15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari
Magazin intereri reklama vositasi sifatida
Download 498.9 Kb. Pdf ko'rish
|
15 mavzu 2m
15.2. Magazin intereri reklama vositasi sifatida
Magazin intereri tovarlarni muvaffaqiyatli sotish va tijorat faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Magazinda uning «firma yuzi»ni belgilab beradigan, o‘zining qandaydir jalb etuvchan jihatlari bo‘lishi lozim. Zamonaviy magazin nafaqat bevosita tovarlar sotiladigan joy, balki ularni reklama qilish vositasi sifatida ham ko‘rib chiqiladi. Magazin intereri yangi mijozlar jalb qilish va doimiy xaridorlarni ushlab turishda muhim o‘rin egallaydi. Ma’lumki, xaridor doim ham magazinga ma’lum bir tovarni xarid qilishning aniq shakllangan rejasi bilan kiravermaydi. Tovarlarni savdo zalida reklamaga mos joylashtirish uchun asbob-uskunalar Zamonaviy magazin intererida xaridorlarning asosiy e’tibori savdo jihozlarida joylashtiriladigan tovarlarga qaratiladi. Savdo jihozlari va asbob-uskunalarining eng tarqalgan turlari peshtaxtalar, erkin turadigan vitrinalar, javon-stendlar, tokchalar, kassa kabinalari, savatlar, kiyim ilgichlar va h.k. hisoblanadi. Savdo uskunalarining estetik xislatlari badiiy bezalgan magazin intereri yaratishga imkon beradi. Zamonaviy savdo uskunalariga qo‘yiladigan eng muhim talab shundaki, ular unchalik sezilarli bo‘lmasligi, xaridorning e’tiborini unda joylashtirilgan tovarlardan chalg‘itmasligi, bundan tashqari, tovarni eng yaxshi ko‘rinishda taqdim etishi lozim. Tovarlarni magazinlarda ko‘rsatish uchun shiroko unifikatsiyalangan savdo 293 uskunalari qo‘llanib, uning yig‘ma detallari osonlik bilan yig‘ish, uning konfiguratsiyasini o‘zgartirish, boshqa joyga qo‘yish, zarur hollarda esa savdo zali joylashuvini yoki xaridorlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyasini qisqa vaqt ichida o‘zgartirish mumkin. Unifikatsiyalangan savdo uskunasi asosan tekis yuzali, sterjenbop va bo‘rtma elementlardan iborat bo‘ladi. U mustaqil ravishda ham, blok tarkibida kompleksli ravishda ham qo‘llaniladi. Osma (devorga ilinadigan) karkaslar, maxsus ishlov berib silliqlangan elementli alohida turadigan tirgaklar, qisman polga yoki shiftga kiritilgan ustunchalar keng foydalaniladi. Bu savdo zali maydonidan maksimal darajada foydalanish, uning ekspozitsion maydonini oshirishga imkon beradi. Universal tirgaklar har xil turdagi shiyponlar qo‘llashda manevr qilish imkonini beradi. Konstruksiya tamoyili tirgaklar xilma-xilligini, elementlar birikuvi soddaligini, ularning engilligi va transport vositasida tashish qulayligini ta’minlaydi. Ular texnologik vazifa va yuklamalar o‘zgargan hollarda osonlik bilan almashtiriladi. Amaliyotda asosiy elementlar quyidagi o‘lchamlari eng qulay ekanligi belgilangan: tokchalar chuqurligi - 32, 40, 56 va 64 sm, eng yuqoridagi tokchalar balandligi – pol yuzasidan 175-180 sm. Har bir magazinda bir xil turdagi savdo uskunalari o‘rnatilishi lozim. Aks holda tovarlarni joylashtirish unumdorligi pasayadi, xaridorlar e’tibori unda sotish uchun qo‘yilgan tovarlardan chalg‘itiladi. Savdo zali intereri orastaligi, yuqori baddiy darajasi bilan ajralib turishi kerak. Devorlar va shiftlarni bo‘yashda ortiqcha va oqlanmagan rang-baranglikdan, keragidan ortiqcha ko‘zgular va bezaklar joylashtirishdan, intererni didsiz va beo‘xshov qilib qo‘yadigan vitrinalar konstruksiyalari, eshiklar va asbob-uskuna qo‘polligidan qochish kerak. Savdo zali intererida xaridorga tovarning shakli, fakturasi va rangi haqida etarli darajada to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradigan devorlar rangi ham muhim ahamiyatga ega. Magazinlar devorlari ko‘pincha yumshoq tusdagi ranglarga bo‘yaladi, bunda hamma devorlar bri xil rangda bo‘lishi shart emas. Rangli 294 tonlarning muvaffaqiyatli uyg‘unlashuvi qiziqarli ranglar samarasi beradi. Pushti va yashil, sariq va binafsha rang tuslar bir-biri bilan yaxshi chiqishadi. Magazin intererida pol v ashift ham o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Magazin poli chiroyli, xaridorlarning harakatlanishi uchun qulay bo‘lishi va savdo zalida yuzaga keladigan ortiqcha shovqinni yutishga xizmat qilishi lozim. SHiftlar ham ortiqcha shovqinni yutishi va yortigichlarning oqilona joylashuvini ta’minlashi lozim. Savdo zalida yoritish Tovarlarni magazinda joylashtirish va qo‘yilgan tovarlarni tanlash qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lmasin, ular to yorug‘lik magazin intererini bezashning tarkibiy qismiga aylanmagunga qadar kerakli taassurot qoldirmaydi. Magazinni yoritish intererni dekorativ bezash vazifasini hal qilibgina qolmaydi, u tovarlarni sotish texnologik jarayoni zaruriy shartlarini ta’minlashi ham ko‘zda tutilgan. SHu sababli dekoratorga yorug‘lik texnikasi sohasida ayrim ma’lumotlar, xususan, yoritish uskunalari tavsifnomalarini bilish zarur bo‘ladi. Savdo zali va magazin ichkarisidagi vitrinalarni yoritish muammosini hal qilishga nafaqat estetik, balki texnik talablarni ham hisobga olishga qodir bo‘lgan yorug‘lik texnikasi mutaxassisini jalb qilish kerak. Magazinlarda qoidaga ko‘ra, ham tabiiy, ham sun’iy yoritishdan foydalaniladi. Tabiiy yoritish etarlicha geometrik yorug‘lik koeffitsienti rioya qilingan, ya’ni oynalar maydoni pol maydoniga nisbati normal bo‘lgan holatda foydalaniladi. Bu nisbat (yorug‘lik koeffitsienti) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Download 498.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling