15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari


-rasm. Yoritish uskunalarining turlari


Download 498.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana08.05.2023
Hajmi498.9 Kb.
#1445230
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
15 mavzu 2m

15.2-rasm. Yoritish uskunalarining turlari 
 
Magazin intererining yorug‘lik bilan bezalishi 
Magazin intererida yorug‘lik va soya o‘yini doim ham jalb etuvchan bo‘lmaydi. 
Ma’lumki, manbadan chiqadigan yorug‘lik predmet yuzasining rangiga qarab uning 
tusini o‘zgartiradi. Turli ranglarga bo‘yalgan predmetlar va yuzalar yorug‘likni 
qaytarishda turli koeffitsientga ega bo‘ladi. To‘q ranglar – qora, to‘q ko‘k, to‘q 
yashil, to‘q jigarrang ranglar eng kam yorug‘lik nurini qaytaradi; oq, och pushti va 
och sariq ranglarda yorug‘likni qaytarish koeffitsienti eng katta. Bundan kelib 
chiqadiki, magazin intereri predmetlarining to‘q rangli yuzalari ko‘proq, och rangli 
yuzalar esa – kamroq yoritini talab qiladi. 
YOrug‘lik va rang o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik mavjud. Masalan, iliq ranglar 
(qizil, to‘q sariq, sariq) ularni cho‘g‘lanma lampalar bilan yoritishda ocharadi, sovuq 
ranglar (yashil, ko‘k) esa to‘qroq bo‘lib qoladi. Havorang tusdagi lyuminessent 


298 
lampalar sovuq ranglarni kuchaytiradi, iliq ranglar esa yanada ocharadi. Savdo zalida 
tovarlar reklama ekspozitsiyasida rangli yorug‘likdan foydalanish tavsiya etilmaydi. 
Rang odamlar hissiyotiga, ularning kayfiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan, qizil rang odamni to‘lqinlantiradi, biroq tezda toliqtiradi; to‘q sariq rang 
odamni 
qizdiradi, 
tetiklashtiradi; 
yashil 
rang 
odamning 
asab 
tizimiga 
tinchlantiradigan tarzda ta’sir ko‘rsatadi, bezovtalikni yo‘qotadi; kulrang loqaydlik va 
zerikish hissini uyg‘otadi; qora rang kayfiyatni keskin tushirib yuboradi va h.k. 
Tabiatda uchraydigan barcha ranglar olimlar tomonidan ikki guruhga ajratiladi: 
axromatik va xromatik ranglar. Axromatik ranglarga barcha oraliq tuslar bilan birga 
oq va qora rang kiradi. Xromatik ranglarga qolgan barcha ranglar ular joylashgan 
ketma-ketlikda kiradi: qizil, to‘q sariq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsharang. 
Bu ranglar oralig‘ida ko‘p sonli oraliq ranglar mavjud. 
Xromatik ranglar quyidagi asosiy xislatlar bilan tavsiflanadi: rang tusi, rang 
to‘yinganligi va yorug‘ligi. Rang tusi u tufayli bitta xromatik rang boshqasidan, 
masalan, sariq rang qoradan, yashil rang qizildan ajralib turadigan asosiy xislat 
hisoblanadi. Rang to‘yinganligi shunda namoyon bo‘ladiki, ikkita bir xil masalan, 
qizil rangdagi tuslardan biri yorqinroq, ikkinchisi esa xiraroq bo‘ladi. Rang yorug‘ligi 
ayrim ranglar ochroq, boshqalari esa unchalik och emas, uchinchi turdagi ranglar to‘q 
rang sifatida qabul qilinishidan iborat. 
Rang iliq va sovuq turlarga ham bo‘linadi. Spektrning chap qismida joylashgan 
ranglar – quyosh rangini yodga soladigan qizil, to‘q sariq va sariq ranglar iliq ranglar 
deb ataladi. Spektrning o‘ng qismi yashil, havo rang, ko‘k va binafsharangni o‘z 
ichiga oladi. Bu ranglarning har xil tuslarini sovuq ranglar deb atash qabul qilingan. 
Barcha xromatik ranglarni rang doirasi bo‘ylab xuddi spektrdagi kabi ketma-
ketlikda joylashtirish mumkin. Rang doirasida bir-birining qarshisida joylashgan 
ranglar kontrastli ranglar deb ataladi. Masalan, qizil va yashil, ko‘k va to‘q sariq. 
Reklama vositalarida ko‘pincha rangga oid kontrastlar foydalaniladi. Ular 
svetlotnыe??? va xromatik turlarga ajratiladi. Masalan, qora fonda kulrang predmet 
ochroq qabul qilinishi mumkin. Oq fonda predmetlar aslidan ko‘ra to‘qroq bo‘lib 
ko‘rinadi. Bu holat bir vaqtdagi svetlotnogo??? kontrast nomini olgan. 


299 
Xuddi shu tarzda bir vaqtdagi xromatik kontrast taassuroti ham olinadi. 
Masalan, qizil fonda yashil predmet boshqa fondagidan ko‘ra yashilroq bo‘lib 
ko‘rinadi. Bir vaqtdagi rang kontrasti bu holatishundan iboratki, ikkita qo‘shimcha 
ranglar qo‘shniligida ulardan har birining sifati kuchayadi. 
Reklama vositalrini ishlab chiqishda, shuningdek, magazin binolari yuzasi 
bo‘yog‘ida ranglar uyg‘unligini to‘g‘ri tanlash, ularning o‘zaro aloqalar 
xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 498.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling