15 – paragraf
Download 298.5 Kb.
|
6-sinf savol-javob tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19 – PARAGRAF
18 – PARAGRAF
1. Xitoyda ilk sivilizatsiyalar qaysi daryolar bo’ylarida vujudga kelgan ? Xuanxe va Yanszi 2. Xitoyda ilk sivilizatsiyalar qachondan kurtak yoya boshlagan ? Mil.av. 3-2 ming yillikdan 3. Qadimgi Xitoy davlati qaysi daryo havzasida vujudga kelgan ? Xuanxe daryosining o’rta oqimida 4. Xitoycha “Xuanxe” so’zining ma’nosi nima ? “Sariq daryo” 5. Xuanxe daryosini xitoyliklar nima deyishgan ? “Beqaror daryo”, “minglab ofatlar daryosi” 6. Xuanxe daryosi qancha muddatda toshgan ? 2 , 3 yilda bir marta 7. Xitoyda qabilalar ittifoqi qachon vujudga kela boshlaydi ? Mil.av. 3-ming yillikda 8. Xitoyda qachon ittifoq shaharlar yagona davlatga birlashadi ? Mil.av. 2-ming yillik o’rtalarida 9. Xitoyda Shan davlati qachon vujudga kelgan ? Mil.av. 2-ming yillik o’rtalarida 10. Shan davlatining bosh shahri qaysi bo’lgan ? Shan 11. Mil.av. 2-ming yillik oxirlarida Shan davlatiga qaysi qabilalar bostirib kiradi ? Chjou 12. Xitoyda Chjou davlati qachon vujudga keladi ? Mil.av. 2-ming yillik oxirida 13. Chjou davlati ulkanligi bois hukmdorlar uni nima deb atashgan ? “Zafaryor” yoki “O’rta podsholik” 14. Chjou davlati hukmdorlari o’zlarini nima deyishgan ? “Osmon o’g’illari” 15. Qadimgi Xitoyda asosiy dehqonchilik ekinlari nima bo’lgan ? Javdar va bug’doy 16. Xitoyga sholi urug’i qayerdan keltirilgan ? Hindistondan 17. Xitoyda sholi ko’chati necha santimetr bo’lganda yerga o’tqazilgan ? 20-25 santimetr. 5-10 santimetr suv ko’llatilgan, 100 kunda pishgan 18. Nechanchi asrlardan Chjou davlatining markaziy hokimiyati zaiflasha boshlaydi ? Mil.av. VIII-VII asrlardan 19. Xitoyda “Ko’p podsholiklar davri” nechanchi asrlarda yuz bergan ? Mil.av. VII-V asrlarda 20. Xitoyda “kurashayotgan podsholiklar “ davri nechanchi asrlarda yuz bergan ? Mil.av. VII-V asrlarda. Xitoyda bu davr 200 yildan ziyoda davom etadi. 21. Mil.av. III asrda Xitoy – yagona davlatga birlashadi 19 – PARAGRAF 1. Mil.av. III asr o’rtalarida Xitoyni yagona davlatga birlashtirish ishiga qaysi davlat hukmdori boshchilik qiladi ? Sin davlati 2. Sin davlatining asosсhisi kim ? Sin Shixuandi 3. “Sin Shixuandi” so’zining ma’nosi nima ? Sinning birinchi hukmdori 4. Sin Shixuandi hukm surgan davr ? Mil.av. 246-210-yillar 5. Sin Shixuandi o’z davlatini nechta viloyatga bo’lib boshqargan ? 36 ta 5. Sin davlati kimni davrida gullab yashnaydi ? Sin Shixuandi 6. Xali o’zi tirikligidayoq o’zi uchun maqbara qurishni buyurgan Sin davlati hukmdori kim ? Sin Shixuandi 7. Sin Shixuandi maqbarasini qancha odam va necha yilda qurib bitkazadi ? 720 ming odam 37 yilda 8. Sin Shixuandi qabridan maqbarani qo’riqlash uchun o’rnatilgan nechta sopol haykalchalar topiladi ? 6 mingta 9. Buyuk Xitoy devorini qurish kimni davrida boshlanadi ? Sin Shixuandi 10. Buyuk Xitoy devori kimlardan himoyalanish maqsadida quriladi ? Ko’chmanchi xunnlardan 11. Buyuk Xitoy devorining tuzilishi – balandligi 12 metr, kengligi 5 metr, uzunligi 4000 km. 12. Sin sulolasiga qarshi Lyu Ban boshchiligida dehqonlar qo’zg’oloni qachon ko’tariladi ? Mil.av. 206-yilda 13. Xitoyda Sin sulolasi hukm surgan davr ? Mil.av. 246-206-yillar 14. Xitoyda Xan sulolasi hukm surgan davr ? Mil.av. 206-yildan milodiy 220-yilgacha 15. Xitoyda Xan davlati kimni davrida o’z ravnaqi cho’qqisiga yetadi ? U Di 16. U Di hukm surgan davr ? Mil.av. 140-87-yillar 17. Xitoyda “qizilqoshlilar qo’zg’oloni” qaysi sulolaga qarshi ko’tarilgan ? Xan 18. Xitoyda Xan sulolasiga qarshi ko’tarilgan eng yirik isyon qaysi ? Milodiy II asrda ko’tarilgan “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni” 19. Xan imperiyasi xunnlarning hujumlarini zo’rayishi natijasida qachon parchalanib ketadi ? Milodiy III asrda 20. Xitoyliklar bundan necha yil oldin yozish uchun bambuk o’rniga ipakdan foydalanishga o’tadi ? 2,5 ming yil oldin 21. Xitoyda qog’oz qachon ixtiro qilinadi ? Mil.av. I asrda 22. Kompasni kimlar ixtiro qilgan ? Xitoyliklar. U katta qoshiqqa o’xshash bo’lgan 23. Xitoyliklar yaratgan kompas yerning qaysi tomonini ko’rsatib turgan ? Janubini 24. Xitoyliklar yaratgan “Seysmograf” nima ? Zilzilani oldindan aytib beruvchi moslama Download 298.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling