15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet4/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

4 – PARAGRAF
1. Eneolit davri (mis-tosh) nechanchi ming yilliklarini o’z ichiga oladi ? Mil.avv. 4-3-ming yilliklarni
2. Qadimgi odamlar qanday madanlarni bir-biriga qo’shish natijasida bronzani kashf qilishadi ?
Mis-qalay-qo’rg’oshin yoki ruh
3. Qadimgi Sharqda nechanchi ming yillikda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kelgan ? Mil.avv. IV ming yillikda
4. Qachon O’rta Osiyo janubida sug’orma dehqonchilik vujudga kelgan ? Mil.avv. IV ming yillikda
5. Xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurish qachon boshlangan ? Mil.avv. IV ming yillikda
6. Kulolchilik humdonlaridan foydalanish qachondan boshlanadi ? Mil.avv. IV ming yillikda
7. Qachondan boshlab sopol idishlar hayvonlar, qushlar va o’simliksimon naqshlar bilan bezatiladigan bo’ldi ? Mil.avv. IV ming yillikda
8. Bronza qachondan mehnat qurollari, qurol-yarog’lar va zeb-ziynat buyumlari tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy materialga aylanadi ? Mil.avv. III ming yillik o’rtalaridan
9. Qaysi davrdan chorvachilik dehqonchilikdan ajrab chiqa boshlaydi ? Bronza davridan
10. Patriarxat davri nechanchi ming yillikdan boshlanadi ? Mil.avv. III ming yillikdan
11. Zamonbobo manzilgohi qaysi daryo havzasida joylashgan ? Zarafshon
12. Zamonbobo manzilgohi nechanchi ming yillikka oid ? Mil.avv. II ming yillikka
13. Chorvadorlar va dehqonlar manzilgohi bo’lgan Zamonbobo manzilgohi hozirgi qaysi hududda joylashgan ? Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi Zamonbobo ko’li atroflarida
14. O’zbekistondagi qaysi manzilgohdan dastlabki mis ko’zgular topilgan? Zamonbobodan
15. Sopollitepa manzilgohi qayerda joylashgan ? Surhondaryo viloyati Sherobod yaqinida
16.Sopollitepa manzilgohi nechanchi ming yillikka oid ? Mil.avv. II ming yillikka
17. Sopollitepadan qazishmalar natijasida qanday ashyolar topilgan ? Paxsa imorat, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari, zeb-ziynat buyumlarini yasaydigan ustaxona va humlarda saqlangan bug’doy va arpa doni
18. Jarqo’ton manzilgohi qayerda joylashgan ? Surhon vohasida hozirgi Sheraboddan uncha uzoq bo’lmagan joyda
19. Jarqo’ton manzilgohi bundan necha ming yil oldin vujudga kelgan ? 3,5 ming yil oldin
20. Jarqo’ton manzilgohi qurilish tarxida ... . shaharning ilk alomatlari ko’zga tashlanadi
21. O’zbekiston hududidagi qaysi manzilgohdan ilk ibodatxona qoldiqlari topilgan ? Jarqo’tondan
22. Jarqo’qo’ton manzilgohi necha qismdan iborat bo’lgan ? Ikki qismdan
23. Bronza davriga oid manzilgohlar Buxoro, Surxondaryodan tashqari O’zbekistonning yana qaysi hududidan topilgan ? Xorazmdan
24. Kulolchilik charxi va g’ildirak qaysi davrda ixtiro qilingan ? Bronza davrida

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling