15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24 – 25 - PARAGRAF
23 – PARAGRAF
1. Qadimgi Yunoniston deganda qaysi hududlar tushuniladi ? Bolqon yarim oroli va O’rta yer dengizi orollari 2. Qadimgi Yunonistonni uch tomondan qaysi dengiz o’rab turgan ? O’rta yer dengizi 3. Qadimgi Yunonistonning qaysi qismi quruqlik bilan tutashgan ? Shimoli 4. Qadimgi Yunonistonning qancha qismini tog’lar egallagan edi ? 1/3 5. Qadimgi Yunonistinning eng baland tog’i ? Olimp 6. Ninabargli o’rmonlar Qadimgi Yunonistonning qaysi qismida o’sgan ? Shimoli va Peloponnesda 7. Qadimgi Yunoniston aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik va chorvachilik 8. Qadimgi Yunonistonda ilk shahar va davlatlar qachon vujudga kelgan ? Mil.av. 2-ming yillikda 9. Mil.av. 2-ming yillikda Qadimgi Yunonistonda vujudga kelgan shahar – davlatlar qaysilar ? Knoss, Miken, Tirinf, Pilos 10. Krit orolida sivilizatsiya qachon vujudga kelgan ? mil.av. 2-ming yillikda 11. Krit orolida vujudga kelgan sivilizatsiyaning nomi nima ? Minoy sivilizatsiyasi 12. Minoy sivilizatsiyasi kimni nomi bilan bog’liq ? Podsho Minos 13. Minoy sivilizatsiyasi dastlab nimaning oqibatida vayron bo’ldi ? Kuchli zilzila va suv toshqini 14. Krit oroliga Mil.av. 1450-yilda qaysi qabilalar bostirib kiradi ? Yunoniston hududidan kirb kelgan mikena qabilalari 15. Mikena qabilalarining muqim aholisi nima deyilgan ? Axeylar 16. Minoy sivilizatsiyasining barbod bo’lishini qaysi qabilalar nihoyasiga yetkazadi ? Axeylar 17. Mil.av. 1200-yilda Janubiy Yunonistonga qaysi qabilalar bostirib kiradi ? Doriylar 18. Janubiy Yunonistonda doriylar qaysi davlatga asos soladi ? Sparta 19. Odamlar yashaydigan hududni yunonlar nima deyishgan ? Oykumena 20. “Triyera” nima ? Yunonlarning uch eshkakli jangovor kemasi 21. Yunon piyodalarining safga zich tizilishi nima deyilgan ? Falanga 24 – 25 - PARAGRAF 1. Nechanchi asrlarda Qadimgi Yunonistonda dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib boradi ? Mil.av. IX-VII asrlarda 2. Qadimgi Yunonistonning eng yirik shahar-davlatlari qaysilar ? Afina va Sparta 3. Qadimgi Yunonistonda shahar-davlatlar nima deb atalgan ? “Polis” 4. Qadimgi Afina va Spartada armiyaning asosini kimlar tashkil etgan ? Goplitlar 5. “Goplitlar” kimlar ? Og’ir qurollangan jangchilar 6. Qadimgi Afina va Spartaning askarlari dubulg’asi qanday metalldan tayyorlangan edi ? Bronza 7. Qadimgi Attika viloyati O’rta Yunonistonning qaysi qismida joylashgan ? Janubi-sharqiy 8. Yunonlar Akropolni qayerda va qachon quradilar ? Mil.av. 2-ming yillikda Attikaning g’arbiy qismida 9. “Akropol” bu – “Yuqori shahar” 10. Afina aholisi qanday guruhlarga bo’lingan edi ? 3 ta guruh: Qullar, ajnabiylar va fuqarolar 11. Afinada kimlar ozod Afina fuqarosi bo’la olgan ? Ota-onasi ozod Afinalik bo’lganlar 12. Afinada qachondan boshlab davlat organlarida ishlashga muayyan haq to’lana boshlanadi ? Mil.av. V asrdan 13. Afina davlatiga qaysi sohalar katta daromad keltirar edi ? Kumush konlari mahsuloti va tuz qazib olish 14. “Meteklar” kimlar ? Ajnabiylar 15. Qadimgi Afina shahrining asosiy porti qaysi bo’lgan ? Pirey 16. Afina dengiz ittifoqi g’aznasi qaysi shaharda joylashgan edi ? Afina 17. Afinada davlat maktablari bo’lmay , ota-onalar o’z farzandlarini kimlarga berishgan ? Pedagoglarga 18. “Pedagog” so’zining ma’nosi nima ? “Bolani yo’lda kuzatib boruvchi” 19. Afinada kimlarga qonun bo’yicha ta’lim olish majburiy edi ? O’g’il bolalarga 20. Afinada bolalar necha yoshdan yozuv va hisobga o’rgatilgan ? 7 yoshdan 21. “Stil” nima ? metall tayoqcha 22. Afinada puldor ota-onalar o’z farzandlarini qayerlarda o’qitishgan ? Palestralarda 23. Afina palestralarida qaysi fanlar o’qitilgan ? Adabiyot, she’r yozish va musiqa 24. Afinada o’g’il bolalar necha yoshdan gimnastika bilan shug’ullangan ? 14 yoshdan 25. Beshkurash bu – kurash, nayza va disk uloqtirish, uzunlikka va balandlikka sakrash 26. Afina palestralarida kimlarning haykaltaroshlik ishlari turgan ? Mironning “Diskobol” va Polikletning “Nayzabardor” haykallari 27. Afinada oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlarida qaysi fanlar o’qitilgan ? astronomiya , geometriya, geografiya, tarix 28. Afinada oliy ta’limda ta’lim olish muddati necha yil bo’lgan ? 3-4yil 29. Lakonika bu – Janubiy Yunoniston 30. Janubiy Yunoniston hududiga doriylar qachon bostirib kiradi ? Mil.av. XII asrda 31. Ilotlar kimlar ? spartada qulga aylantirilgan mahalliy yunonlar 32. Mil.av. VIII-VII asrlarda Yunonistonning qaysi shahrida qulga aylantirilgan aholi ko’pchilikni tashkil etgan ? Spartada 33. Qadimgi Yunonistonning qaysi shahri urushga tayyorgarlik ko’rayotgan shaharga o’xshardi ? Sparta 34. Qadimgi Yunonistonning qaysi shahrida ajnabiylar kiritilmagan, savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar va turar joy binolari ham bo’lmagan, faylasuflar, olimlar, rassomlar ham yo’q edi ? Spartada 35. Qadimgi Yunonistonnig qaysi shahri aholisi faqat jangchi bo’lib, dehqonchilik, chorvachilik bilan ham shug’ullanmagan ? Sparta 36. Spartada periyeklar kimlar ? To’la-to’kis huquqlarga ega bo’lmagan fuqarolar 37. Qadimgi Spartada kimlar ozod kishilar bo’lsada, xalq kengashida ishtirok eta olmas , armiyada xizmat qilolmas edi ? Periyeklar 38. Qadimgi Yunonistonning qaysi davlatida quchli va chidamli odamlar qadrlangan ? Spartada 39. Qadimgi Sparta maktablarida bolalarni nimaga o’rgatishgan ? Harbiy ishga 40. Qadimgi Yunonistonning qaysi davlatida ayollar jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga va sport musobaqalarida qatnashishga majbur etilgan ? Spartada 41. Qiyinchiliklar tufayli Yunonistondan ko’chib ketganlar qaysi hududlarga borib joylashgan ? Sitsiliya oroli sohillari va Apennin yarim oroli janubiga. Keyinchalik ularning manzillari O’rtayer va Qora dengiz bo’ylarida ham vujudga kelgan 42. “Ellinlar” kimlar ? Yunonlar 43. Enlinlar o’z Vatanini nima deyishgan ? Ellada 44. Yunonlar uchun “Varvarlar” kimlar ? Yunon bo’lmagan xalqlar 45. “Buyuk yunon koloniyalashtirishi” davri nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi ? Mil.av. VIII-VI asrlar 46. Buyuk yunon koloniyalashtirishi davrida yunonlar Qora dengiz sohillarida asos solgan koloniyalari qaysilar ? Olviya, Xersones, Pantikapey, Tanais, Fasis, Trapezund 47. Qadimda yunonlar O’rtayer dengizi sohillarida nechta koloniyaga asos solishadi ? 100 dan ziyod 48. Yunonlar alifbosi qaysi alifbo asosida vujudga kelgan ? Finikiya 49. Yunonlar alifbosi qachon vujudga kelgan ? Mil.av. VIII asrda 24 ta harfdan iborat 50. Yunon shaharlaridan Elladaga qanday maxsulotlar keltirilgan ? G’alla, metall va qullar 51. Yunon shaharlariga Elladadan qanday maxsulotlar keltirilgan ? Vino, zaytun yog’i, kulolchilik buyumlari, temirchilar va zargarlar yasagan buyumlar Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling