15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet24/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

31 -32 -PARAGRAF
1.Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni kim sifatida bilishgan ? Donishmandlar , hayot murabbiylari
2. Qaysi yunon faylasufi “yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan” deb uqtiradi ? Geraklit
3. “Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas”, “hamma narsa oqadi hamma narsa o’zgaruvchandir” degan hikmatlar kimga tegishli ? Geraklit
4. Bizni qurshab turgan hamma narsa ko’zga ko’rinmaydigan mayda-mayda zarralardan tashkil topgan deb Geraklit fikriga e’tiroz bildirgan yunon faylasufi kim ? Demokrit
5. Demokrit qayerlik edi ? Frakiyalik
6. “Insonda hech qanday ehtiyojlar bo’lmasligi shart” degan fikrni o’z ta’limotiga asos qilib olgan yunon faylasufi kim ? Diogen
7. Qaysi yunon faylasufi hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechib umrini bo’chkada o’tkazgan ? Diogen
8. Makedoniyalik Aleksandr “Senga qanday yordam berishim mumkin ? ” deb so’raganida “nariroq tursangchi quyoshni to’syapsan” deb kinoya qilgan yunon faylasufi kim ? Diogen
9. Gerodot qaysi hududlardagi yunon koloniyalarida sayohat qilgan ? Misr, Mesopotamiya, Shimoliy Qora dengiz bo’yidagi
10. Gerodot qaysi asarini yozgandan keyin mashxur kishiga aylanib, “tarixning otasi” nomini oladi ? “Yunon-fors urushlari to’g’risidagi tarix”
11. Qaysi yunon olimi to’plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fan sifatida ta’riflab berdi ? Aristotel (Arastu)
12. Qaysi yunon olimi ko’zgular tizimidan foydalanib, yorug’likni bitta yo’nalishga jamlab, rimliklar kemasini yoqib yuborgan ? Arximed
13. Richag qonunini qaysi yunon olimi ishlab chiqqan ? Arximed
14. “Menga tayanch nuqtani topib bering yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman” deb kim aytgan ? Arximed
15. Sokrat (Suqrot) asli qayerlik bo’lgan ? Afinalik
16. O’zining dono hikmatlari tufayli shaharning eng aqilli kishisi deb e’lon qilingan yunon faylasufi kim ? Suqrot
17. “Mening donishmandligim hech nimani bilmasligimni bilishimda” deb kim aytgan ? Suqrot
18. Suqrotning g’oyalari kim orqali bizga yetib kelgan ? Platon
19. Atlantida degan hayoliy davlat yaratgan yunon faylasufi kim ? Platon (Aflotun)
20. “Xudo bizning o’zimizdadir” degan hikmat kimga tegishli ? Platon
21. Suqrotning sevimli hikmati qaysi bo’lgan ? “o’z-o’zingni anglagin va bilgin”
22. “O’z-o’zingni anglagin va bilgin” hikmati qaysi ibodatxonada yozilgan edi ? Delfiya ibodatxonasida
23. Yomon , aldoqchi va shavfqatsiz bo’lishga qaraganda yaxshi, halol, rahmdil bo’lish ancha yaxshi degan kim ? Suqrot
24. “Bularsiz ham kun kechirish mumkin bo’lgan shuncha narsalar borligi ham qandoq yaxshi ” degan yunon faylasufi kim ? Suqrot
25. Suqrot nima uchun o’limga mahkum etilgan ? Afinadagi ba’zi tartiblarni qo’rqmasdan tanqid qilganligi uchun
26. Suqrot tarixda nimaning timsoli bo’lib qolgan ? Odamiylik , sabr – matonat va jasurlik

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling