15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
35 – 36 - PARAGRAF
1. O’rta Osiyoni bosib olishga harakat qilib ko’rgan ilk fors podshosi kim ? Kir II 2. Kir II mil.av. 545-540-yillarda qaysi hududlarni bosib oladi ? Parfiya, Marg’iyona va Baqtriyani 3. Kir II massagetlar ustiga qachon yurish qiladi ? Mil.av. 530-yilda 4. Massagetlar mamlakati Kir II tomonidan qanday qilib bosib olinganligi haqida qaysi tarixchi ma’lumot beradi ? Gerodot 5. Kir II ni massagetlar mamlakatiga bostirib kiganida massagetlarning malikasi kim edi ? To’maris 6. “Bu jang ... barcha janglardan ham daxshatliroq edi . Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovor saf tuzib, kamondan o’q yog’dirishdi ...” Forslar va massagetlar o’rtasidagi bu jang haqida kim hikoya qiladi ? Gerodot 7. Doro I ning hukmronligini birinchi yilida ya’ni, mil.av. 522-yilda qayerda qo’zg’olon ko’tariladi ? Marg’iyonada 8. Mil.av. 522-yilda Marg’iyonada kim boshchiligida qo’zg’olon ko’tariladi ? Frada 9. Frada boshliq qo’zg’olonchilar va forslar o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lgan ? Mil.av. 522-yilda 10. Frada qachon qatl etiladi ? Mil.av. 521-yilda 11. Frada boshchiligidagi qo’zg’olon haqida qaysi manbada ma’lumot keltiriladi ? Behistun bitiklarida 12. Doro I hukmronligining uchinchi yilida , ya’ni mil.av. 519-yilda qayerga yurish qiladi ? Saklar ustiga 13. Doro I ni saklar ustiga yurishi haqida qaysi manbada ma’lumot beriladi ? Behistun bitiklarida 14. Doro I saklar ustiga yurish qilganda saklarning sardori kim bo’lgan ? Skunxa 15. Doro I ni saklar ustiga yurishi haqida qaysi yunon tarixchisi ma’lumot beradi ? Poliyen 16. Poliyen nechanchi asrda yashagan ? Mil.av. II asrda yashagan 17. Shiroq jasorati haqida kim ma’lumot beradi ? Poliyen 18. Nima uchun Doro I bosib olingan hududlarni satrapliklarga bo’lib tashlaydi ? Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutib turish uchun 19. “Satrap” so’zining ma’nosi nima ? Forscha “xshatra” so’lzidan olingan bo’lib , “viloyat” degani 20. O`rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari nechta satraplikka bo’lingan ? uchta 21. Ahamoniyalar davlatida har bir satraplik qancha muddatda hukmdorga soliq to’lab turgan ? har yilda bir marta 22. Ahamoniylar davlatida soliqlar nima bilan to’langan ? Kumush , chorva mollari, hunarmandchilik buyumlari, kiyim – kechak va hayvonlar terisi bilan 23. Kserksning hukm surgan davri ? Mil.av. 486-465-yillar 24. Ahamoniylardan kimlarning davrida O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotda va yunon-fors urushlarida ham qatnashadi ? Doro I va Kserks 25. Mashxur Marafon janggida O’rta Osiyoning muvaffaqiyatli urushgan qaysi xalqlari o’zini ko’rsatadi ? Saklar 26. Qaysi yunon tarixchisi Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O’rta Osiyolik jangchilar qurol aslahalarini mufassal tasvirlagan ? Gerodot 27. Gerodotning tasvirlashicha Baqtriyaliklar qanday qurollar bilan qurollangan ? Kamon va nayzalar bilan 28. Gerodotning tasvirlashicha Saklar qanday qurollar bilan qurollangan ? xanjar va oyboltalar bilan 29. Gerodotning tasvirlashicha xorazmiy va so’g’diylar qanday qurollar bilan qurollangan ? Kamon va nayzalar bilan 30. Kserks armiyasida eng yaxshi suvoriylar qayerlik jangchilar bo’lishgan ? Sak va baqtriyalik 31. “Forslar” tragediyasining muallifi kim ? Esxil 32. Esxil o’zining “Forslar” tragediyasida Salamin yonidagi dengiz jangida xalok bo’lgan qayerlik jangchilarni tilga oladi ? Baqtriyalik 33. O’rta Osiyolik xalqlar ustidan Ahamoniylar hukmronligi necha yil davom etadi ? 200 yildan ko’proq 34. Mil.av. IV asrga kelib O’rta Osiyoning qaysi xalqlari Ahamoniylar tarkibidan chiqib mustaqil bo’ladi ? saklar, xorazmiylar va massagetlar 35. Mil.av. VI-IV asrlarda madaniyatning rivojlanishi yozma va arxeologik manbalar asosida o’rganilgan bo’lib, ular O’rta Osiyo xalqlarining qaysi sohalari taraqqiyotda yuksak darajaga erishganligidan dalolat beradi ? Hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, kulolchilik va binokorlik 36. Ahamoniylar davrida Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari, shuningdek, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan qaysi shaharlar yirik hunarmandchilik markazlari bo’lgan ? Qiziltepa, Uzunqir, Ko’zaliqir, Yerqo’rg’on 37. O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar nechanchi asrlarda tarqalgan ? Mil.av. V-IV asrlarda 38. O’rta Osiyo hududidan topilgan oltin bilakuzuk qaysi xazinadan topilgan ? Amudaryo xazinasidan 39. O’rta Osiyo hududidan topilgan oltindan yasalgan ot-arava nushasi nechanchi asrlarga oid ? Mil.av. V – IV asrlarga 40. Amudaryo xazinasi nimasi bilan maxshur ? Oltin va kumushdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan 41. Amudaryo xazinasi qachon topilgan ? 1877-yilda 42. Amudaryo xazinasi hozirda qayerda saqlanadi ? Britaniya muzeyida Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling