15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet31/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

44 - PARAGRAF
1. Milodiy XVI asrgacha Sharq va G’arb xalqlari o’rtasida tarixiy – madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qaysi yo’l muhim o’rin tutgan ? Buyuk Ipak yo’li
2. Buyuk Ipak yo’li qachon vujudga kelgan ? Mil.av. II asrda
3. Buyuk Ipak yo’li dastlab nima deb atalgan ? “Buyuk meridianal yo’l”
4. Buyuk Ipak yo’liga “Ipak yo’li” atamasi qachon va kim tomonidan berilgan ? 1877-yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan
5. Eng qadimgi yo’llardan biri bo’lgan “La’l yo’li” qachon vujudga kelgan ? Mil.av. 3-2-ming yillikda
6. Qadimgi La’l yo’li qaysi hududlardan o’tgan ? Pomir tog’laridan boshlanib, Eron va Old Osiyo hamda Misr orqali o’tgan
7. Qadimda Pomirdan olinadigan qanday ma’dan Qadimgi Sharq mamlakatlari zargarlari tomonidan yuksak baholangan ? Yarim nodir la’l (lojuvard)
8. Misr fir’avnlari maqbaralaridan topilgan la’l ishlatilgan buyumlar O’rta Osiyoning qaysi hududidan olingan ? Badaxshondan
9. Qaysi yo’l Eron Ahamoniylari sulolasining yo’li bo’lgan ? “Shoh yo’li”
10. “Shoh yo’li” mil.av. VI-IV asrlarda qaysi hududlarni bog’lagan ? Kichik Osiyo shaharlarini, o’rtayer dengizi bo’yidagi Efest , Sard shaharlarini Eron poxtaxtlaridan biri Suza bilan bog’lagan
11. Buyuk Ipak yo’lining uzunligi qancha bo’lgan ? 12 ming km
12. Buyuk Ipak yo’li qayerdan boshlangan ? Sariq dengizdan
13. Buyuk Ipak yo’li qayergacha borgan ? O’rtayer dengizi sohillarigacha
14. Buyuk Ipak yo’li qaysi hududlar orqali o’tgan ? Sharqiy Turkiston, O’rta osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali
15. Buyuk Ipak yo’li orqali So’g’diyonadan Xitoyga qanday maxsulotlar olib borilgan ? Jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar
16. Buyuk Ipak yo’li orqali Baqtriyadan Xitoyga nima olib borilgan ? Tuyalar
17. Buyuk Ipak yo’li orqali Farg’onadan Xitoyga nima olib borilgan ? Zotli otlar
18. Buyuk Ipak yo’li orqali Badaxshondan Xitoyga nima olib borilgan ? La’l
19. Buyuk Ipak yo’li orqali Hindistondan O’rta Osiyoga qanday maxsulotlar kelgan ? Ip-gazlama va paxta chigiti
20. Buyuk Ipak yo’li orqali Xitoydan O’rta Osiyoga qanday maxsulot keltirilgan ? Guruch
21. Chjan Syan qachon O’rta Osiyoga keladi ? Mil.av. 138-yilda
22. Chjan Syan kimning elchisi edi ? Imperator U Di
23. Chjan Syan qanday maqsadda ittifoqchi va xamkorlar topish uchun yo’lga chiqadi ? Ko’chmanchi xunnlarga qarshi kurashish maqsadida
24. Chjan Syan birinchi marta xunnlarga asir tushganda necha yil asirlikda bo’ladi ? O’n yil
25. Chjan Syan xunnlar asirligidan qochib qayerga boradi ? Markaziy Tyan-Shan orqali Issiqko’lga
26. Chjan Syan qaysi daryo bo’ylab Farg’ona vodiysiga keladi ? Norin daryosi bo’ylab
27. Chjan Syan Farg’ona hukmdori bilan uchrashganda Farg’ona hukmdori nimaga rozi bo’lishini bildiradi ? Faqat savdo-sotiq aloqalarini o’rnatish istagini bildiradi
28. Chjan Syan janub sari sayohatini davom ettirib, kimlarga asir tushadi ? Xunnlarga
29. Chjan Syan ikkinchi marta xunlarga asir tushganidan keyin qancha muddatda vataniga qaytib boradi ? Bir yildan keyin
30. Chjan Syan Farg’onadan Xitoyga nima olib boradi ? Ot va beda urug’i
31. Farg’onadan olib borilgan beda urug’ini qaysi Xitoy imperatori o’z saroyi yaqinida ektiradi ? U Di
32. Farg’onadan olib borilgan beda urug’i keyinchalik Xitoyning qaysi qismida ekiladigan bo’ladi ? Xitoyning butun shimolida
33. Chjan Syan yurgan yo’l bo’ylab mil.av. II-I asrlarda Xitoyni qaysi hududlar bilan bog’lovchi Buyuk Ipak yo’li o’tadigan bo’ladi ? Markaziy va G’arbiy Osiyo bilan bog’lovchi
34. O’zbekistonning qaysi hududida Buyuk Ipak yo’li ikki tarmoqqa bo’linadi ? Farg’ona vodiysida
35. Farg’ona vodiysida ikki tamoqqa bo’lingan Buyuk Ipak yo’lining birinchi tarmog’i qaysi hududlarga borgan ? O’zgandan Axsi shahri, Qamchiq dovoni orqali Iloq vohasi va Toshkentga kelgan
36. Farg’ona vodiysida ikki tamoqqa bo’lingan Buyuk Ipak yo’lining ikkinchi tarmog’i qaysi hududlar orqali o’tgan ? O’zgandan O’sh, Quva, Marg’ilon, Qo’qon orqali Xo’jand, Samarqand, Buxoroga o’tgan
37. Buyuk Ipak yo’lining chorraxasida joylashgan davlat qaysi ? O’zbekiston

Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling