15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari
-rasm. Piktograma turlari
Download 498.9 Kb. Pdf ko'rish
|
15 mavzu 2m
15.3-rasm. Piktograma turlari
Reklama pannosi savdo zali devorlarida joylashtiribgina qolmay, magazinga kiraverishda yoki zinapoya maydonchalarida ham joylashtiriladi, tovarlar tepasida shiftga osib qo‘yiladi, shuningdek, magazin vitrinalarini bezashda ham foydalaniladi. Magazinda tovarlar mavjudligi haqida joriy axborotni xaridorlar elektrotablodan olishi mumkin. U savdo zaliga kiraverishda yoki maxsus ekspozitsiya maydonchasidan o‘rin oladi. Elektrotablo old devori yaltiramaydigan organik oynadan tayyorlangan to‘rtburchak quti shaklida bo‘ladi. Quti ichida yozuvlarni yoritib ko‘rsatish uchun lyuminessent lampa yoki cho‘g‘lanma lampa o‘rnatiladi. Tabloning old panelida plastina joylashtiriladigan kichkina tarnovchali ushlagichlar o‘rnatiladi. Ko‘pincha bu plastinalarga yirik shrift bilan sotuvda mavjud bo‘lgan 306 tovarlar nomi yoziladi. YAngi tovarlar ro‘yxati beriladigan maxsus yorug‘lik tablosi o‘rnatilishi mumkin. Bu holatda uni bezash yorqinroq xarakterga ega bo‘ladi. U uch- to‘rt xil rangda, masalan, havorang, yashil, och sariq rangda bajariladi. Bunday elektrotablolar tayyorlash qimmatga tushmaydi. Zamonaviy sharoitlarda, agar magazin mablag‘lari bunga imkon beradigan bo‘lsa, katta axborot va reklama imkoniyatlariga ega bo‘lgan elektron tablodan foydalanish mumkin. Reklama ko‘rsatkichlari, narxko‘rsatkichlar, tablolar – bularning barchasini «tovushsiz ma’lumotnoma» deb atash qabul qilingan. Ularning qatoriga boshqa reklama turlarini to‘ldirib turadigan bosma reklamani ham kiritish lozim. Turli ko‘rsatkichlar ko‘rinishidagi yo‘naltiruvchi reklama xaridorni kerakli tovar yoniga olib keladi, xolos. Keyingi reklama funksiyalarini narxko‘rsatkich bajaradi, shu sababli barcha tovarlar narxko‘rsatkich bilan ta’minlanishi lozim. Narxko‘rsatkich yirik va aniq shrift bilan bosilishi lozim. Tovar narxi uning nomi bilan bir xil o‘lchamda yoziladi. Tovar texnik tuzilishi bo‘yicha qanchalik murakkab bo‘lsa, xaridor u haqida axborotga shunchalik ko‘p ehtiyoj sezadi. Narxko‘rsatkichda narxdan tashqari tovarning qisqacha tavsifnomasi, o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa tovarlar oldidagi afzalliklari ham qayd etilishi mumkin. Bu doimo xaridorga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uning ushbu tovarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Download 498.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling