15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari


 Magazinda reklama tadbirlari


Download 498.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/20
Sana08.05.2023
Hajmi498.9 Kb.
#1445230
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
15 mavzu 2m

15.3. Magazinda reklama tadbirlari 
Xaridorlarga reklama ta’siri ko‘rsatining muhim shakli ko‘rgazma-savdolar 
tashkil qilish hisoblanadi. Ko‘rgazma-savdolar tashkil qilish mos keluvchi 
tayyorgarlikni talab qiladi. Ularni o‘tkazishdan bir hafta oldin reklama e’lonlari radio 
va televidenie orqali berilishi, mahalliy matbuotda chop etilishi mumkin (agar bu 
etarli darajada yirik magazin bo‘lsa). Magazinda vitrinalar va savdo zali bezatiladi. 
Kichik magazinlar ichki va tashqi reklama taxtalari, plakatlar va ko‘rgazma 
o‘tkaziladigan joy va vaqt, qo‘shimcha xizmatlar, yangi tovarlar, ularning 


307 
xususiyatlari va afzalliklari haqida axborot beradigan boshqa reklama-axborot 
vositalari tayyorlashi mumkin.
Oziq-ovqat 
magazinlarida 
ko‘rgazma-savdolar 
reklama 
qilinayotgan 
mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni tatib ko‘rish bilan biralikda o‘tkazilishi 
mumkin. 
Ma’lumki, magazindagi xaridlarning qariyb yarmi xaridorlar tomonidan 
impulsiv ravishda, ya’ni oldindan rejalashtirilmagan ravishda, tovarning tashqi 
ko‘rinishi, o‘rovi ta’siri ostida yoki sotuvchining maslahati bilan amalga oshiriladi. 
Masalan, AQSHda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, amerikaliklar o‘ziga-
o‘zi xizmat ko‘rsatish magazinlarida xaridlarning 40%igacha impulsiv ravishda, 
asosan magazindagi ichki reklama ta’siri sotida amalga oshiradi. Tovar haqida 
sotuvchidan olinadian axborot og‘zaki reklamani ifodalaydi. Shu sababli 
magazinning reklama faoliyatida sotuvchining roli ancha sezilarli. Uning ishi faqat 
taklif etilayotgan tovarlarni bilishga emas, balki ularni xaridorlarga to‘g‘ri taklif qila 
olishga ham asoslanishi lozim. 
Sotuvchi ishtirokida og‘zaki reklama boshqa barcha reklama turlaridan 
individual muloqot imkoniyati bilan farqlanadi. Sotuvchi, xaridorning xarakterini 
baholar ekan, unga yondashuv usulini belgilab oladi. Masalan, xarakteri bo‘yicha 
harakatsiz, sust xaridorlarga faolroq xizmat ko‘rsatish, ularga maslahat berish va 
ishontirish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatish lozim. Xolerik xarakterga ega bo‘lgan odmlar 
bilan muloqotda sotuvchi ayniqsa iltifotli bo‘lishi lozim. 
Xaridor xarakterini o‘rganish jarayoni bir lahzada, deyarli intuitiv ravishda 
amalga oshirilishi lozim. Xaridor xarakteri unga psixologik ta’sir ko‘rsatish usulini 
aniqlashda – tovarni ko‘rsatish, u haqida batafsil so‘zlab berish, o‘xshash tovarlar 
oldidagi ustunliklari va xususiyatlarini ta’kidlashda ham boshlang‘ich nuqta bo‘lib 
xizmat qiladi. Xaridorni tinglar ekan, shu tariqa sotuvchi xarid motivlarini bilib oladi. 
Xarid motivatsiyasiga ichki va tashqi omillar ta’sir etadi. Ichki omillar tovarning 
o‘zida mujassam topadi. Ko‘pincha xaridor tovarning tashqi ko‘rinishi ta’siri ostida 
xarid haqida qaror qabul qiladi. Xarid motivlari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Motivga 
qarab xaridorga yondashuv ham belgilanadi.


308 
Xaridor bilan muloqot jarayonida sotuvchi uning tovardan manfaatdorligini 
qo‘llab-quvvatlashi lozim. Agar xaridor e’tiroz yoki shubha bildiradigan bo‘lsa, 
sotuvchi tovarni himoya qilish uchun dalillar topishi va uning adolatli fikrlariga 
qo‘shilishi lozim. 
Og‘zaki reklamada xaridorda tovarga e’tibor tugamasligiga erishish lozim. 
Savdo amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, xaridor bir vaqtning o‘zida uchtadan ortiq 
predmetni ko‘rib chiqishi qiyin, chunki bunda uning e’tibor taqalib ketadi. SHu 
sababli sotuvchi bir xil tovarning uchtadan ortiq namunasini ko‘rsatmasligi lozim.
Magazinda ichki radiotranslyasiya muhim rol o‘ynashi mumkin. Yirik 
magazinlarda uning ma’muriyati savdo zaliga yangi tovarlar kelib tushgani haqida 
radio orqali e’lon qilishi, tovarlarni seksiya va bo‘limlarda tovarlarni joylashtirish 
haqida axborotga e’tibor qaratishi mumkin. Quruk e’lonlar bilan chegaralanmasdan
vaqti-vaqti bilan radioroliklar ham berish kerak. 
Xaridorlarda magazinga tashrif buyurish bilan bog‘liq ijobiy hissiyotlar 
uyg‘otish va kuchaytirish uchun mahalliy radio orqali musiqa eshittirishni yo‘lga 
qo‘yish lozim. Lekin shuni ta’kidlash joizki, bu tadbir mas’uliyatli bo‘lib, u yoki bu 
xodimning musiqiy ta’biga ishonib qolish kerak emas. Bu erda xaridorlar asosiy 
qismining dididan kelib chiqish lozim. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, kundalik 
tovarlar sotiladigan magazinga ish vaqtida asosan pensionerlar tashrif buyuradi, 
ularda esa retro musiqalar ijobiy hissiyotlar uyg‘otishi mumkin. Mehnatga layoqatli 
yoshdagi xaridolar uchun esa turli avlodlar va ijtimoiy guruhlarga to‘g‘ri keladigan 
universal musiqa qo‘yish maqsadga muvofiq. 

Download 498.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling