15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet1/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix



VI SINF TARIX FANIDAN SAVOL-JAVOBLAR.
KIRISH
1. Eng qadimgi odamlar yaratgan ko’p narsalardan bugungi kunimizda ham foydalanib kelmoqdamiz. Bular nimalar ? Mehnat qurollari, sopol buyumlari, g’ildirak, sopol suv quvrlar, gazlamalar, yozuv.
2. Qadimgi bitiklarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi fan qaysi ? Epigrafika
3. Qadimgi tangalarni tadqiq etuvchi fan qaysi ? Numizmatika
4. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi qayerdan boshlanadi ? Qadimgi Sharqdan, so’ngra Yunonistondagi Krit orolida boshlangan
5. Qadimgi dunyo tarixi qaysi davrlarni o’z ichiga oladi ? Odamzod paydo bo’lgandan to 476-yilda G’arbiy Rim imperiyasi qulagunga qadar bo’lgan davrni
6. Qadimgi dunyo tarixi qanday manbalarda aks etadi ? Yilnomalarda, tarjimayi hollarda, qonun hujjatlarida
7. “Piramidalar matnlari”, “Marhumlar kitobi” matnlari qaysi xalq madaniyatiga oid ? Misr
8. “Bibliya” qaysi xalq madaniyatiga oid ? Yahudiy
9. “Rigvada” qaysi xalq madaniyatiga oid ? Hind
10. “Avesto” qaysi xalq madaniyatiga oid ? O’rta Osiyo
11. Bobil qaysi daryolar oralig’ida joylashgan ? Dajla va Frot
12. Moxenjodaro qaysi vodiyda joylashgan ? Hind
13. Persopol qaysi davlat hududida joylashgan ? Eron
1 - RARAGRAF
14. Manzilgohlarda qazishma ishlarini olib boradigan fan qaysi ? Arxeologiya
15. Qadimgi odamlarni suyaklarini o’rganuvchi fan qaysi ? Antropologiya
16. Qadimgi xalqlarni urf-odatlarini o’rganuvchi fan qaysi ? Etnografiya
17. Qadimgi tillarni o’rganuvchi fan nima deyiladi ? Lingvistika
18. Eng qadimgi tarixni o’rganuvchi manbalar qaysilar ? Moddiy va ma’naviy manbalar
19. Inson qo’li bilan yaratilgan barcha narsalar qanday manbalar hisoblanadi ? Moddiy manbalar
20. O’rta Osiyo tarixi bo’yicha eng qadimgi manba qaysi ? “Avesto”
21. “Avesto”da yurtimizning qaysi viloyatlari aholisi haqida ma’lumotlar berilgan ? Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm
22. Behistun qoyalari yozuvlari qayerda joylashgan ? Eronning Kirmonshoh shahri yaqinida
23. Behistun qoyalari yozuvlari qaysi tillarda va kim tomonidan yozilgan ? Qadimgi fors, elam, bobil tillarida Doro I tomonidan
24. Behistun bitiklarida qanday ma’lumotlar saqlanib qoldirilgan ? Zabt etilgan mamlakat va xalqlar, shu jumladan Xorazm, So’g’diyona, Baqtriya davlatlari haqida
25. Yunon tarixchisi Gerodot nechanchi asrda yashagan ? Mil. avv. V asrda
26. To’qqiz kitobdan iborat bo’lgan “Tarix” asarining muallifi kim ? Gerodot
27. Gerodotning “Tarix” asarida o’lkamizga doir qanday ma’lumotlar berilgan ? Qadimgi aholisi haqida batafsil ma’lumot berilgan
28. Yunon tarixchisi va geografi Strabon nechanchi asrda yashagan ? Mil. avv. I asrda
29. “Geografiya” asarining muallifi kim ? Strabon
30. Strabonning “Geografiya” asarida qanday ma’lumotlar saqlanib qolgan ? Ko’plab mamlakatlar xalqlari madaniyati va tarixiy voqealar
31. Xitoy tarixchisi Sim Syan nechanchi asrlarda yashagan ? Mil. avv. II asr oxiri , mil. Avv I asr boshlarida
32. “Tarixiy yilnomalar” asarining muallifi kim ? Sim Syan
33. Sim Syanning “Tarixiy yilnomalar” asarida yurtimizga oid qanday ma’lumotlar saqlangan ? qadimgi aholisi va davlatlari to’g’risida
34. Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf nechanchi asrda yashagan ? Milodiy I asrda
35. “Buyuk Aleksandr tarixi” asari muallifi kim ? Kvint Kursiy Ruf
36. “Buyuk Aleksandr tarixi” asari qanday ma’lumotlarga ega ? Makedoniyalik Aleksandrning O’rta Osiyoga yurishi haqidagi ma’lumotlarga
37. Yunon tarixchisi Arrian nechanchi asrda yashagan ? Milodiy II asrda
38. “Aleksandrning harbiy yurishlari” asari muallifi kim ? Arrian
39. Mil. avv. VI-V asrlardagi qaysi millat vakillari yurtimiz aholisi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishgan ? Yunonlar
40. Bundan necha ming yil oldin O’zbekiston aholisi bilan Qadimgi sharq elatlari o’rtasida madaniy aloqalar boshlangan ? 5 – 4 ming yil avval
41. Insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan, hamma barobar ishlagan bir davri nima deyiladi ? Ibtidoiy jamoa tuzumi
42. Turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi nima deyiladi ? Ibtidoiy to’da
43. Birgalikda yashagan va mehnat qilgan umumiy mehnat qurollari va qurol – yarog’larga ega bo’lgan qarindoshlar jamoasi nima deyiladi ? Urug’
44. Qarindoshlik munosabatlari ona tomoniga qarab belgilangan davr nima deyiladi ? Matriarxat
45. Qarindoshlik munosabatlari ota tomoniga qarab belgilangan davr nima deyiladi ? Patriarxat
46. Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini faqat toshdan yasaganliklari uchun arxeologlar bu davrni nima deb atashadi? Paleolit
47. Ilk paleolit(shell) – mil .avv 1mln – 100-ming yilliklar
48. O’rta paleolit(ashshel) – mil .avv 100-40-ming yillik
49. So’nggi paleolit(must’e) – mil .avv 40-12-ming yillik
50. Mezolit bu – o’rta tosh davri mil.avv. 12-7-ming yilliklar
51. Olduvay davri –mil .avv 3-2-mln yillik

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling