15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet12/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

14 – PARAGRAF
1. Old Osiyoda dastlabki davlatlar qachon vujudga keladi ? Mil.avv. 2-ming yillikda
2. Mil.avv. 2-ming yillikda Old Osiyoda vujudga kelgan dastlabki davlatlar qaysilar ? Xett, Mitanni, Ossuriya, Urartu, Finikiya
3. Xett davlatiga qachon va qayerda asos solinadi ? Mil.avv. XVIII asrda Kichik Osiyoda (hoz. Turkiya)
4. Xett davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Xattusa
5. Xettlarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik va chorvachilik
6. Xettlar qaysi davlatning anchagina qismini bosib olib, Bobilni talon-taroj qilgan ? Suriyani
7. Mitanni podsholigi qayerda vujudga kelgan ? Hozirgi Suriya hududida
8. Hozirgi Suriya hududida vujudga kelgan Mitanni davlati qaysi davlatning asosiy raqibiga aylangan ? Xett davlati
9. Urushlarda Mitanniliklar qanday qo’shindan foydalanishgan ? Otliq qo’shindan
10. “Taran” nima ? Devorni buzishda qo’llaniladigan yog’och qurol
11. Mitanniliklarning Xettlar poytaxti Xattusani bosib olishda qanday qo’shin hal qiluvchi ro’l o’ynaydi ? Otliq qo’shin
12. Xett podsholigi qayta kuchaygan davrni aniqlang. Mil.avv. XIV asr boshlarida
13. Mil.avv. XIV asrda Xett podsholigi qayta kuchaygan davrda qaysi hududlarni urushib qaytarib oladi ? O’rtayer dengizi bo’ylarini va Mitannini bosib oladi
14. Xettlar qaysi davlat tahdidi ostida Misr bilan sulh tuzadi ? Ossuriya
15. Xettlar davlati qachon va kimlarning bosqini natijasida butunlay vayronaga aylanadi ? Mil.avv. XIII asr oxirida “dengiz xalqlari” bosqini natijasida
16. Qadimgi zamonlarda ossuriyaliklar qayerda yashaganlar? Dajla daryosining yuqori oqimida
17. Qadimgi Ossuriya davlatining poytaxti qaysi shaharlar bo’lgan? Avval Oshshur, keyin Nineviya
18. Ossuriya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan? Dehqonchilik va savdo-sotiq
19. Ossuriya davlati qachon tashkil topgan? Mil.avv.XX asrda
20. Ossuriya podsholigi qachon va kimni davrida o’z ravnaqi cho’qqisiga yetadi? Mil.avv. XIII asrda podsho Salmanasar
21. Mil.avv. VIII-VII asrlarda Ossuriya podsholigi ... qayta yuksaladi
22 Mil.avv. VIII-VII asrlarda Ossuriya podsholigi qayta yuksalgan davrda qaysi hududlarni bosib oladi? Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismini
23. Ossuriyaning qaysi shahrini hukmdorlari haddan tashqari shavfqatsizligi sababli “Qonga botgan shahar”, “Sherlar darasi” deb atashgan? Nineviyani
24. Ossuriyada kimni hukmronligi davrida Old Osiyodagi eng yirik sopol taxtachalardan iborat kutubxona tashkil etiladi? Oshshurbanapal
25. Mil.avv. 627-yilda Ossuriya tarkibidan dastlab qaysi davlat ajrab chiqadi? Avval Bobil, so’ngra Midiya
26. Bobil va Midiya birlashib nechanchi yilda Oshshur va Nineviyani zabt etadi? Mil.avv.612-yilda
27. Ossuriya davlati qachon tarix sahnasidan ketadi? Mil.avv.605-yilda
28.Qadimgi Urartu davlati qayerda joylashgan edi? Kavkazortida, Van, Sevan, Urmiya ko’llari oralig’ida
29. Urartlarda yagona davlatning tashkil topishi nimani tezlashtiradi? Ossuriya hujumlaridan mudofaa qilish zaruratini
30.Ossuriyaliklarni tor-mor etish imkoniyati bo’lmagan urartlar jangda qanday taktikaga amal qilishgan? To’g’ridan-to’g’ri jangga kirmaslik
31.Urartu davlati gullab-yashnagan davri nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi? Mil.avv. IX-VIII asrlarni
32.Urartu davlati kimlarning davrida gullab-yashnagan? Sardur I va Menua
33. Urartu davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan? Tushpa
34. Mil.avv. 714-yilda qaysi davlat armiyasi urartlar armiyasini tor-mor etadi? Ossuriya
35. Urartlarning Teyshebaini shahri qaysi davlat tomonidan vayron etiladi? Ossuriya
36. Ossuriyaliklar tomonidan zaiflashtirilgan Urartu davlatini dastlab qaysi qabila o’ziga tobe etadi? Skif
37. Skif qabilalaridan keyin Urartuni qaysi davlat o’ziga tobe etadi? Midiya
38. Urartu podsholigi qachon tarix sahnasidan ketadi? Mil.avv.590-yilda
39. Qadim zamonlarda Finikiya qaysi hududlarda joylashgan edi? O’rta yer dengizining sharqiy qirg’og’i bo’ylab hozirgi Livan hududi va Suriyaning bir qismida
40. Finikiya qanday o’rmonlarga boy bo’lgan? Ninabargli (kedr) o’rmonlarga
41. Finikiyaliklar kedr yog’ochidan nima yasashgan? Kema
42.Finikiya kedr yog’ochi smolasidan mo’miyo tayyorlash uchun qaysi davlatga olib borilgan? Misr
43. Finikiyaliklarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan? Savdo-sotiq
44. Finikiyaliklar chetga asosan qanday maxsulotlar chiqargan? Yog’och, matall, gazlama
45. Finikiyaning O’rtayer dengizi sohilidagi yirik shaharlari qaysilar? Tir, Sidon, Ugarit
46. Finikiyaliklar mil.avv. 2-ming yillikda qaysi hududlarda koloniyalarga asos solishadi? Kipr oroli va Kichik Osiyo sohillarida, keyinchalik Shimoliy Afrika, Ispaniya sohillarida, Sardiniya va Sitsiliyada
47. Finikiyada Tir-Sidon podsholigi nechanchi asrlarda vujudga kelgan? Mil.avv. X-IX asrlarda
48. Tir-Sidon podsholigi nechanchi asrda Ossuriya tomonidan bosib olinadi?Mil.avv. VIII asrda
49. Finikiyada nechanchi asrda alifbo yaratiladi? Mil.avv. X asrda
50. Finikiya alifbosi nechta harfdan iborat edi? 22 ta undosh harfdan
51. Falastinga qadimgi yahudiy qabilalari nechanchi ming yillikda ko’chib kelgan? Mil.avv. 2-ming yillikda
52. Isroil podsholigi qachon va qayerda vujudga keladi? Mil.avv. XI asrda Falastin hududida
53. Isroil-Yahudiy podsholigi ikkiga bo’linib ketgandan keyin uning qaysi qismida Isroil podshiligi vujudga keladi? Shimoliy Falastin. Yahudiy podsholigi esa Janubiy Falastin hududida
54. Isroil podsholigi qaysi podsholik tomonidan bosib olinadi? Ossuriya
55. Yahudiya podsholigi qaysi podsholik tomonidan bosib olinadi? Bobil
56. Bobil Yahudiy podsholigini nechanchi yilda bosib oladi? Mil.avv. 586-yilda
57. Qadimgi yahudiylarning afsonalari nimaga yozib qoldirilgan? Diniy kitoblarga

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling