15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
46 - PARAGRAF
1. Rim hukmdorlari qanday maqsadda xalq majlisini chaqirar edi ? Muhim masalalarni muhokama qilish uchun 2. Rimda xalq majlisi qanday huquqlarga ega edi ? Urush e’lon qilish , sulh tuzish, qonunlarni qabul qilish va bekor qilish, mansabdor shaxslarni tayinlash . 3. Rimda xalq majlisi qarorlarini qaysi davlat organi tasdiqlagan ? Senat 4. “Senat” so’zining lug’aviy ma’nosi nima ? Lotincha bo’lib “Oqsoqollar kengashi” ma’nosini anglatadi 5. Qadimgi Rimning tub aholisi nima deyilgan ? “Patritsiylar” 6. Qadimgi Rimga ko’chib kelgan aholining avlodlari nima deyilgan ? “Plebeylar” 7. Qachondan Rim davlati Respublika deb yuritila boshlandi ? Mil.av. VI asr oxiridan 8. “Respublika” so’zi qaysi tildan olingan ? Lotincha, “res” ish, “publika” xalq. 9. Qadimgi Rimda nima uchun qashshoq kishilar konsul bo’la olmas edi ? Davlatga xizmat evaziga haq to’lanmasligi sababli 10. Qadimgi Rimda konsullikka o’z nomzodini qo’ygan badavlat quldor qanday libos kiygan ? “Kandida” deb ataluvchi oq harir libos 11. Qadimgi Rimda urush boshlangan taqdirda yoki xalq qo’zg’oloni ro’y berganda kim otliq qo’shinlar boshlig’i etib tayinlangan ? Diktator va uning o’rinbosari 12. Qadimgi Rimda qaysi lavozim cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lib, hokimiyatda olti oydan ko’p tura olmagan ? Diktator 13. Qadimgi Rimda har bir konsulni necha kishidan iborat faxriy qorovullar qo’riqlashgan ? 12 kishidan iborat 14. Qadimgi Rimda konsullarning 12 kishidan iborat faxriy qorovullari nima deyilgan ? Liktorlar 15. Qadimgi Rimda konsullar jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi alomati sifatida liktorlar nima taqib yurishgan ? Yelkalariga o’rtasiga boltacha sanchilgan qayishqoq arqonlardan bog’lama taqib yurishgan 16. Qadimgi Rimda konsullar necha kishidan iborat bo’lishgan ? Ikki kishidan 17. Qadimgi Rimda senat necha kishidan iborat bo’lgan ? 300 kishidan 18. Rim respublikasida kimlar rimliklarni sud qilgan ? Konsullar 19. Rim respublikasida konsullar qaysi davlat organi oldida har yili hisob bergan ? Xalq majlisi 20. Qadimda xalq tribuni lavozimi qaysi davlatda ta’sis etilgan ? Rim respublikasida 21. Rim respublikasida xalq tribunlari kimlarni manfaatini himoya qilgan ? Qashshoq rimliklarni 22. Rim respublikasida xalq tribunlari qanday saylanar edi ? Majlislarda barcha fuqarolarning teng va yashirin ovozi bilan 23. Rim respublikasida qaysi davlat organ “veto” (taqiqlayman) so’zini aytishi mumkin bo’lgan ? Xalq tribuni. Bunday holda qonun qabul qilinmagan 24. Qadimgi rim qonunchiligi qanday qonunlarga asoslangan edi ? Og’zaki qonunlarga 25. Rim respublikasida patritsiylar chiqargan qonun kimning qonunlariga asoslangan edi ? Solonning 26. Rim respublikasida 12 jadvaldan iborat qonunlarni kimlar qabul qilgan ? Patritsiylar 27. Rim respublikasida 12 jadval qonuni qanday mulkni daxlsiz deb e’lon qiladi ? Xususiy mulkni 28. Nechanchi asrga kelib Rimning barcha fuqarolari mavqeyidan qat’iy nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilinadi ? Mil.av. III asr boshiga kelib Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling