15 mavzu. Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari


Download 148.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana02.06.2024
Hajmi148.68 Kb.
#1840045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15-MAVZU MA\'RUZA

Yakuniy bosqichda esa respondentning yuragida ayta olmay qolgan fikrlari bo‘lsa 
ularni aniqlash uchun tuzilgan savollarni ham kiritish maqsadga muvofiq. Masalan, quyidagi 
punkt ana shu maqsadga xizmat qilishi mumkin. 
Bizga ko‘rsatgan yordamingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Mabodo 
yuqoridagi fikrlarga qo‘shimcha va takliflaringiz bo‘lsa mana shu o‘rinda bayon 
qilishingizni so‘raymiz. 
Sotsiologiyada berilgan javoblarni tekshirish uchun nazorat savollari, deb ham 
yuritiladi. Bunday savollarni anketaga kiritish yoki intervyuda qo‘llashdan maqsad bir 
nechta: 
I. 
Respondentning qo‘yilgan savollarga berayotgan javobi samimiymi, yo‘qmi 
ekanini aniqlash. 
II. 
Respondentning savolnoma yoki intervyuga munosabatini aniqlash. 
III. 
Respondentning savolnoma yoki intervyudagi ba’zi savollarga munosabatini 
aniqlash. 
Nazorat savollaridan foydalanishning muhimligi shundaki, agar o‘tkazilayotgan 
respondentlarning ko‘pchiligi savollarga samimiy javob bermaganligi aniqlansa, bu tadqiqot 
natijalari bekor qilinishi kerak. 
Nazorat savollari yordamida tashqi ta’sir tufayli respondentning javoblari nosamimiy 
bo‘layotganini ham aniqlab olish mumkin yoki bo‘lmasa savolnomaning anonim ekaniga 
shubqa paydo bo‘lganda ham javoblar samimiy bo‘lmaydi. 
Oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘tkazilgan tadqiqotning maqsadi talabalarning bo‘sh 
vaqtni qanday o‘tkazishlarini aniqlash edi. Anketaga quyidagicha nazorat savoli ham 
kiritildi: 
Siz Alisher Navoiyning «Yusuf va Zulayho» dostonini o‘qiganmisiz? Natijalar shuni 
ko‘rsatdiki, talabalarning bir qanchasi bu dostonni o‘qigan ekan. Holbuki, Alisher Navoiy 
bunday doston yozmagan. 
Har qancha yaxshi tuzilgan savolnoma va yaxshi o‘tkazilgan intervyuda ham 
respondentlarning hammasi bir xil samimiy javob bermaydi. Bu odamlarning xarakteri
dunyoqarashi, xulqi va boshqa jihatlari bilan ham boqliq. Nazorat savollarini kiritishdan 
maqsad esa ana o‘shanday nosamimiy javoblarning ulushi qancha ekanini aniqlashdir. 
Javob variantlari taklif qilinganiga qarab, savollar ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. 
Yopiq savollarga javob variantlari ko‘rsatilmaydi. Respondentning o‘zi javobni anketaga 
yozib chiqadi. 
Masalan: MDHga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy aloqalari to‘g‘risida qanday 
fikrdasiz?_______________________________________________________ 


Bu savolga respondent o‘z dunyoqarashi, ma’lumoti intilishlaridan kelib chiqib javob 
yozadi. Yopiq savollarga haraganda ochiq savollarni umumlashtirish murakkabroqdir. 
Chunki, yopiq savollarga berilishi mumkin bo‘lgan javob variantlari tayyor bo‘ladi va ularni 
kodlashtirish va kompyuterga kiritish mumkin. Demak, ularni mashinalar - EO‘M 
yordamida umumlashtirish ham mumkin. Ochiq savollarga beriladigan javoblarni sinchiklab 
o‘rganib chiqqandan keyingina umumlashtirish mumkin. Ochiq savol qo‘yilganda aqliy 
mehnatning bir qismi respondent yelkasiga yuklanadi. 
Yopiq savollar esa tayyor javoblar bilan anketaga kiritiladi. Respondent esa o‘sha 
tayyor javob variantlaridan birini tanlab olib ostiga chizishi yoki boshqa yo‘sinda belgilashi 
kerak. Yopiq savol kiritiladigan bo‘lsa, sotsiolog savol ustida ham va respondent berishi 
mumkin bo‘lgan javob variantlari ustida ham bosh qotiradi. Yopiq savollarni qo‘llashning 
murakkabligi shundan ham ko‘rinadiki, ko‘pincha javobning tayyor variantlari berilganda
javoblar umumiy xarakterning ijobiy tomoniga siljishi ko‘zga tashlanadi. Masalan, anketaga 
quyidagicha savollar kiritiladi: «Bo‘sh vaqtda Siz badiiy adabiyot o‘qiysizmi?» 
Javoblarning variantlari quyidagicha: 
I. 
o‘qiyman. 
II. 
ko‘p o‘qiyman. 
III. 
kam o‘qiyman. 
IV. 
o‘qimayman. 
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday hollarda deyarli hech kim yoki juda ozchilik 
«o‘qimayman», degan variantni belgilaydi. Mana shu savolning o‘zini boshqacharoq 
yo‘sinda berilsa, natijalar boshqacharoq chiqadi. Aytaylik, savol quyidagicha qo‘yildi: 
«Bo‘sh vaqtda ba’zilar sport bilan shuqullanadi, ba’zilar badiiy adabiyot o‘qiydi, ba’zilar 
sayohatga chiqadi, ba’zilar esa televizor oldida o‘tiradi. Siz nima bilan shuqullanasiz?» 
Javob variantlari: 
I. 
Sport bilan shuqullanaman. 
II. 
Badiiy adabiyot o‘qiyman. 
III. 
Sayohatga chihaman. 
IV. 
Televizor ko‘raman. 
Respondentlarga javobning faqat bitta emas, balki bir nechtasini belgilash ham 
mumkinligini aytiladi. Savol shunday qo‘yilganda ayni bir guruhning o‘zida ham badiiy 
adabiyot o‘qiydiganlarning soni ancha kam ekani ma’lum bo‘ladi. Haqiqiy holatni bilish 
uchun faqatgina javob variantlarinigina emas, savoldagi narsa-hodisaning ham muqobillarini 
nazarda tutish va savolnomaga kiritish maqsadga muvofiqdir. 
Yopiq savollar berilishi mumkin bo‘lgan javoblarning xususiyatlariga qarab ikki turga 
bo‘linadi: 1. Darajali savollarga beriladigan javoblar. Ular «ha-yo‘q» tarzida bo‘ladi. 
2. Muqobilli savolning muhim belgisi yana shundaki, unga beriladigan javoblar muqobil 
variantlardan iborat bo‘lib qolmay, savolning tuzilishi ham muqobil holat va hodisalardan 
iborat bo‘ladi. Masalan: «Siz sport bilan shuqullanasizmi?», - degan savolga respondentlar 
«ha» yoki «yo‘q» qabilida javob berishadi. Bu yerda savol muqobilli emas, balki javob 
muqobillidir. «Bo‘sh vaqtda ba’zilar esa kitob o‘qiydilar yoki sayohatga chiqadilar. Sizchi?» 
tarzida qo‘yilgan savol muqobillidir. Tadqiqotchilik tajribasi muqobilli savollar haqiqatga 
yaqin javob olishga ko‘proq yordam berishini ko‘rsatadi. Darajali savollar ham aslida 
muqobilli savolning bir turi. Lekin ularning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning javobi 
sub’ektiv his-tuyg‘u yoki yuz berayotgan voqealarga munosabat darajasini ifodalovchi 


javoblarni ko‘zlaydi. Masalan: «Ilmiy-fantastik adabiyotga munosabatingiz qanday?» savoli 
quyidagi javoblardan birini tanlashni taqozo qiladi: 
1. 
Juda yoqtiraman. 
2. 
Yoqtiraman. 
3. 
Unchalik yoqtirmayman. 
4. 
Befarqman. 
5. 
Yoqtirmayman. 
Demak, yuqoridagi savol munosabatlarning turli darajasini nazarda tutgani va javob 
variantlarida ana shu munosabat darajalari ifodalangani uchun u darajali savol hisoblanadi. 
Intervyu usuli anketa bilan ko‘p umumiyliklarga ega. Anketada savollar yozma tarzda 
berilsa, intervyuda oqzaki savollar beriladi. Intervyu respondent bilan bevosita muloqotni 
taqozo qiladi.Intervyuni o‘tkazuvchi - intervyuer shaxsiyati, o‘zini tutishi, ovozi, tashqi 
ko‘rinishi va kiyinishi ham so‘rov natijalariga ta’sir qilishi mumkin. Intervyu o‘z mohiyatga 
ko‘ra tadqiqotchi bilan respondentning suhbati, lekin bu suhbatni har kuni choyxonada yoki 
bekorchilikdan qilinayotgan suhbat bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Choyxonadagi yoki 
bekorchilikdan o‘tkazilayotgan suhbatdan asosiy maqsad vaqt o‘tkazish bo‘lsa, intervyu 
muayyan ma’lumot to‘plashni nazarda tutadi. Shu bilan birga, intervyuning oddiy suhbatdan 
farqi yana shundaki, suhbatdoshlar bir-birlarini qiziqtirgan masalalar to‘qrisida gap yuritsa, 
intervyu jarayonida faqat bir tomon - tadqiqotchi savol va respondent javob beradi. 
Intervyu bilan oddiy suhbat o‘rtasidagi tafovut yana shunda ko‘rinadiki, 
suhbatdoshlar, odatda tanish odamlar bo‘lib bir-birlariga muayyan psixologik munosabatda, 
aksariyat qollarda ijobiy munosabatda bo‘ladilar. Chunki, odamlar o‘zlari yoqtirmagan 
odam bilan suhbatlashishni ham yoqtirmaydilar. Intervyu esa, deyarli ikki notanish 
odamning suhbati. Shuning uchun, agar tadqiqotchi o‘zining muomalasi, kiyinishi, o‘zini 
tutishi bilan respondentda ijobiy, qech bo‘lmaganda neytral munosabat uyqotolmasa
respondent savollarga javob berishni xoqlamasligi, mabodo iltimos qilib turib olinsa, yuzaki 
va chala javoblar berishi mumkin. Yoki bo‘lmasa dindor musulmonlardan intervyu olish 
uchun o‘ta zamonaviy, olabayroq kiyimlarda borish, ayniqsa xotin-qizlarning ovro‘pacha 
yoki mini kiyimlarda borishi salbiy munosabat uyqotadi va bu intervyuning natijasi 
ko‘ngildagiday bo‘lmaydi. 
Tadqiqotchi faqatgina o‘zining kiyimi, ovozi, muomalasi to‘qrisidagina o‘ylab 
qolmay, respondentning ham o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi lozim. 
Bunday xususiyatlarni aniqlash uchun esa tadqiqotchi o‘z imkoniyatlari darajasida 
respondentning tashqi ko‘rinishiga, kiyinishiga, yoshiga, jinsiga va hokazolarga qarab 
xulosa chiqarishi kerak. 

Download 148.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling