomonidan yaratilgan yuluzlar joylashuvi xaritasi hozirga qadar saqlanib qo’lgan ? Misrliklar
19. Geometriya fani – yer yuzasini o’lchash ilmi qayerda vujudga kelgan ? Misrda
20. Qaysi qadimgi davlat shaharlarida tabiblarga ta’lim beruvchi maxsus maktablar bo’lgan ? Misr
21. Qadimgi Misrda uzunlik o’lchov birligi nima deyilgan ? “Tirsak”
22. “Tirsak” ni uzunligi qancha bo’lgan ? 52.5 sm, 7 ta kaft, 28 ta barmoq
23. Qadimda qaysi davlatda vaqt 24 bo’lmadan iborat suv soatlari yordamida o’lchangan ? Misrda
24. “Ikki aka – uka haqida ertak”, “O’lim shahzodasi haqida ertak”, “Isida va Osiris haqida afsona”, “Sinuxet hikoyasi” kabi asarlar qaysi xalqlarga tegishli ? Misr xalqlariga

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling