15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’QITUVCHI: TO’RAYEV ABDUSATTOR ISANBOYEVICH. 2019-2020- o’quv yili.
52-53 – PARAGRAF
1. Qadimgi Rimda zodagonlar nima deyilgan ? Patritsiylar 2. Rim imperatorlari qashshoq rimliklar ko’nglini olish uchun ko’rkam hammomlar qurgan. Hammomlar nima deyilgan ? “Term” 3. “Term” so’zining lug’aviy ma’nosi nima ? Yunoncha “issiq” 4. Qadimgi Rimda kambag’allarning farzandlari nima uchun maktabda o’qimagan ? Xo’jalik ishlarida ota-onalariga yordam berganliklari uchun 5. Qadimgi Rimda badavlat rimliklarning farzandlari necha yoshdan maktabga borishgan ? 6 yoshdan 6. Qadimgi Rimda “still” nima ? Metall ruchka 7. Qadimgi Rimda o’quvchilar nimaga yozishgan ? mum qoplangan taxtachalarga 8. Qadimgi Rimda grammatika nima ? O’rta maktab 9. Qadimgi Rimda o’rta maktabda qaysi fanlar o’qitilgan ? Tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya 10. Qadimgi Rimda qaysi tilni o’rganishga alohida e’tibor qaratilgan ? Yunon 11. Nima uchun qadimgi Rimda yunon tilini o’rganishga alohida e’tibor qaratilgan ? Chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblar yunon tilida yozilgan edi 12. Qadimgi Rimda siyosiy arbob bo’lishni istaganlar nimani o’zlashtirishi kerak edi ? Notiqlik va ritorikani 13. “Ritorika” bu – chiroyli so’zlash san’ati 14. Qadimgi Rim me’morchiligi yunon me’morchiligidan nimasi bilan farq qilgan ? Imoratlari rang-barangligi va muxtashamligi bilan 15. Nechanchi asrga kelib Rim eng yirik va aholisi ko’p shaharga aylanadi ? Milodiy I asr 16. “Akveduk” nima ? Qadimgi Rimda osma suv quvurlari 17. Qurilish materiali hisoblangan betonni kimlar ixtiro qilgan ? Rimliklar 18. Qadimgi Rimning eng katta amfiteatri qaysi bo’lgan ? Kolizey 19. Kolizeyga qancha tomoshabin siqqan ? 50 ming 20. Rimdagi Panteon ibodatxonasi gumbazi qanday qurilish materialidan qurilgan ? Beton 21. “Panteon” so’zi qanday ma’noni anglatadi ? Yunoncha “barcha xudolar ibodatxonasi” 22. Ikki ming yil muqaddam Kichik Osiyo va Falastin qaysi davlat hokimiyati ostida edi ? Rim 23. Iso Masih qaysi shaharda tug’ulgan ? Nazaret (Vifliyem) 24. Iso Masih kimning o’g’li edi ? Duradgor Iosifni 25. Iso Masihni onasi kim bo’lgan ? Mariya 26. Iso Masih qanday nom oladi ? “Xudoning o’g’li” 27. Iso Masih necha yoshida cho’qintiriladi ? 30 yoshida 28. Iso Masihni kim cho’qintiradi ? Voiz Cho’qintiruvchi Ioann 29. Cho’qintiruvchi Ioann qayerda yashagan ? Sahroda 30. Iso Masih qaysi daryoda cho’qintiriladi ? Iordan 31. Tit Liviy, Tatsit, Plutarx qayerlik tarixchilar edi ? Rimlik 32. Rim me’morchilik uslublari – Korinf, Ion, Doriy, Aralash 33. Iso Masih nechta havoriylar bilan Falastin bo’ylab sayohat qiladi ? O’n ikki nafar 34. “Apostollar” kimlar ? Havoriylar 35. Yahudiy ruhoniylari Isoni nimada ayblashadi ? Mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda 36. Isoni o’limga hukm qilgan Rim noibi kim ? Pontiy Pilat 37. Iso qayerda xochga tortiladi ? Odam ato dafn etilgan Golgof tog’ida 38. Iso Masih haqidagi rivoyatlar qanday nom olgan ? Yevangeliya (Injil) 39. “Yevangeliya” so’zining ma’nosi nima ? Yunonchadan tarjima qilinganda “xushxabar” 40. Iso Masih shogirdlari nima deyilgan ? Apostollar 41. Xristianlar jamoasiga kimlar peshvolik qilishgan ? Yepiskoplar 42. Xristianlik dini vujudga kelgan asr qaysi ? Milodiy I asr 43. Imperator Konstantin tomonidan Xristianlik dini qachon boshqa dinlar bilan teng din deb e’lon qilinadi ? Milodiy 313-yilda 44. Rivoyatlarga ko’ra qaysi Rim imperatori xristianlik ramzini o’z askarlari qalqonlariga chizishga buyurgan va g’alabaga erishgan ? Konstantin O’QITUVCHI: TO’RAYEV ABDUSATTOR ISANBOYEVICH. 2019-2020- o’quv yili. Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling