15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
20 – PARAGRAF
1. Mil.av. VII –VI asrlarda O’zbekiston hududida qaysi elatlar yashagan ? So’g’diylar ,baqtriyalikalr, xorazmliklar, sak va massagetlar 2. So’g’diylar qadimda qaysi hududlarda yashagan ? Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida 3. Amudaryoning quyi qismida qadimda qaysi davlat joylashgan ? Xorazm 4. Baqtriya qadimda qaysi hududda joylashgan ? Surxondaryo viloyati, shimoliy Afg’oniston va janubiy Tojikiston hududlarida 5. “Avesto”da Sug’doyona nima deyilgan ? So’g’da 6. Behistun yozuvlarida So’g’diyona nima deyilgan ? So’g’uda 7. Xorazm “Avesto”da nima deyilgan ? Xvarizam, Behistunda Xvarazmish, Yunon – Rim manbalarida Xorasmiya 8. Baqtriya “Avestoda” nima deyilgan ? Baxdi, Behistunda Baqtrish, Yunon-Rim manbalarida Baqtriana 9. Amudaryoning quyi oqimida yashagan qadimgi aholi nima deyilgan ? Xorazmliklar 10. Qadimda O’zbekistonning cho’llari va Amudaryoning bo’ylarida yashagan ko’chmanchi aholi nima deyilgan ? Massagetlar 11. Qadimda O’rta Osiyoning tog’lik, dasht va cho’l yerlarida asosiy mashg’uloti chorvachilik bo’lgan qaysi qabilalar yashagan ? Saklar 12. Saklar qachon o’z yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun harbiy qabila ittifoqini tuzadi ? Mil.av. VI asrda 13. Qadimgi yunon-rim tarixchilarining yozishicha sak qabilalari necha guruhga bo’lingan ? 3 guruhga 14. Saklarning ko’pchilik qismini qaysi guruhi tashkil etgan ? Saka tigra haudalar 15. O’tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar qaysilar ? Saka tigra haudalar 16. Saka tigra haudalar qayerda yashashgan ? Hozirgi Toshkent viloyati va janubiy Qozog’iston yerlarida 17. Saklarning ikkinchi guruhiga qaysilar kiradi ? Saka tiay taradarayya, ya’ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar 18. Saka tiay taradarayyalar qayerda yashashgan ? Orol dengizi bo’ylari va Sirdaryoning quyi oqimida 19. Saklarning uchinchi guruhi saka xaumovarkalar qayerda yashashgan ? Pomirning tog’li tumanlari va Farg’onada 20. Qadimda Xorazm, So’g’diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Sun’iy sug’orma dehqonchilik 21. Sak va massagetlarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Chorvachilik 22. O’tra Osiyo hududida dastlabki shaharlar qachon rivojlanadi ? Mil.av. VII-VI asrlarda 23. Afrosiyob qayerda joylashgan ? Samarqandda 24. Yerqo’rg’on va Uzunqir qayerda joylashgan ? Qashqadaryoda 25. Ko’zaliqir qayerda joylashgan ? Xorazmda 26. Qiziltepa qayerda joylashgan ? Surxondaryoda 27. O’rta Osiyodagi qadimgi shaharlarning o’ziga hos belgisi nima ? Shaharlarning mudofaa devorlari bilan o’ralganligi 28. Qadimgi Baqtriya davlati qachon tashkil topgan ? Mil.av. VII asrda 29. Mil.av. VII asrda Marg’iyona va So’g’diyona qaysi davlat ta’sirida bo’lgan ? Qadimgi Baqtriya 30. Mil.av. VII-VI asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon va O’zbekistonga chegaradosh viloyatlar qaysi davlat ta’sirida bo’lgan ? Qadimgi Baqtriya 31. Qiziltepa,Yerqo’rg’on, Uzunqir, Afrosiyob shaharlari o’rnida Qaysi davlatlarning markaziy shaharlari joylashgan ? Qadimgi Baqtriya va So’g’d 32. Qiziltepa,Yerqo’rg’on, Uzunqir, Afrosiyob shaharlari necha yillik tarixga ega ? 2700 yillik 33. Qadimgi Xorazm davlati qachon tashkil topgan ? Mil.av. VII asrda 34. Qadimgi Xorazm davlatining markazi qaysi shahar bo’lgan ? Ko’zaliqir 35. O’zbekiston hududida ilk temir asriga o’tish qachon boshlanadi ? Mil.av. IX-VIII asrlarda 36. Afrosiyob shahriga qachon asos solingan ? Mil.av. VIII-VII asrlarda Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling