15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari
Download 498.9 Kb. Pdf ko'rish
|
15 mavzu 2m
bo‘laklarga ajralmaydigan – bu dekorator tomonidan vitrina ko‘rgazmasini
bezatishda foydalaniladigan tayyor moslamalar; yig‘iladigan va bo‘laklarga ajraladigan – dekorator qo‘ygan maqsad va vazifalarga qarab turli moslamalardan yig‘ilishi mumkin bo‘lgan detallar to‘plami. Tayyorlash xarakteri bo‘yicha vitrina inventari namunaviy va individual bo‘lishi mumkin. Namunaviy inventar reklama kombinatlari yoki ustaxonalar tomonidan katta miqdorda ishlab chiqariladi. Qoidaga ko‘ra, u tuzilishi bo‘yicha oddiy bo‘ladi. Individual inventar dekoratorning eskizi bo‘yicha bitta yoki bir nechta nusxada tayyorlanadi va muayyan vitrinani bezatishda qo‘llanadi. Dekoratorlarning ishida turli xildagi takliklar muhim rol o‘ynaydi. Dekorativ tagliklarda sharf, kiyim-bosh, oyoq kiyimi kabi turli tovarlarni ko‘rsatish va ulardan jalb etuvchan uyg‘unlikdagi kompozitsiyalar yaratish mumkin. Tagliklardan vitrinada foydalanish imkoniyatlari xilma-xildir. Biroq vitrinani ularga to‘ldirib tashlamaslik kerak, chunki bu potensial xaridorlar e’tiborini tovardan chalg‘itadi. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, tagliklar – faqat yordamchi inventardir. 318 Tovarlarni vitrinada reklama qilishda tagliklar katta rol o‘ynaydi. Ular tovar bilan birgikda vitrinaning umumiy mazmunini tashkil qiladi, tartib kiritadi, shuningdek, qo‘yilgan u yoki bu namunani ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ularning yordamida tovarlar joylashtiriladigan maydon kengaytiriladi. Vitrina tagliklariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir: ko‘zga tashlanmaslik, soddalik, tayyorlash uchun materiallar minimal sarfi, mustahkamlik, shuningdek, vitrina qutisi, tovar o‘lchamlari va xarakteri bilan to‘g‘ri nisbatda bo‘lish. Vitrinani bezatishda shuni yodda tutish kerakki, u faqat tovarlarni reklama qilish uchun mo‘ljallanadi. Vitrinada tovarni eng foydali tarzda ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan barcha yordamchi elementlar (bu erga tagliklar ham kiradi) to‘laligicha tovarga bo‘ysunishi lozim. Tagliklarning o‘zi xaridorning e’tiborini jalb qilmasligi lozim, shu sababli vitrinani bezatishda xaridorlar ko‘ziga tashlanmaydigan yoki ulardan yashirish oson bo‘lgan konstruksiyalar tanlash lozim. Vitrinada ishchi elementlar qanchalik kam ko‘rinadigan bo‘lsa, tovarga shunchalik ko‘p e’tibor qaratiladi. Xaridorni birinchi navbatda, tovarning o‘zi qiziqtiradi, uning vitrinada qanday joylagani emas. Bundan kelib chiqib, tagliklar shakli eng soddalashtirilgan ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Konstruksiyalarda ortiqcha bezaklardan foydalanish ma’noga ega emas. Tagliklar engil va ixcham bo‘lishi uchun ularni tayyorlashda minimal miqdorda materiallardan foydalanish kerak. Birinchidan, bu ularga qarashda qulayliklar yaratadi, ikkinchidan, ularni vitrinada tez joylashtirish imkonini beradi. Katta va beso‘naqay tagliklardan foydalanish tovarni ijobiy tomondan ko‘rsatishga yordam bermaydigina emas, balki bunga xalaqit qilishi ham mumkin. Tagliklar tovar o‘lchamiga mos kelishi lozim. Katta yuzada kichik tovar namunalari chiroyli ko‘rinmaydi, katta tovarni kichkina joyda joylashtirish esa oson bo‘lmaydi. Tagliklar qattiq konstruksiyali yoki ulardan turli konstruksiyalar yig‘ish mumkin bo‘lgan detallar elementlarini ifodalaydigan, bo‘laklarga ajratiladigan holda yasaladi. Qoidaga ko‘ra, tagliklar metall, organik oyna, silikat oyna yoki yog‘ochdan yasaladi. Bajaradigan vazifalariga ko‘ra tagliklar universal va maxsus turlarga ajratiladi. 319 Universal tagliklar sanoat tovarlari turli guruhlarini joylashtirish uchun yaraydi. Ular oyna yoki plastik tokchali metall konstruksiyalar shaklida bo‘ladi. Bunday tagliklarda parfyumeriya, kanselyariya anjomlari, mayda tovarlar, oyoq kiyimi, idish- tovoq (shisha va metall) va xo‘jalik tovarlarining ayrim turlarini namoyish etish mumkin. Maxsus tagliklar bu – belgilangan tovar guruhlarini namoyish etish uchun mo‘ljallangan tagliklardir. Boshqa inventar turlariga geometrik shakllar ko‘rinishidagi konstruksiyalar kiradi. Ular yog‘och-qirindi plitalardan tayyorlanib, ustidan material yoki rangli qog‘oz tortiladi. Har xil o‘lchamdagi stendlar komplekti vitrina bezalishini tez-tez almashtirishga imokn beradi. Stendlar oziq-ovqat mahsulotlari, yozuv qog‘ozi mollari, attorlik mollari, oyoq kiyimi va turli anjomlarni namoyish etish uchun foydalaniladi. Tayyor kiyimlarni, shuningdek, tayyor ayollar ko‘ylagi ko‘rinishida matolarni namoyish etish uchun manekenlar foydalaniladi. Sanoatda magazinlarning savdo zallarida ham, vitrinalarda ham keng qo‘llanadigan erkaklar, ayollar, bolalar va o‘smirlar manekenlari ishlab chiqariladi. Hozirgi paytda manekenlarning roli ham, ko‘rinishi ham o‘zgargan. Agar ilgari manekenlar bilan odam qiyofasiga yaqinlashtirgan holda realistik jihatlar va shakllar ko‘rsatishga harakat qilingan bo‘lsa, hozirda ular, qoidaga ko‘ra, ma’lum uslubga solingan shaklga ega, ularning silueti esa dinamik xarakterga ega. Kiyim-boshlarni vitrinada joylashtirishda pape-mashe, sim va novdalardan qilingan gavda va yarim manekenlar ham muvaffaqiyat bilan foydalaniladi. Ularning yordamida vitrina kompozitsiyasini turli tusga kiritish mumkin. YArim manekenlar vitrinada turli rakursda osib qo‘yiladi, mustahkam bir o‘zakka o‘rnatiladi yoki oddiygina polga qo‘yib qo‘yiladi. Ular qulay va engil bo‘lib, mahsulotlarni har tomonlama ko‘rsatish uchun ko‘plab imkoniyat beradi. Erkaklar va ayollarning tayyor ko‘ylaklari va ayollarning ichkiyimini joylashtirish uchun sim va organik oynadan yasalgan byust-karkaslar ko‘p foydalaniladi. Ixchamligi tufayli ular xaridor ko‘zlaridan deyarli yashiringan bo‘ladi, 320 lekin o‘z shakli bilan taqdim etilayotgan mahsulotga kerakli hajmdorlik baxsh etadi. Ular ustki trikotaj kiyimlar (erkaklar va ayollar uchun) namoyishida ham foydalanilishi mumkin. Vitrinada bosh kiyimlarni namoyish etish qiziqarli uchun kompozitsiyalar yaratishga imkon beradigan yarim manekenlar, erkaklar va ayollarning boshchalari mo‘ljallanadi. Vitrina inventarining eng muhim elementlaridan biri bo‘lib planshet xizmat qiladi. U vitrinaga turlicha shakl berish, yo‘lovchilarni jalb qilish, vitrinaning amaliy natija berishini oshirishga imkon yaratadi. Planshet tayyorlash ko‘p xarajat talab qilmaydi. U rasm chizish, fotosuratlar va boshqa elementlarni joylashtirish mumkin bo‘lgan, qanor tortilgan va qog‘oz yopishtirilgan romdan iborat bo‘ladi. Agar planshet doimiy foydalaniladigan bo‘lsa, u ikki tomondan, zar qog‘oz, rangli qog‘oz yopishtiriladi yoki bo‘yaladi. Planshetning ifodaliligi, ma’nodorligi ko‘p jihatdan bo‘yoq tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Zaruriy rang boyligi bera olmaydigan guash va meldan foydalanish tavsiya etilmaydi. Moybo‘yoq va elimbo‘yoqdan, shuningdek, qorong‘ida nurlanadigan bo‘yoqlardan foydalangan ma’qul. Vitrinada foydalaniladigan xilma-xil reklama elementlari orasida fotosurati alohida o‘rin egallaydi. Dekorativ funksiyadan tashqari fotosurat tovar haqida batafsil, aniq va haqqoniy axborot beradi. Fotoplanshet vitrinada quyidagi fotosuratlarni o‘z ichiga olishi mumkin: tovarni xarid qilish yoki undan foydalanish paytidagi iste’molchi; reklama shiori yoki firma belgisi bilan tovar; turli harakat bosqichidagi tovar (fotomontaj); tovarga xos bo‘lgan detal; tovar qimmatini naamoyish etadigan ob’ekt. Download 498.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling