15 mavzu. Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari
Tadqiqot ob’ekti va predmeti
Download 148.68 Kb. Pdf ko'rish
|
15-MAVZU MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturda aniq ko‘rsatilishi zarur
Tadqiqot ob’ekti va predmeti.Tadqiqot predmeti mavjud sotsiologik muammoning
asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bir xil muammoli holatda yagona empirik tadqiqot ob’ekti bo‘yicha tadqiqot predmeti bo‘ladigan bir necha yo‘nalishlar bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tadqiqot predmeti shakllanganda, mavjud muammoni yechish yo‘llari bo‘yicha ilmiy faraz tuziladi, shu bilan birga, sotsiologik tadqiqot o‘tkazish usullari va shakllariga ta’rif beriladi. Sotsiologik tadqiqot ob’ekti deganda, sotsiologik yo‘naltirilgan ijtimoiy hodisa, jarayon va tuzilmalar tushuniladi. Har qanday sotsiologik tadqiqot ob’ekti tizimli xususiyatiga, asosan vaqt, makoniy imkoniyat va miqdoriy o‘lchov chegarasiga ega bo‘ladi. Empirik sotsiologik tadqiqot dasturining nazariy-uslubiy darajasida tadqiqot ob’ektini tanlash muhim ahamiyatga ega. Hal qilinishi zarur bo‘lgan muammo harakteri, uning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifasi tadqiqot ob’ektining qanday bo‘lishligini belgilaydi. Agar tadqiqot ob’ekting unchalik katta bo‘lmasa, sotsiologik jihatdan uni to‘laligicha qamrab olish imkoniyati bo‘lsa, bir butun holda tadqiqot ob’ekti qilib olinishi mumkin. Ba’zan esa murakkab sotsiologik tadqiqot olib borish yoki tadqiqot ob’ektini to‘laligicha qamrab olish imkoniyati bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday vaziyatda tadqiqot ob’ektining nisbatan aniq chegarasi belgilab olinishi shart. Ilmiy muammo ob’ektini sistemali tahlil etish tadqiqotchi uchun 3 faoliyat yo‘nalishini ochib beradi. Ular: 1) Tadqiqot predmetini aniqlab olish. 2) Asosiy tushunchalarni ajratib olish va ularga izoh berish. 3) Tadqiqot uchun ish gepotezasini yaratishdir. Dasturda aniq ko‘rsatilishi zarur 1) Empirik tadqiqot ob’ekti. 2) Sotsiologik tadqiqot ob’ektini to‘laligicha qamraydimi yoki uning ayrim jihatlarini tanlab oladimi. 3) Tanlov asosida olib boriladigan sotsiologik tadqiqot asosi (ro‘yxat tuzish, kartoteka, sotsiologik xarita kabilar). Download 148.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling