15 – paragraf


Download 298.5 Kb.
bet11/39
Sana24.12.2022
Hajmi298.5 Kb.
#1063257
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
6-sinf savol-javob tarix

13 – PARAGRAF
1. Bobil podsholigi qachon tashkil topgan ? Mil.avv. II ming yillikda
2. Mil.avv. II ming yillikda Mesopotamiya janubida eng qudratli davlatga aylangan davlat qaysi ? Bobil podsholigi
3. Bobil podsholigi qayerda joylashgan edi ? Frot va Dajla daryolari qo’shilib ketgan joyda
4. “Bobil” so’zining ma’nosi nima ? “Xudolar darvozasi”
5. Bobil shahrining bosh ko’chasi qaysi iloha nomi bilan ataladigan darvoza bilan boshlangan ? G’alaba ilohasi Ishtar
6. Mil.avv. XVIII asrda Bobil podsholigini yagona davlatga kim birlashtiradi ? Xamurappi
7. Xamurappi hukm surgan yillar ? Mil.avv. 1792-1750-yillar
8. Kimni davrida Bobil podsholigi eng qudratli davlatga aylanadi ? Xamurappi
9. Mil.avv.XVIII asrda kim Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo’ldi ? Xamurappi
10. Xamurappi tarixda qanday nom qoldirgan ? Qonunlar tuzuvchi hukmdor
11. Xamurappi qonunlari mamlakatning barcha shaharlarida o’rnatilib nimaga yozilgan ? Tosh ustunlarga
12. Xamurappi qonunlariga ko’ra shifokor amalga oshirgan jarrohlik operatsiyasi natijasida bemor halok bo’lsa qanday jazo berilgan ? Ko’llari kesilgan
13. Xamurappi qonunlariga ko’ra qarzini vaqtida qaytarmagan kishi qanday jazolangan ? Uch yil muddatga qullikka berilgan
14. Xamurappi qonunlariga ko’ra, Mobodo ayblanuvchi jabrlanuvchining ko’zlariga jarohat yetkazsa qanday jazo berilgan ? Uni ham ko’zlariga jarohat yetkazilishi shart bo’gan.
15. Xamurappi qonunlariga ko’ra, yong’in mahalida o’g’irilik ustida qo’lga tushgan kishi qanday jazolangan ? O’sha zahoti olovga tashlangan
16. Xamurappi qonunlariga ko’ra, qulfbuzarga qanday jazo berilgan ? O’sha yerning o’zida olirilib, o’sha yerga ko’mib yuborilgan
17. Xamurappi necha yil davomida qo’shni mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirish uchun kurash olib boradi ? 30-yil davomida
18. Xamurappi vafotidan keyin qaysi qabilalar Bobil shahrini bosib oladi ? Kassitlar
19. Bobil shahrini zavolga yuzlanishiga qaysi qabilalarni bosqini sabab bo’ldi ? Kassitlar
20. Yangi Bobil posholigi qachon vujudga kelgan ? Mil.avv. VII asrda
21. Yangi Bobil posholigi kimni davrida o’z ravnaqining cho’qqisiga erishadi ? Novuxodonosor II
22. Qaysi Yangi Bobil hukmdori Misrni o’z davlati tarkibiga qo’shib oladi ? Novuxodonosor II
23. Qaysi Yangi Bobil hukmdori Iyerussalimni vayron qilib tashlaydi ? Novuxodonosor II
24. Qaysi yangi Bobil podsholigi hukmdori turar joy binolari va mudofaa devorlarini qurilishida pishgan g’isht ishlatish to’g’risida farmon beradi ? Novuxodonosor II
25. Bobil shahrining nechta darvozasi bo’lgan ? 8 ta
26. Bobil shahrining darvozalari 8 ta darvozasi bo’lib, ularning har biri nimaning nomi bilan atalgan ? Bosh xudolar nomi bilan
27. Bobil shahrining qaysi darvozasi chiroyli va nafis bo’lib, hayvonlar va qushlar tasviri tushirilgan niliy naqshinkor taxtachalar bilan bezatilgan ? Iloha Ishtar darvozasi
28. Forslar qachon Bobilni bosib oladi ? Mil.avv. 539-yilda
29. Forslarni Bobildan kim haydab chiqaradi ? Makedoniyalik Aleksandr
30. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so’ng Bobil qaysi davlat tarkibiga kiradi ? Salavkiylar davlati
31. Bobil madaniyatining eng qadimgi o’choqlari qaysilar ? Shumer va Akkad
32. Shumer mixxat yozuvi qachon vujudga kelgan ? Mil.avv. IV ming yillikda
33. Shumer mixxat yozuvi dastlab qanday ko’rinishda bo’lgan ? Rasm – belgi ko’rinishida
34. Qadimgi Mesopotamiyada zodagonlar va badavlat odamlar oilalari farzanlari ta’lim oluvchi maktablar qayerlarda tashkil etilgan ? Hukmdor saroylari va ibodatxonalarda
35. Qadimgi Mesopotamiyada o’quvchilar nimaga yozishgan ? Qotmagan loy taxtachalarga
36. Shumerliklar yaratgan quyosh kalendari necha kundan iborat bo’lgan ? 365 kundan
37. Shumerliklar yaratgan oy kalendari necha kundan iborat bo’lgan ? 354 kundan
38. Mesopotamiyada ko’pzinali ibodatxonalar nima deyilgan ? Zikkurat
39. Mesopotamiyada nechanchi ming yillikda turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo’yicha dasturulamal tuzilgan ? Mi.avv. 3-ming yillikda



Download 298.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling