15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet35/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

48 - PARAGRAF
1. Qadimgi Rimda armiyada necha yoshdagi erkak fuqarolar xizmat qilgan ? 17 yoshdan 46 yoshgacha
2. Qadimgi Rimda 80 kishidan iborat jangchilar guruhi nima deyilgan ? Senturiya
3. Qadimgi Rimda bir necha senturiya nima deyilgan ? Kogorta
4. Qadimgi Rimda 10 ta kogorta nima deyilgan ? Legion
5. Qaysi qadimgi davlatda armiyada xizmat qilish bir umrlik ishga aylangan edi ? Qadimgi Rimda
6. Qadimgi Rimda harbiy xizmat muddati necha yil bo’lgan ? 25 yil
7. Qadimgi Rimda harbiylarning o’ziga xos jang taktikasi qanday bo’lgan ? Avvaliga shahar qurshab olinadi, so’ngra esa katapulta degan qamal qurolidan foydalanib devorlarni teshishar va shaharga bostirib kirar edi
8. Qadimgi Rimda qanday maqsadda soz (tekis) yo’llar tarmog’ini barpo etgan edi ? Harbiy guruhlar imperiya hududi bo’ylab tezroq harakatlanishi maqsadida
9. Qaysi qadimgi davlat chegaralarida tosh qal’alar barpo etilgan ? Qadimgi Rim
10. Qadimgi Rimda “triumf” nima ? G’alaba
11. Qadimgi Rimda xudolarga qaysi tepalikda qurbonliklar bag’ishlangan ? Kapitoliy
12. Nechanchi asrga kelib Rim mamlakat shimolidan tashqari butun Italiya hududini zabt etishga erishadi ? Mil.av. III asr o’rtalariga kelib
13. Mil.av. III asr o’rtalarida Sitsiliya orolining g’arbiy qismini qaysi davlat hukmdorlari egallab olgan edi ? Karfagen quldorlari
14. Rim va Karfagen o’rtasidagi urushga qaysi hudud sababchi bo’lgan ? Sitsiliya
15. Karfagen qaysi jihatidan Rimdan ustun edi ? Katta va kuchli flotga egaligi jihatidan
16. Karfagen armiyasining Rim armiyasiga nisbatan zaif tomoni nimada edi ? Karfagen armiyasida yollanma askarlar xizmat qilar edi
17. Nima uchun Karfagen armiyasining zaif tomoni unda yollanma asrkarlarning xizmat qilishi edi ? Chunki yollanma askarlarning birdan-bir maqsadi harbiy o’lja bo’lib, o’zlari uchun qulay bo’lgan istalgan paytda dushman tarafiga o’tib ketar edi
18. Rimliklar Karfagen bilan necha marotaba urushadi ? Uch marta
19. Rim va Karfagen o’rtasidagi urush tarixga qanday nom bilan kirgan ? Puni urushlari
20. Rimliklar Karfagenni nima deyishgan ? Puna
21. Puni urushlaridagi birinchi urushda kimlar g’alaba qozonadi ? Rimliklar
22. Birinchi Puni urushlarida Rimliklar g’alaba qozonib, qaysi hududni bosib oladi va karfagenliklarni o’zlariga xiroj to’lashga majbur qiladi ? Sitsiliyani
23. Birinchi Puni urushidan ikki yil o’tib Rimliklar qaysi hududlarni egallaydilar ? Korsika va Sardiniya orollarini
24. Qaysi davlat Rim bilan O’rtayer dengizi orollari ustidagi urushda Rimning xavfli raqibi bo’ladi ? Karfagen
25. Sitsiliyadagi yo’qotishlar uchun o’zlarini taqdirlash va qanoatlantirish uchun Karfagen quldorlari qaysi davlatning katta qismini bosib oladi ? Ispaniyaning
26. Karfagen tomonidan Ispaniyani bosib olish chog’ida Karfagen armiyasiga kim boshchilik qilgan ? Gannibal. Gannibal Ispaniyada biron marta ham mag’lubiyatga uchramagan
27. Rimliklar Karfagennliklarga ikki tomondan zarba berish maqsadida qanday yo’l tutadi ? Bitta armiya Ispaniyada Gannibal armiyasini tor-mor etishi, ikkinchi Karfagenni bosib olishi kerak edi
28. Puni urushlarida Kann yaqinidagi jang qachon bo’lgan ? Mil.av. 216-yilda
29. Mil.av. 216-yilda Kann yaqinidagi jangda kimlar g’alaba qozonadi ? Gannibal boshliq Karfagen armiyasi
30. Mil.av. 216-yilda Kann yaqinidagi jangda qancha rimlik legioner halok bo’ladi ? 70 ming
31. Nima uchun Italiya aholisi Gannibalni qo’llab – quvvatlamaydi ? Karfagen yollanma qo’shinlari mamlakatni talon-taroj qilib tashlagani uchun
32. Zama shahri yaqinidagi jang qachon bo’lgan ? Mil.av. 202-yilda
33. Mil.av. 202-yilda Zama shahri yaqinidagi jangda Rim armiyasiga kim boshchilik qiladi ? Ssipion
34. Mil.av. 202-yilda Zama shahri yaqinidagi jangda kimlar g’alaba qozonadi ? Rimliklar
35. Gannibal qachon o’ladi ? Mil.av. 183-yilda surgunda yurganda uni rimliklarga topshirish uchun qo’lga olishga uringanda zaxar ishib o’ladi
36. Puni urushlaridagi qaysi jangdan keyin Rim G’arbiy O’rtayer dengizida mutloq hokimga aylanadi ? Mil.av. 202-yilda Zama shahri yaqinidagi jangdan keyin
37. Rimliklar qaysi hududlarni bosib olgandan keyin Karfagenni bosib olishga qaror qiladi ? Suriya va Makedoniyani
38. Uchinchi Puni urushi qachon bo’ladi ? Mil.av. II asr o’rtalarida
39. Uchinchi Puni urushida Karfagen shahri aholisi shaharni necha yil mudofaa qiladi ? Ikki yil
40. Uchinchi Puni urushida Karfagen necha kun o’t-olov ichida qoladi ? 17 kun
41. Rim senati qaroriga ko’ra , Karfagen bunyod etilgan joy nima deb e’lon qilinadi ? Qarg’ish tekkan maskan
42. Karfagen rimliklar tomonidan nechanchi yilda butunlay varonaga aylantiriladi ? Mil.av. 146-yilda
43. Bosib olingan yerlarni rimliklar nima deyishgan ? Provinsiya
44. Rimliklar tomonidan bosib olinib provinsiyaga aylantirilgan hududlar qaysilar ? Sitsiliya, Korsika, Sardiniya, Ispaniya, Yunoniston, Kichik va Old Osiyo, Misr
45. Rimda provinsiyalarni boshqaradigan noiblar nima deyilgan ? Prokonsullar
46. Rimda prokonsullar qancha muddatga savlangan edi ? Bir yilga
47. Rimliklar provinsiyalar Rimga qarshi kurashga birlashmasliklari uchun qanday tamoyilga asoslanib ish ko’rishgan ? “Bo’lib tashla, hukmronlik qil”
48. Qaysi davlatda armiyaning himoya qalqoni “Toshbaqa” deb atalgan ? Rimda

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling