15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
45 – PARAGRAF
1. Qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik va chorvachilik 2. “Italiya” so’zining ma’nosi nima ? “Buzoqchalar o’lkasi” 3. Qaysi xalq koloniyachilari Italiya hududida sigirlarni o’tlatish uchun ajoyib o’tloqlarni topgan ? Yunon 4. Apennin yarimorolidagi eng katta daryo qaysi ? Po daryosi 5. Qadimda Apennin yarimorolining barcha qabilalari nima deb atalgan ? Italiklar 6. Qadimda italiklar qabilalari orasida qaysi qabilalar ko’pchilikni tashkil etgan ? Lotinlar, samniylar va sabiniylar 7. Italiklar kelib chiqishi borasida qaysi xalqlarga yaqin bo’lishgan ? Yunonlarga 8. Qadimda Italiyaning shimoli-g’arbiy qismida Kichik Osiyodan ko’chib kelgan qaysi xalqlar yashagan ? Etrusklar 9. Qadimgi etrusklarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik 10. Qachonga kelib etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzadi ? Mil.av. VIII asrga kelib 11. Nechanchi asrga kelib etrusklar Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan kurash olib boradi ? Mil.av. VII asrga kelib 12. Erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan kurash olib bora boshlaganda ularga qaysi davlat qo’shiladi ? Karfagen 13. Rim shahri qayerdan boshlangan ? Tibr daryosi bo’yidagi dehqonchilik manzilgohidan 14. Qadimda Rimda nechta tepalik bo’lgan ? Yettita 15. Rivoyatlarda aytilishicha Rim shahriga qachon va kimlar tomonidan asos solingan ? Mil.av. 753-yilda aka-uka Romul va Remlar tomonidan 16. Romul va Remlarni ona bo’ridan keyin kim boqadi ? Cho’pon 17. Rim shahri kimni nomi bilan atalgan ? Romul 18. Bugungi kunda Rimning timsoli qaysi hayvon hisoblanadi ? Bo’ri 19. Nechanchi asrga kelib Rimning Kapitoliy tepaligida dushmandan himoyalanish uchun qal’a bunyod etiladi ? Mil.av. VI asrga 20. Dastlab Rimda hukmdorlar qanday vazifalarni bajarishgan ? Ular ham harbiy boshliq, ham sudya, ham kohin bo’lgan 21. Qachon mag’rur laqabli Tarkviniy Rim hukmdorini o’ldirib hokimiyatni egallaydi ? Mil.av. 509-yilda 22. Tarkviniyning taqdiri nima bilan tugaydi ? Shahar aholisi uni haydab yuboradi 23. Rim respublikasiga qachon asos solinadi ? Mil.av. 509-yilda Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling