15 – paragraf


VI SINF ENG QADIMGI ODAMLAR RIVOJINING ILK BOSQICHLARI


Download 298.5 Kb.
bet2/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

VI SINF ENG QADIMGI ODAMLAR RIVOJINING ILK BOSQICHLARI
1. Eng qadimgi odamlarning hayvonot dunyosidan ajralib turishiga qanday omillar imkoniyat bergan ? Qaddini tik tutishi, mehnat qurollaridan foydalanish va yasashni bilishi
2. Avstrolopitek odam suyagi qoldiqlari qayerdan topilgan ? Janubiy Afrikadan
3. Zinjantrop odam suyagi qoldiqlari qayerdan topilgan ? Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan
4. Pitekantrop odam qoldiqlari qayerdan topilgan ? Indoneziyaning Yava orolidan (1890-yilda)
5. Olduvay darasi qayerda joylashgan ? Sharqiy Afrikada (Hozirgi Tanzaniya)
6. Sinantrop odam qoldiqlari qayerdan topilgan ? Xitoydan
7. Sinantrop odam qoldiqlari O’zbekistonning qaysi hududidan topilgan ? Farg’onadan
8. Neondertal odam qoldiq suyaklari qayerdan topilgan ? Germaniyadan
9. Kromaneon odam qoldig’i qayerdan topilgan ? Fransiyadan
10. Yer yuzida iqliq iliq bo’lgan kezlarda odamlar qanday joylarda yashagan ? Kichik daryolar yoki soylar yaqinidagi tepaliklarda
11. Buyuk muzlash davri qachondan boshlanadi ? ilk paleolitning so’nggi bosqichidan
12. Qadimgi odam manzilgohlari yer yuzining qaysi mintaqalaridan topilgan ? Afrika, Osiyo, Yevropa
13. O’rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari qayerlardan topilgan ? Farg’ona vodiysidagi Selungur manzilgohidan, Toshkent vohasidagi Ko’lbuloq manzilgohidan
14. Chopper nima ? Bir tomoni o’tkirlangan qo’pol tosh qurol
15. Qadimda mehnat qurollari odamlarga nima uchun kerak edi ? Yegulik topish uchun
16. Insoniyatning eng qadimgi mashg’uloti nima bo’lgan ? Termachilik va ovchilik
17. Surhondaryo viloyati Boysun tumanidagi Teshiktosh g’ori qachon va kim tomonidan o’rganilgan ? 1938-yil A.P. Okladnikov tomonidan
18. Teshiktosh g’oridan qanday ashyolar topilgan ? uch mingga yaqin tosh qurol, arxar, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar suyaklari, qush patlari hamda 8-9 yoshli neondertal bola suyagi.
19. Diniy e’tiqodni vujudga kelishiga qanday omil sabab bo’lgan ? Odamning teverak atrofda bo’layotgan voqea hodisalarni tushunib yetmasligi
20. Insonni o’rab turgan muhitda jon va ruhlar mavjudligiga ishonishi nima deyiladi ? Animizm
21. Odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazolardan asrashiga ishonish fanda nima deyiladi ? Fetishizm
22. Odamlarni dafn qilish qaysi davrda shakllangan ? O’rta paleolitda
23. Dastlabki diniy e’tiqod shakllari qaysi davrda vujudga kelgan ? So’nggi paleolitda
24. So’nggi paleolitga doir qoya rasmlari yodgorliklari qaysilar ? Altamir, Lasko, Kapova
24. Dastlabki tasviriy san’at qachon vujudga kelgan ? So’nggi paleolitda
25. Altamir qaysi davlatda joylashgan ? Ispaniya
26. Lasko qaysi davlatda joylashgan ? Fransiya
27. Kapova qaysi davlatda joylashgan ? Boshqirdiston
28. Eng qadimgi tasviriy san’atning vujudga kelishiga qanday omil sabab bo’lgan ? Odamning o’zini qurshab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishi

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling