15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
37 - 38 – PARAGRAF
1. Mil.av. 336-yilda kim Makedoniya podshosi bo’ladi ? Makedoniyalik Aleksandr 2. Aleksandr taxtga o’tirganida necha yoshda edi ? 20 yoshda 3. Makedoniyalik Aleksandr yashagan yillar ? Mil.av. 356-323-yillar 4. Makedoniyalik Aleksandr hukm surgan davr ? Mil.av. 336-323-yillar 5. Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa yurishlari qachon boshlanadi ? Mil.av. 334-yilda 6. Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa yurishlari necha yil davom etgan ? 10 yil 7. Makedoniyalik Aleksandr mil.av. 334-yilda boshlangan 10 yil davom etgan harbiy yurishlarida qaysi hududlarni bosib olgan ? Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindiston 8. Makedoniyalik Aleksandr qanday maqsadda bosib olingan hududlarga yunonlarni joylashtiradi ? Yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida 9. Makedoniyalik Aleksandr yurishlarida qatnashgan tarixchi kim ? Aristobul 10. Mil.av. VII – IV asrlarda O’rta Osiyolik jangchilar jangga nima bilan kirgan ? Sovut kiygan, boshida dubulg’a bo’lgan, xanjar va qilich bilan qurollangan, jangovor oybolta va nayza ishlatgan, temir va jezdan yasalgan kamon o’qi va chopqilari bo’lgan, jangchilar otda ham , piyoda ham jang qilgan 11. O’rta Osiyo xalqlari orasida xanjar nima deyilgan ? “Akinak” 12. Orta Osiyo xalqlari orasida jangovor oybolta nima deyilgan ? “Sagaris” 13. “Bargustvon” nima ? Ot ustiga va ko’kragiga temirdan to’qilgan yopinchiq 14. Makediniyalik Aleksandr istilosi davrida O’rta Osiyoda dushmanga qarshi hujumni qanday qo’shin boshlab bergan ? Suvoriylar 15. Makediniyalik Aleksandr istilosi davrida O’rta Osiyoda qal’a va shaharlarni himoya qilishda qanday jang qurollaridan foydalanishgan ? O’q-yoy va palaxmon 16. Mil.av. VII – IV asrlarda O’rta Osiyodagi qaysi shaharlar burj va borulari bo’lgan mustaxkam devorlar bilan o’rab olingan edi? Qiziltepa , Afrosiyob , Uzunqir 17. Makedoniyalik Aleksandr qachon Ahamoniylarning so’nggi shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor etadi ? Mil.av. 330-yilda 18. Makedoniyalik Aleksandr qanday maqsadda Amudaryoning narigi tomonidagi elatlarni bo’ysundirmoqchi bo’ladi ? Hindistonga yurish qilishdan oldin qo’shini orqasini xavfsizlantirish maqsadida 19. O’rta Osiyoda Makedoniyalik Aleksandr yo’lini to’sgan birinchi shahar qaysi ? Baqtriya poytaxti Baqtra 20. Baqtrani makedoniyaliklar nima deyishgan ? Zariasp 21. Makedoniyalik Aleksandrning bosqini davrida Baqtriya satrapi kim edi ? Axamoniylar sulolasidan bo’lgan Bess 22. Amudaryodan ikki podsho – Kir II va Doro I lar kechib o’tgani, ikkalasi ham mag’lub bo’lgani haqida Makedoniyalik Aleksandrga kim gapirib beradi ? Ustozi yunon faylasufi Aristotel 23. Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari nechanchi yilda Amudaryodan o’ta boshlaydi ? Mil.av.329-yilda 24. Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari Amudaryoni kechib o’tganlarida qo’shin qarshisida qaysi hududlar turar edi ? Nautaka va Maroqanda 25. Naotaka hozirgi qaysi hududga to’g’ri keladi ? Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi 26. Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari nechanchi yilda Maroqandani egallaydi ? Mil.av. 329-yilda 27. Mil.av 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo’shinning bir qismini Maroqandada qoldirib , o’zi asosiy kuchlar bilan qaysi shaharga yurish qiladi ? Kurushkat 28. Rivoyatlarga ko’ra, Kurushkat ya’ni Kiropolis shahriga kim asos solgan ? Kir II 29. Makedoniyalik Aleksandrga So’g’diyona xalqi qarshi kurashga ko’tarilganda so’g’diyonaliklarga kimlar kelib qo’shiladi ? Baqtriyaliklar, sak va massagetlar 30. Makedoniyalik Aleksandrga qarshi So’g’diyonadagi qo’zg’olonga kim rahbarlik qiladi ? Spitamen 31. Spitamen Makedoniyalik Aleksandrga qarshi kurashda qaysi shaharni qurshovga oladi ? Maroqandani 32. Maroqandada qurshovda qolgan qo’shinga Makedoniyalik Aleksandr yordamga qancha qo’shin yuboradi ? uch mingga yaqin 33. Spitamen boshliq qo’zg’olonchilar qo’shini qayerda Makedoniyalik Aleksandr yuborgan qo’shinga pistirma qo’yib tamomila qirib tashlaydi ? Zarafshon daryosi bo’yida 34. Zarafshon daryosi qadimda qanday nomlangan ? “Politimet” 35. Sak va massagetlarga qarshi kurashish maqsadida Makedoniyalik Aleksandr qayerda tayanch manzil barpo ettiradi ? Sirdaryo bo’yida , Xo’jand yaqinida 36. Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Sirdaryo bo’yida , Xo’jand yaqinida qurdirilgan marzilgoh qanday nomlangan ? Aleksandriya Esxata ya’ni, Uzoqdagi Aleksandriya 37. Makedoniyalik Aleksandr Maroqandada garnizon – maxsus harbiy qo’shin qoldirib asosiy qo’shinlari bilan qishlov uchun qayerga jo’naydi ? Zariaspga (Baqtra) 38. Makedoniyalik Aleksandr Spitamen qo’zg’olonini bostirish uchun qo’shinni necha qismga bo’lib, So’g’diyonani u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi ? Uch qismga 39. Makedoniyalik Aleksandr So’g’diyonani kezib chiqib qancha tinch aholini qirib tashlaydi ? 120 ming 40. Spitamenning Makedoniyalik Aleksandr bilan hal qiluvchi janggi qachon bo’ladi ? Mil.av. 328-yilning kuzida 41. Spitamen kimlar tomonidan o’ldiriladi ? Ko’chmanchi qabilalar boshliqlari tomonidan 42. Makedoniyalik Aleksandr bosqini davrida Xoriyen va Oksiartning tog’ qal’alari qayerda joylashgan edi ? Hisor tog’larida 43. Makedoniyalik Aleksandr kimga uylanadi ? So’g’d qabilasi boshliqlaridan biri Oksiartning qizi Ravshanakka 44. Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun necha yil urinadi ? Uch yil 45. Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun uch yil urinib qaysi hududlarni qo’lga kiritadi ? Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona, va hozirgi Bekobod hamda Xo’janddan iborat Sirdaryo bo’ylarini 46. Makedoniyalik Aleksandr qaysi hududlarni bosib ololmagan ? Xorazm, Toshkent vohasi va Farg’ona 47. Yunon – makedon qo’shinlari qayerda birinchi bor mag’lubiyatga uchraydi ? O’rta Osiyoda 48. Yunon tarixchilarining yozishicha Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyoda nechta shahar qurdirgan ? 12 ta 49. O’rta Osiyoda Makedoniyalik Aleksandr tomonidan qurdirilgan shaharlar qaysilar ? Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg’iyona Aleksandriyasi 50. Qachondan boshlab Makedoniyalik Aleksandr qo’shini saflari siyraklashadi ? Mil.av. 324-yildan 51. Makedoniyalik Aleksandr qo’shinining siyraklashgan saflari mil.av. 324-yildan qayerlik yoshlar hisobiga to’ldiriladi ? Baqtriya va So’g’diyona Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling