15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
15 – PARAGRAF
1. Axamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigiga nechanchi asrda asos solingan ? Mil.av. VI asrda 2. Eron hududida dastlab qaysi qabilalar yashagan ? Kassiylar va elamiylar 3. Eron hududiga mil.av. IX asrda kimlar ko’chib keladi ? Midiyaliklar va forslar 4. Mil.av. 3-ming yillikda Eronning g’arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada qaysi davlat vujudga kelgan ? Elam 5. Elam davlatining poytaxti qayer bo’lgan ? Suza 6. Mil.av. IX asrda Kaspiy dengizidan janubi g’arbda joylashgan qaysi hududda qabilalar ittifoqi vujudga keladi ? Midiyada 7. Midiya davlati kimni davrida qudratli davlatga aylanadi ? Kiaksar 8. Midiya davlati qachon qudratli davlatga aylanadi ? Mil.av. VII asrda 9. Mil.av. 612-605-yillarda Midiya davlati qaysi davlat bilan ittifoq bo’lib Ossuriyani bosib oladi ? Bobil bilan 10. Qadimda Fors viloyati qaysi hududda joylashgan edi ? Eron janubida , Fors ko’rfaziga tutashgan yerlarda 11. Mil.av. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan kim barcha forslarni o’z hokimiyati ostiga birlashtiradi ? Kir II 12. Kir II mil.av. 539-yilda qaysi hududlarni bosib oladi ? Armaniston , Midiya va Bobilni 13. Kir II O’rta Osiyodagi qaysi qabilalar ustiga yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi ? Sak va massagetlar 14. Kir II ni istilochilik siyosatini kimlar davom ettiradi ? Kambiz II va Doro I lar 15. Doro I hukm surgan davr ? Mil.av. 522-486-yillar 16. Doro I butun mamlakat uchun qanday nomdagi yagona oltin tangani muomalaga kiritadi ? “Doroyi” 17. Ahamoniylarning qaysi hukmdori Persepoldan O’rta yer dengiziga qadar “shoh yo’li” degan savdo yo’lini qurdiradi ? Doro I 18. Ahamoniylarning qaysi hukmdori butun saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy o’lkalarga taqsimlaydi ? DoroI 19. Qora dengiz bo’ylarida yashovchi Skiflar ustiga yurish qilgan Fors shohi kim ? Doro I (Mil.avv. 521-yilda) 20. Doro I tomonidan qaysi hududlarni egallanishi yunon – fors urushlarini boshlanishiga olib keladi ? Kichik Osiyodagi yunon koloniyalari va Frakiyani bosib olishi 21. Ahamoniylarning qaysi hukmdori davrida Hindiston shimolidan O’rta yer dengiziga qadar ulkan imperiya barpo bo’ladi ? Doro I 22. Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari qaysilar ? Suza va Ekbatana 23. Qaysi shaharda Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo’lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan ? Persepol 24. Qadimgi Forslar qanday belgilar bilan yozishgan ? Mixxatsimon 25. Qadimgi Fors shohlarining bitiklari qaysilar ? Behistun, Naqshi Rustam va Persepol saroyi devorlari 26. Makedoniyalik Aleksandr Fors davlatini qachon bosib oladi ? Mil.av. 330-yilda 27. Ahamoniylar davlati qancha hukm surgan ? 200 yildan ziyod Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling