15 mavzu. Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari
BOSQICh. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil qilish
Download 148.68 Kb. Pdf ko'rish
|
15-MAVZU MA\'RUZA
1. BOSQICh. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil qilish:
1.1. Amaliy sotsiologik vazifani belgilash va tadqiqot predmetini tanlash. 1.2. Sotsiologik tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha byurtma qabul qilish va uni o‘tkazish bo‘yicha shartnoma to‘zish. 1.3. Bajariladigan ishlar bo‘yicha kalendar reja, texnik vazifalarni va byudjet (sarf qilinadigan xarajatlar smetasini) tuzish. 1.4. Dastur ishlab chiqish. 1.5. Tadqiqot uslubiyati, texnikalarni va vositalarini ishlab chiqish. 2. BOSKICh. Asosiy bosqich bo‘lib, amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayonini o‘z ichiga oladi: 2.1. Sotsiologik tadqiqot tanlovini o‘tkazish. 2.2. Pilotaj. 2.3. Dastlabki sotsiologik ma’lumotlarni yigish. 2.4. Empirik ma’lumotlarning sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish. 3. BOSKICh. Empirik ma’lumotlarni qayta ishlash: 3.1. Olingan empirik ma’lumotlarni guruhlarga ajratish. 3.2. Taqsimiy jadval tuzish. 3.3. Empirik ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va modellashtirish. 4. BOSKICh. Yakunlovchi bosqich bo‘lib olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi: 4.1. Tadqiqot ma’lumotlarning dastlabki tasnifi va nazariy jihatidan fahmlamoq. 4.2. Ilmiy-nazariy xulosalar, muayyan ilmiy-amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlar ishlab chiqish. 4.3. Berilgan vazifa bo‘yicha ilmiy matnlar, hisobotlar tayyorlash. Germaniyalik sotsiologlar amaliy sotsiologik tadqiqotlarni 3 bosqichdan iborat deb qo‘rsatadilar. 1. Asosiy bosqich: amaliy tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish bosqichi. Bu bosqichda 4 ta vazifa bajariladi: 1.1. Empirik tadqiqot maqsadini aniqlash va belgilash. 1.2. Empirik tadqiqot g‘oyasini ishlab chiqish. 1.3. Empirik tadqiqot jarayonini tashkil etish. 1.4. Analitik muolaja tayyorlash. Ikkinchi bosqich: Asosiy bosqich: empirik tadqiqot va eksperiment o‘tkazish. Uchinchi bosqich: Olingan empirik ma’lumotlarni qayta ishlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Bu bosqichda 3 ta vazifa bajariladi:3.1. Olingan empirik tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlash.3.2. Nazariy jihatdan qayta ishlash.3.3. Olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash. Har qanday tadqiqot biron-bir muammoning qo‘yilishidan boshlanadi. Bunday muammo tashqaridan, buyurtmachi tomonidan berilishi yoki jamiyat hayotida o‘zining ilmiy yechimini kutayotgan muammo bo‘lishi mumkin. Shulardan kelib chiqib, sotsiologik tadqiqotlarni tashkil qilishning asosiy shakllari: davlat buyurtmasi asosida, xo‘jalik shartnomasi asosida, jamoatchilik va aralash tartibda bo‘lishi mumkin. S Download 148.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling