15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet38/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

51 - PARAGRAF
1. Qaysi imperator davrida Rim imperiyasining poytaxti Vizantiy shahriga ko’chiriladi ? Konstantin
2. Imperator Konstantin qachon poytaxtni Vizantiy shahriga ko’chiradi ? Milodiy 330-yilda
3. Vizantiy shahri qayerda joylashgan edi ? Bosfor bo’g’ozida
4. Qaysi Rim imperatori buyrug’i bilan Vizantiy shahridagi eski binolar buzilib yangi shahar quriladi ? Konstantin
5. Konstantin davrida Vizantiy shahri qayta tiklanib shaharga haykallar va kolonnalar qaysi davlatlardan olib kelinadi ? Rim, Afina, Korinf
6. Vizantiy shahri Konstantin sharafiga nima deb e’lon qilinadi ? Konstantinopol
7. Rim imperiyasi qachon G’arbiy va Sharqiy Rim imperiyalariga bo’linib ketadi ? Milodiy 395-yilda
8. Rim imperiyasi kimni davrida G’arbiy va Sharqiy Rim imperiyalariga bo’linib ketadi ? Imperator Feodosiyning o’gillari davrida
9. Nechanchi asrdan Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshlaydi ? Milodiy III asrdan
10. Milodiy III asrdan Rim imperatorini kimlar saylagan ? Armiya
11. Qaysi Rim imperatori davridan boshlab rimliklar bosqinchilik urushlarini olib bormaydi ? Trayan
12. Milodiy III asrda rimliklar nima uchun Rim imperiyasining shimoliy-g’arbida katta harbiy kuch ushlab turishga majbur bo’lgan ? Ko’chmanchi varvarlardan himoyalanish maqsadida
13. Yunonlar tillari o’zlari uchun tushunarli bo’lmagan barcha qabilalar va xalqlarni nima deyishgan ? Varvarlar
14. Rimliklar madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog’onasida turuvchi xalqlarni nima deyishgan ? Varvarlar
15. Milodiy IV-V asrlarda butun Rim imperiyasi hududini kimlarning qo’zg’olonlari qamrab oladi ? Qullar va kolonlar
16. Rim imperiyasiga varvarlarning hujumlari necha yil davom etadi ? 150 yildan ko’proq
17. Molodiy 410-yilda – Alarix boshliq got qabilalari Rimni qurshab oldilar
18. Alarix boshliq gotlarga Rim darvozalarini kimlar ochib beradi ? Qullar
19. Alarix boshliq gotlar Rimni necha kun talaydi ? Uch kun
20. Rimliklar Rimni nima deb atashar edi ? “Boqiy shahar”
21. Qaysi shahar haqida “Butun yer yuzini bo’ysundirgan jahon sham chirog’i ham so’ndi” deyilgan ? Rim
22. Milodiy 452-yilda – Attila boshliq xunn qabilalari Sharqiy Rim imperiyasiga hujum uyushtirdi
23. Milodiy 455-yilda – Rimga germanlarning vandal qabilalari bostirib kirdi
24. Vandallar Rimni qancha muddat talaydi ? Ikki hafta
25. G’arbiy Rim imperiyasi qachon qulagan ? 476-yilda
26. G’arbiy Rim imperiyasining so’nggi imperatori kim bo’lgan ? Romul
27. G’arbiy Rim imperiyasi qulatilgach imperatorlik toji qaysi shaharga jo’natiladi ? Konstantinopolga

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling