15 mavzu. Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari


Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli


Download 148.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana02.06.2024
Hajmi148.68 Kb.
#1840045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15-MAVZU MA\'RUZA

Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli. Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish – 
dastlabki empirik ma’lumotlarni yig‘ish usuli bo‘lib, muayyan maqsadga qaratilgan
oldindan puxta o‘ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo‘ladi. Bu 
usuldan foydalanishning o‘ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada 
tadqiqot olib borayotgan ob’ektdan mustaqil bo‘ladi va unga bo‘ysunmaydi. Kuzatish 
usulidan olinadigan ilmiy ma’lumotlarda ob’ektiv, xolis va hayotiy bo‘lishi bilan o‘zining 
ilmiy qimmatiga egadir. Shu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy ma’lumotlarda 
sub’ektiv jihatlar ham bo‘lishi mumkin. Chunki, sotsiologik tadqiqot tadqiqotchining 
ijtimoiy voqelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi va qay yo‘sinda 
tavsiflashi asosida boradi. Kuzatish usulining yana bir o‘ziga xos jihati; uning muayyan 
darajada chegaralanganligi bo‘lib, ko‘pincha tadqiq etilayotgan voqelikni qayta kuzatish 


imkoniyati bo‘lmasligidadir. Bu usulning yana bir zaif jihati shundan iboratki, kuzatish 
orqali tadqiqotchini savolga qiziqtirish, kuzatiluvchining fikr va hukmini bilish juda qiyin. 
Barcha hollarda kuzatish hozircha so‘z bilan ifodalanadi. Ammo ba’zi xulqiy-ehtirosli 
munosabatlarni, holatlarni bir tarzda yozish va so‘z orqali ifodalash qiyin bo‘ladi. Kuzatish 
jarayonining harakteriga qarab uni quyidagi tiplarga ajratib ko‘rsatish mumkin: nazoratsiz
to‘la qamrovli va qamramaydigan, dala va laboratoriya sharoitida muntazam va tasodifiy 
kuzatishdir. Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli o‘rganilayotgan ob’ektga nisbatan 
chetdan yoki ichkaridan qo‘llanilishi mumkin. Tadqiq etilayotgan ob’ekt chetdan 
kuzatilganda tadqiqotchi ob’ektga nisbatan mustaqil bo‘ladi va unga bo‘ysunmaydi. 
Ichkaridan kuzatishda tadqiqotchi kuzatayotgan ob’ektga ro‘y berayotgan ijtimoiy 
jarayonlarda bevosita ishtirok etadi va bo‘ysunadi. Sotsiologik tadqiqotlarda faqatgina 
kuzatish usulidan foydalanish bilan kifoyalanib qolmaslik kerak. Chunki, kuzatish usuli 
orqali olingan natijalar o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bera olmaydi. Bu 
usuldan ko‘pgina sotsiologik tadqiqotning dastlabki bosqichlarida, ob’ekt to‘g‘risida 
dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun yoki sotsiologik tadqiqotlarning boshqa usullari 
yordamida olingan ma’lumotlarni, statistik hujjatlarni qo‘shimcha ravishda tekshirish 
maqsadida foydalaniladi. 

Download 148.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling