15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
12 – PARAGRAF
1. Dajla va Frot daryolari oralig’ini yunonlar nima deyishgan ? Mesopotamiya 2. “Mesopotamiya” so’zining ma’nosi nima ? “Ikki daryo oralig’i” 3. Tabiiy sharoitiga ko’ra qadimgi Mesopotamiya qaysi davlatni esga soladi ? Misr 4. Jahondagi eng qadimgi miflardan biri yer yuzini butunlay suv bosishi to’g’risidagi – To’fon rivoyati qayerda dunyoga kelgan ? Mesopotamiyada 5. Mesopotamiya ahli qaysi daraxtni “hayot daraxti” deyishgan ? Hurmoni 6. Qadimgi Mesopotamiyada bir tup daraxt necha kilogrammgacha hosil bergan ? 50 kg 7. Qadimgi Mesopotamiyada xurmo daraxti poyasi nima sifatida ishlatilgan ? Qurilish materiali va o’tin sifatida 8. Nechanchi ming yillikda Mesopotamiyada shumer manzilgohlari vujudga keladi ? Mil.avv. IV ming yillikda 9. Shumerlar manzilgohi Mesopotamiyaning qaysi qismida vujudga kelgan ? Janubida 10. Qadimgi Mesopotamiyaning shimoli nima deyilgan ? Akkad 11. Nechanchi ming yillikda shumerlarga singishib ketgan akkadlar butun Mesopotamiyani egallab oladi ? Mil.avv. 3-ming yillik oxirida 12. Qadimgi Mesopotamiya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik 13. Mesopotamiya savdogarlari qaysi o’lkalardan donga ayirboshlab oltin, mis, kumush, qalayi va noyob toshlarni keltirishgan ? Kavkazorti va Eron o’lkalaridan 14. Mesopotamiyaga kedr (sidra) yog’ochi qayerdan keltirilgan ? Suriyadan 15. Qadimgi Mesopotamiyada og’irlik o’lchov birligi nima deyilgan ? “Mino” ( 550 gr kumushga teng bo’lgan) 16. Shumerlar eng qadimgi yozuv – mixxatni qachon ixtiro qilishadi ? Mil. avv. IV ming yillikda 17. Shumerlar yozuvni uchi o’tkirlangan tayoqchalar bilan nimaga yozishgan ? Loy taxtachalarga 18. Mil.avv. IV ming yillikda Mesopotamiyada qanday nomdagi shaharlar vujudga kelgan ? Uruk, Umma, Lagash, Ur. 19. Mesopotamiyaning qadimgi ibodatxonalari – zikkuratlar qanday ashyodan qurilgan ? Xom g’ishtdan 20. Mesopotamiyada alohida ehtiromga sazovor bo’lgan quyosh xudosi qaysi ? Shamash 21. Mesopotamiyada qaysi xudo oliy hakam hisoblanib yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan ? Shamash 22. Mesopotamiya oy xudosi nima deyilgan ? Sina 23. Mesopotamiyada suv xudosi nima deyilgan ? Ea 24. Mesopotamiyada hosildorlik va sevgi, hamda ikki yuzli urush va g’alaba ilohasi nima deyilgan ? Ishtar 25. Mil.avv. 3-ming yilliklarda Shumer shaharlari orasida eng qudratlisi qaysi shahar bo’lgan ? Ur 26. Mil.avv. 3-ming yillik o’rtalarida Shumer shaharlari orasida qaysi shahar yuksaladi ? Lagash 27. Mesopotamiyaning eng sevimli qahramoni Gilgamesh qaysi shahar podshosi bo’lgan ? Uruk 28. Rivoyatlarda aytilishicha jarga tashlab yuborilgan Gilgameshni nima tutib oladi ? Burgut 29. Rivoyatlarda aytilishicha Gilgameshni burgut kimga eltib beradi ? Bog’bonga 30. Rivoyatlarda aytilishicha Gilgameshni kim tarbiyalaydi ? Bog’bon 31. Rivoyatlarda aytilishicha Gilgameshning do’stini ismi nima bo’lgan ? Enkidu 32. Mil.avv. 3-ming yillikning o’rtalarida qaysi Shumer podshosi Akkadni o’z hokimiyati ostiga birlashtiradi ? Sargon I 33. Sargon I qanday maqsadda shaharlar uchun yagona bo’lgan uzunlik, maydon, og’irlik o’lchivini joriy qiladi ? Savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida 34. Qaysi Shumer podshosi birinchi bo’lib 5400 talik muntazam qo’shin tuzadi ? Sargon I 35. Sargon I qaysi hududlarga boradigan savdo yo’llarini egallab oladi ? Mesopotamiyadan Arabiston, Eron va Hindistonga boradigan savdo yo’llarini. 36. O’z hukmronligining so’nggida Sargon I qanday unvon oladi ? “To’rt iqlim mamlakati podshosi” 37. Sargon I ning davlatini parchalanib ketishiga sabab nima ? O’zaro ichki urushlar 38. Shumer-Akkad davlati qachon parchalanadi ? Mil.avv. 2-ming yillikda . Ko’chmanchi qabilalar zarbasidan Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling