15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari


Download 498.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana08.05.2023
Hajmi498.9 Kb.
#1445230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
15 mavzu 2m

Rasm (tasvir), xuddi matn kabi, reklama vositasini tashkil qiladigan elementlar 
ichida alohida o‘rin egallaydi. Tasvir ko‘p hollarda reklama matni ta’sirini sezilarli 
kuchaytiradi, ayrim hollarda esa – to‘laligicha yoki qisman uning o‘rnini bosadi. 
Tasvir rasmni, fotosurat esa – diapozitivni ifodalashi mumkin. 
Reklama rasmida tasvirlarning turli grafika va rassomlik texnikasi qo‘llanadi. 
Rasmlar oq-qora yoki rangli bo‘lishi, qalamda, mo‘yqalamda, ko‘mir va h.k. bilan 
bajarilishi mumkin. Reklamada rasm ko‘p hollarda yumoristik obrazni ifodalaydi. 
Biron-bir detalni bo‘rttirib ko‘rsatish, jonivorlar va jonsiz predmetlarni inson 
xususiyatlariga ega qilish, harakatlar va holatning bir-biriga muvofiq emasligi, so‘zlar 
o‘yinini rasm bilan kuchaytirish va h.k. foydalaniladi. 
Agar predmet strukturasini, uning shakli, mayda detallari, material rasmi yoki 
rangini va h.k.ni aniq ko‘rsatish zarur bo‘lsa fotosuratlardan foydalanish tavsiya 
etiladi. Ularda reklama qilinayotgan tovarlardan tashqari bu mahsulotlarni iste’mol 
qilish usullari ko‘rsatilishi, ularning alohida xususiyatlari namoyish etilishi yoki 
ularning jalb etuvchanligi ta’kidlanishi mumkin. 
Fotosurat odamda u reklamadan oladigan ma’lumotlar ishonchliligi borasida 


288 
hech qanday shubha qoldirmaydi. SHu sababli bunday reklamaga xaridor o‘zgacha 
ishonch bilan munosabatda bo‘ladi. Fotosuratlardan batafsil matnli izoh talab 
qilmaydigan tovarlar, masalan, kiyim-kechak reklamasida foydalanish eng samarali 
hisoblanadi. Reklama maqsadlarida uning yordamida predmetning real bo‘yoqlari va 
tusini ifodalash mumkin bo‘lgan rangli fotosuratlardan foydalanish ayniqsa unumli 
bo‘ladi. 
Magazin tomonidan reklama maqsadlari uchun foydalaniladigan fotosurat va 
rasmli plakatlarni shunday joylashtirish kerakki, ular yog‘in-sochinlardan, quyosh 
nuridan aziyat chekmasin. 
Aniqlanishicha, rasmlarga berilgan izohlarni o‘qiydiganlar soni matn o‘qiydigan 
kishilardan ikki baravar ko‘p ekan. Har bir rasm izohida tovar xaridor uchun keltirishi 
mumkin bo‘lgan foyda asoslab berilishi lozim. 
Tasvirlarga qo‘yiladigan talablar: 
• tasvir o‘quvchida qiziqish uyg‘otishi kerak; 
• fotosuratlar, rasmlarda telereklama orqali yaxshi tanish bo‘lgan tipajlardan 
foydalanish reklamaning esda qolarligini ta’minlaydi; 
• tasvirlar oddiy bo‘lishi va detallar bilan ortiqcha to‘ldirib yuborilgan 
bo‘lmasligi lozim; 
• agar reklama xabari ayollar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, rasmda erkak emas, 
ayol tasvirlangan bo‘lishi lozim; 
• rangli fotosurat 50%ga oq-qora bo‘lsa ham, uning esda qolarligi 100% yuqori 
bo‘ladi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilishda tayyor taomni reklama qilish kreak, 
uning tarkibidagi elementlarni emas. 
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, birinchi bo‘lib rasmlar ko‘rib chiqiladi, so‘ngra 
sarlavha va shundan keyingina matn o‘qiladi. Materalni ham shunday tartibda 
taqsimlash kerak: eng yuqorida rasm, uning ostida sarlavha, undan keyin esa – matn. 
Agar sarlavha rasmdan tepada bo‘lsa, matnni qabul qilish 10%ga pasayadi. Matnni 
hamma ham o‘qimaydi, lekin hamma rasm ostidagi yozuvlarni o‘qiydi. SHu sababli 
tagida yozuvsiz rasmlar bo‘lmasligi kerak. 


289 
Magazinning tashqi ko‘rinishi, rang va yorug‘lik bilan bezalishi potensial 
xaridorlar e’tiborini va ularning sonini oshiradigan muhim omillar sanaladi. YOrqin, 
ko‘zga tashlanib turadigan, yaltirab turadigan, top-toza vitrina beixtiyor odamlar 
e’tiborini jalb qiladi va ularda magazinga kirish istagini uyg‘otadi. 
Hozirgi paytda yo‘lovchilar e’tiborini jalb qilish uchun ko‘pincha quyida usul 
foydalaniladi: mayda, kam quvvatli lampochkalar magazin yonida o‘sadigan daraxtga 
tashlub qo‘yiladi va bu beixtiyor odamlarda bayramona kayfiya uyg‘otadi. Bunday 
girlyandalar narxi 1 metri o‘rtacha 3 dollar, tayyor girlyanda setkalari - 90 dollar, 
yorug‘lik «yomg‘iri» - 1 kv.metri 40 dollar turadi.
Magazinlar viveskalarini bezash borasida ma’lum bir talablar mavjud. 
Viveskalar savdo korxonasi tashqi reklamasining turlaridan biri hisoblanadi. Ular 
magazin joylashuvi va uning tovar profili bilib olinadigan mo‘ljal bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Joylagan joyi bo‘yicha viveskalar old tomonda (fasadda), tomning tepasida, bino 
burchagida, frontonga oid, bino qismlarini bir-biridan ajratuvchi yonmaydigan g‘ov-
devorda joylashtiriladi. Viveska turi bino turiga, uning arxitektura echimiga, yondagi 
binolarga nisbatan joylashuviga, odamlar oqimi yo‘nalishiga, shuningdek, magazin 
faoliyati va uning moliyaviy holatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Fasad viveskasi qoidaga ko‘ra, yorug‘lik reklamasi bo‘ladi va binoning old 
tomonida joylashtiriladi. Viveska bevosita magazinga kiraverish ustida yoki devor 
bo‘ylab uning frontonida yoki kronshteynga perpendikulyar ravishda joylashtirilishi 
mumkin. 
Magazin viveskasi kam so‘zli bo‘lishi va uning tovar profilini aniq aks ettirishi 
lozim. Viveska karkasini (fonini) tayyorlash uchun materiallar metall, shisha, 
plastmassa bo‘lishi mumkin. Harflar va dekorativ elementlar karkas sirtiga bo‘yoqlar 
bilan chiziladi yoki yog‘och, gips, polistirol, penoplast, metalldan qoplama detallar 
bilan mstahkamlanadi. Viveska bezalishi jalb etuvchan bo‘lishi lozim, bunda metall 
va yog‘ochga naqsh berishdan foydalaniladi. Kichik ixtisoslashgan magazin devoriga 
perpendikulyar o‘rnatilgan va etik ko‘rinishidagi (oyoq kiyim do‘koni uchun), patir 
ko‘rinishidagi (non do‘koni uchun), yo‘lakning har tomonidan yaxshi ko‘rinib 


290 
turadigan, hajmli viveska original ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bunday viveskalar savdo 
korxonasining individualligini ko‘rsatishga imkon beradi va xaridorlar e’tiborini jalb 
etishga xizmat qiladi. 
Viveskadagi matn yaqin masofadan ham, uzoqdan ham oson o‘qiladigan bo‘lishi 
lozim. SHu sababli harflar hajmi, shuningdek, viveskaning o‘lchami uni yo‘lovchilar 
ko‘rishi mumkin bo‘lgan masofani hisobga olgan holda tanlanadi. Harflar va rasmlar 
rangi fonga nisbatan keskin ajralib turadigan darajada tanlanadi. Viveska uchun shrift 
oddiy va aniq bo‘lishi lozim. Bosh harflar, ayniqsa, qiya yoziladigan shriftlar tafsiya 
etilmaydi. Viveska matnini butun fasad bo‘ylab cho‘zmaslik kerak, chunki bu holatda 
harflar bir-biridan uzoqlashib ketadi, matnni esa o‘qish qiyinlashadi. 
Savdo korxonalarining viveskalari namunaviy va individual bo‘lishi mumkin. 
Magazin nomining namunaviy viveskalari kenglik va uzunlik nisbatlarida, shriftlar 
yozilishi va ranglarda bir xillik, kostruksiya umumiy tamoyili bilan ajralib turadi. 

Download 498.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling