15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet29/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

41 - PARAGRAF
1. Xorazm nechanchi asrda Ahamoniylar davlatidan mustaqil davlatga aylanadi ? Mil.av. IV asrda
2. Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar hukmronligi davrida Xorazm qaysi davlat tasarrufida edi ? Xorazm mustaqil edi
3. Xorazm aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik
4. Xorazmda shaharsozlik nechanchi asrdan boshlanadi ? Mil.av. VII asrdan
5. Xorazm hududining eng qadimgi shahri qaysi ? Ko’zaliqir
6. Qal’aliqir shahar xarobasi nechanchi asrlarga oid ? Mil.av. V-IV asrlarda
7. Qadimgi Qal’aliqir shahar xarobasi qaysi hududda joylashgan ? Xorazm
8. Mil.av. V-IV asrlarga oid Xorazm hududidan topilgan qaysi shahar xarobasida mahalliy hukmdorning qarorgohi bo’lgan ulkan qal’a bunyod etilgan ? Qal’aliqir
9. Jonbosqal’a va Qo’yqirilganqal’a shahar xarobalari qaysi hududda joylashgan ? Xorazm
10. Jonbosqal’a va Qo’yqirilganqal’a nechanchi asrlarga oid ? Mil.av. III-II asrlarga
11. Xorazm hududidagi qaysi shahar xarobasi ostidan aylana shaklida qurilgan mustaxkam ibodatxona qoldiqlari topilgan ? Qo’yqirilganqal’a
12. Tuproqqal’a shahar xarobasi nechanchi asrlarga oid ? Milodiy II-III asrlarga
13. Xorazm hududidagi qaysi shahar xarobasi qudratli mudofaa devorlari bilan o’ralib, devor burchaklarida burjlar qurilgan ? Tuproqqal’a
14. Xorazm hududidagi qaysi shahar xarobasida markazdan o’tgan ko’cha shaharni ikki qismga bo’lgan, undan esa yon atrofga ko’chalar ketgan ? Tuproqqal’a
15. Xorazm hududidagi qaysi shahar xarobasining markaziy maydonida muhtasham saroy va ibodatxonalar bo’lgan ? Tuproqqal’a
16. Xorazm hududidagi qaysi shahar xarobasi devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo’lib, shohlar, lashkarlar, mug’anniylar, hayvonlar va qushlar ramzlari chizilgan ? Tuproqqal’a
17. Xorazm hududidagi qaysi shahar xarobasining zallaridan birida devor bo’ylab baland taglikka 20 dan ko’proq haykallar o’rnatilgan ? Tuproqqal’a
18. Qadimgi Xorazmda qaysi soha yuksak darajada rivoj topgan ? Hunarmandchilik
19. Qadimgi Xorazm aholisi qaysi hududlar aholisi bilan yaqindan savdo munosabatlarini o’rnatgan ? So’g’diyona, Marg’iyona, Baqtriya va sahro ko’chmanchilari bilan
20. Xorazmda dastlabki tangalar nechanchi asrda zarb qilinadi ? Mil.av. I asrda va dastlabki milodiy asrlarda
21. Xorazmda zarb qilingan dastlabki tangalar qanday metalldan tayyorlangan ? Kumush va misdan
22. O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi yozuvlar qayerdan topilgan ? Xorazmdan
23. O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi yozuvlar Xorazmdagi qaysi yodgorliklardan topilgan ? Oybo’yirqal’a va Qo’yqirilganqal’adan
24. Oybo’yirqal’adan topilgan xum sirtiga chakilgan yozuv nechanchi asrlarga oid ? Mil.av. V-IV asrlarga
25. Qo’yqirilganqal’adan topilgan mahalliy yozuv nechanchi asrlarga tegishli ? Mil.av. III-II asrlarga
26. Xorazmda mahalliy taqvim nechanchi asrda ishlab chiqilgan ? Milodiy I asrda
27. Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan taqvimdan nechanchi asrgacha foydalaniladi ? VIII asrgacha
28. Qang’ davlati Xitoy manbalarida qanday atalgan ? Qang’yuy
29. Qang’ davlatiga qachon asos solingan ? Mil.av. III asrda
30. Qang’ davlatiga kimlar asos soladi ? Saklar
31. Qang’ davlatining poytaxti qayer bo’lgan ? Qang’dez
32. Qang’dez shahri qayerda joylashgan ? Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanidagi Qang’ha shahar xarobasida
33. Qang’dez shahriga qachon asos solingan ? Mil.av. III asrda
34. Xitoy tarixchilari Qang’dez shahrini nima deyishgan ? Bityan
35. Qang’ davlatining asosiy shaharlari qaysi daryo sohillari bo’ylab joylashgan ? Sirdaryo
36. Nechanchi asrga kelib Qang’ qabilalarning eng qudratli davlat birlashmasiga aylanadi ? Mil.av. II asr oxiriga kelib
37. Qang’ davlatining qaysi hududida o’troq ziroatchi va savdo-hunarmandchilik madaniyati vujudga keladi ? Hozirgi Toshkent vohasi hududida
38. Qang’ davlatida iqtisodiyotning gullab – yashnashiga qanday omil imkon beradi ? Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’ini o’tganligi
39. Qang’ davlatining Xitoy bilan urushini kelib chiqishiga nima sabab bo’ladi ? Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’ini o’tganligi
40. Qadimda Qang’ davlati aholisi nima deyilgan ? Qang’arlar
41. Xitoy qo’shinlarining Qang’ davlatiga yurishlaridan birida 60000 Xitoy qo’shinlarini qanchasi Xitoyga qaytib ketgan holos ? 10000 ga yaqini
42. Qang’ davlati qachon parchalanib ketadi ? Milodiy III asrda
43. Xitoy manbalarida Farg’ona qanday nom bilan tilga olinadi ? Dovon
44. Dovon davlati boshqa manbalarda nima deyiladi ? Parkana
45. Dovon davlati nechanchi asrlarda mavjud bo’lgan ? Mil.av III asrdan Milodiy II asrgacha
46. Dovon davlati haqidagi batafsil ma’lumot qaysi manbalarda uchraydi ? Xitoy yilnomalarida
47. Dovon davlati haqidagi batafsil ma’lumot nechanchi asrga oid Xitoy manbalarda uchraydi ? Milodiy I-II asrlarga oid
48. Xitoy tarixchisining yozishicha Dovon davlati aholisi nechta shaharlarda istiqomat qiladi ? 70 dan ortiq
49. “Dovon davlatida 70 tacha katta-kichik shahar bor, aholisining soni bir necha yuz mingga yetadi . O’q-yoy va nayzalar bilan qurollanishgan. Xalqi ot choptirib o’q otishgan mohir.” Bu so’zlar kimga tegishli ? Dovonda bo’lgan Xitoy sayyohi Chjan Syan
50. “Ansi shaharlari Dovondagiga o’xshashdir” deb qaysi xalq salnomalarida yozilgan ? Xitoy
51. Xitoyliklar qaysi hududni An’si deyishgan ? Eronni
52. Xitoy tarixchilarining yozishicha Dovon davlatining chegaralari qaysi hududgacha borgan ? Hozirgi Toshkent vohasigacha
53. “Xon sulolasi zamonida Shi mulklari Dovon davlatining shimoliy tumanlarini tashkil etardi. – va shimolda Qang’ davlatigacha, janubda esa yuechjilar davlatidacha borgan”
54. Dovon davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Ershi (ba’zi manbalarda Erish)
55. Xitoy hukmdorlarini ko’proq Farg’onani nimasi qiziqtirgan ? Zotli otlari
56. Nechanchi asrlarga kelib Farg’ona yuksak taraqqiy etgan, aholisi ko’p sonli, yaxshi qurollangan va mashq ko’rgan qurolli kuchlarga ega davlat bo’lgan ? Mil.av. II-I asrlarda
57. Qadimgi Sho’rabashat va Uchqo’rg’on shaharlari qaysi davlarning shaharlari bo’lgan ? Farg’ona. Aholisi dehqonchilik bilan shug’ullangan
58. Farg’ona davlati qachon barham topadi ? milodiy II asrda
59. Kanka bu – Qang’dez
60. Qang’ davlati hozirgi qaysi hududga to’g’ri keladi ? Toshkent vohasi , Chimkent viloyati, va Sirdaryo havzasidagi yerlar

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling