15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari
Download 498.9 Kb. Pdf ko'rish
|
15 mavzu 2m
pog‘onama-pog‘ona – asosan oziq-ovqat do‘konlari vitrinalarida foydalaniladi;
piramidal – aroq-vino mahsulotlarini, ayrim hollarda – to‘qimachilik mahsulotlari, oyoq kiyimi, parfyumeriya, elektr jihozlari namoyish qilish uchun qo‘llanadi; diagonal – tovarlar diagonal bo‘yicha joylashtiriladi; gorizontal – barcha predmetlar vitrina maydonida gorizontal chiziq bo‘yicha joylashtiriladi; qiya – qiya tokchalar, tagliklar yoki ushlagichlar foydalaniladi; bunda tovarning o‘zigina emas, balki uning markasi, navi va h.k. yaxshi ko‘rinadi; yoysimon – bunday kompozitsiya markazida ishlab chiqaruvchi korxonaning firma belgisi, uning atrofida esa – tovarlar namunalari joylashtirilishi mumkin; elpig‘ichsimon, yarim doira shaklidagi – engil matolar raanglari va fakturasini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. 326 Vitrinadagi tovar namunalarini notabiiy holatda joylashtirmaslik, ularni nooadtiy rakursda ko‘rsatmaslik va vitrinalarni bezatishda dekorativ element sifatida foydalanmaslik kerak. Misol uchun, kichik ro‘mol yoki paypoqlarni savat ko‘rinishida yoki murakkab naqsh hosil qiladigan pichoq va sanchqilar ko‘rsatish omadsi sanalmaydi. Kompozitsiya haqida to‘liqroq tushuncha berish uchun vitrina tuzilishida mutanosiblik tamoyili, ya’ni turli elementlar o‘lchamlarining nisbatlari haqida gapirish kerak. Dekorativ elementlar tovar shakli va o‘lchamini takrorlamasligi lozim. Ular tovardan kattaroq yoki kichikroq bo‘lishi, lekin bunda xaridorning tovarni idrok qilishiga xala bermasligi lozim. Kompozitsiyaning alohida qismlari mutanosibligi buzilmasligi uchun katta predmetlarni kichik predmetlar guruhlari bilan muvozanatlash kerak. Magazin ikkita yoki undan ortiq vitrinaga ega bo‘lgan hollarda ularni kompozitsion jihatdan bir-biri bilan bog‘lash tavsiya etiladi. Barcha vitrinalarda dekorativ elementlar, masalan, bahor-yoz mavsumida vitrinadagi gullar takrorlanadigan bo‘lishi mumkin. Kompozitsion jihatdan vitrinalar har biri alohida hal etiladi, biroq butun fasad bo‘ylab ular umumiy bir yaxlit bo‘lib ko‘rinishi lozim. Vitrinalarni bezatish bo‘yicha ishlarda rang katta ahamiyatga ega. Tovarni rangi bo‘yicha to‘g‘ri tanlash uchun dekorator ranglarni va ularning birikuvini yaxshi bilishi lozim. Barcha tovar va dekorativ elementlarni umumiy g‘oyaga ko‘ra juda puxtalik bilan tanlash kerak. Vitrinaning rangga oid tuzilishi xilma-xil bo‘lishi, bironta rang, masalan, havorang ustunligiga, bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki-uchta rangning tovlanishiga yoki kontrast birikuvlarga asoslanishi mumkin. Kontrast birikuvlar doimo jalb etuvchan bo‘ladi. Vitrinalar bezatuvchi rang turi bo‘yicha, intensivlik bo‘yicha va teranlik bo‘yicha kontrastlarni hisobga olishi lozim. Vitrinada qizil rangli bir nechta predmetni namoyish etishda ularni bir joyga mujassam etish maqsadga muvofiq, chunki qizil rang boshqa rangdagi tovarlarni «bosib» qo‘yadi. Intensivlik bo‘yicha kontrastga misol – och rangli predmetlar to‘q 327 fonda joylagan bo‘lsa, yanada ochroq ko‘rinadi. Kumush buyumlar qora fonda qanday ajoyib ko‘rinishiga e’tibor qarating. Vitrinalar bezatuvchi ranglar uyg‘unlashuvining uch tamoyilini yodda saqlashi lozim. 1. Ritm. Rang yordamida belgilangan oraliqlar orqali vitrinada bir xil ranglar gammasini takrorlash vositasida aniq bir ritm yaratish mumkin. 2. Muvozanat. Ochiq ranglar bo‘g‘iq ranglar bilan, to‘q ranglar och ranglar bilan, iliq ranglar esa – sovuq ranglar bilan muvozanatlanishi lozim. 3. Mutanosiblik. Mutanosiblikka rioya qilishga misol bo‘lib ochiq tonda, uni ommaga «yaqinlashtiradigan», hajmi bo‘yicha xuddi shunday, lekin biroz «bo‘g‘ilgan» ranglardagi vitrina bilan uyg‘unlash lozim bo‘lgan kichik vitrina makoni xizmat qilishi mumkin. Ranglar uyg‘unligidan foydalaniladigan vitrinalar eng jalb etuvchan sanaladi. Odatda to‘rt xil koloristik sxema qo‘llanadi. 1. Monoxromatik – vitrinani bezatishda turli intensivlik va teranlikdagi bitta rangdan foydalanish. 2. Analogik(ayni shunday) – bo‘yoqlar shkalasida yonma-yon joylashgan bir nechta rangdan foydalanishga asoslanadi. Masalan, havorang, havorang-binafsha rang va binafsha rang tuslari. 3. Kontrast – bu turli ranglar birligi natijasidir. Taqdim etilayotgan tovardan keskin farq qiladigan rang foydalaniladi. Boshqa rang fonida tovar e’tiborni darhol o‘ziga jalb qiladi. Masalan, vitrinada kul rang ayollar kostyumi va qora rangdagi charm sumkani namoyish etish. 4. Polixrom (ko‘p rangli) – bir nechta ranglar kombinatsiyasiga asoslanadi. Buning uchun tovarning bitta asosiy rangi tanlab olinadi va unga qarab asosiy tovarga hamroh bo‘lgan boshqa tovarlar uchun ranglar uyg‘unligi belgilanadi. Oqshomgi kostyum va ko‘ylaklarni yoritish uchun sariq nur sochadigan lampalar, kunduzgi kiyim-boshni yoritish uchun esa – kunduzgi yorug‘likni qo‘llash maqsadga muvofiq. Iliq nur sochish sovuq nur sochishni neytrallaydi: oqshomgi yoritishda havorang mato xira va ko‘kimtir bo‘lib ko‘nmaydi. Iliq nur sochish iliq 328 ranglarni yanada yorqinlashtiradi: qizil rang yanada keskin ajralib turadi. Sovuq nur sochish iliq ranglarni neytrallashtiradi: to‘q sariq rang havorang nur sochishda deyarli sarg‘ish, och jigarrang bo‘lib ko‘rinadi. Badiiy amaliyotda an’anaviy, umum e’tirof etilgan ranglar uyg‘unligi tamoyillaridan foydalaniladi. Masalan, qoidaga ko‘ra, xromatik va axromatik ranglar (qizil bilan qora, ko‘k bilan oq, pushti bilan kumush rang, kulrang bilan havorang, yashil bilan oq) uyg‘unlashuvi yaxshi ko‘rinadi. Och tusdagi ranglar neytral ranglar bilan yaxshi uyg‘unlash. Kontrast birikuvlarda (qizil — yashil, ko‘k — to‘q sariq, binafsharang — sariq) o‘ziga xos uyg‘unlikka erishish mumkin. Vitrinada qizil, oq va ko‘k; havorang va pushti, och jigarrang va o‘rib qolgan o‘t rangi; qora va oq; ko‘k va pushti ranglar uyg‘unlashuvi juda chiroyli ko‘rinadi. Oxirgi yillarda moda tuayli ilgari ma’qul hisoblanmagan ranglar: ko‘k bilan yashil, binafsharang bilan yashil ranglar birikuvi ham iste’molga joriy qilindi. Xilma-xil ranglar uyg‘unligi variantlari soni cheksizdir. Biroq bunda rang tusini aniq belgilab olish, shuningdek, ranglardan foydalanishda mutanosiblikka rioya qilishga o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Rang qanchalik faol bo‘lsa, u vitrinada shunchalik kam bo‘lishi kerak. Masalan, kiyim-kechaklar yoki matolar vitrinasida axromatik (kulrang yoki qora va oq) ranglarni jonlantirish uchun ikki- uchta qizil «dog‘» etarli. Vitrina ko‘rgazmasining reklama samarasi ko‘o‘dan reklama qilinayotgan tovarlar narxko‘rsatkichlarining joylashuvi va bezatilishiga ham bo‘ladi bo‘ladi. Vitrinada narxko‘rsatkichlar bezatish va joylashtirish uslubi tovarlar ekspozitsiyasining umumiy kompozitsion echimiga to‘liq darajada mos kelishi lozim. Reklama narxko‘rsatkichi oddiy narxko‘rsatkichlardan – shakli, o‘lchami va bajarilishi bo‘yicha farq qiladi. Qoidaga ko‘ra, u yirikroq o‘lchamda bo‘lib, uchburchak yoki romb shaklida bo‘lishi yoki tovar siluetini takrorlashi mumkin, bu esa xaridorlar e’tiborini jalb qilishga yordam beradi. Reklama narxko‘rsatkichlari yangilik tovarlar va magazin ularni sotishda juda manfaatdor bo‘lgan tovarlar uchun qo‘llanadi. Bu narxko‘rsatkichlar yorqinroq 329 bo‘lishi; zarur ma’lumotlar – tovar nomi, vazni, navi, narxidan tashqari tovarning iste’mol xususiyatlari haqida qo‘shimcha axborotga (televizor ekranining o‘lchami, muzlatgich kamerasining sig‘imi va h.k.) ega bo‘lishi mumkin. Narxko‘rsatkichlar tovarlarni mavsumiy sotib tugatish davrlarida narxlarni pasaytirishda o‘ziga xos reklama rolini o‘ynaydi. Ikkita – ustiga qizil chiziq tortilgan eski va yangi narxni taqqoslash xaridorga samarali psixologik ta’sir ko‘rsatadi, tovarni xarid qilish istagini rag‘batlantiradi. Download 498.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling