157. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi.


O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. (XVF, EBRD, ADRD, Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya)


Download 52.39 Kb.
bet2/8
Sana10.04.2023
Hajmi52.39 Kb.
#1348220
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
157 -163

158. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. (XVF, EBRD, ADRD, Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya)
Javob: Hozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan Yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash, aholi farovonligi, uning munosib turmush darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, ta’lim, tibbiyot va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi umumbashariy vazifalar tobora muhim ahamiyat kasb etib, ularni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda.
Xalqaro tashkilotlar deb butun insoniyat uchun umumiy bo‘lgan maqsadlarga erishish yo‘lida davlatlar, milliy jamiyat uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilmiy-texnik asoslarda birlashuvidan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi. Xalqaro tashkilotlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, ularning faoliyati aniq bir milliy davlat chegarasidan chetga chiqib, davlatlararo vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday tuzilmalar bugungi kunda davlatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarning eng muhim va samarali shakllaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Xalqaro tashkilotlarni tashkil etish borasidagi harakatlar nisbatan qadimiy davrlardan ma’lum bo‘lsa-da, zamonaviy tushunchamizdagi hozirgi xalqaro tashkilotlar asosan XIX asrning 2-yarmidan e’tiboran tashkil topa boshlagan.
Xalqaro tashkilotlar odatda davlatlararo va jamoat birlashmalariga bo‘linadi. Davlatlararo birlashmalar bevosita xalqaro munosabat va faoliyat me’yorlarini yaratish funksiyasiga ega. Chunki ular davlatlar – xalqaro huquqning asosiy subyektlari tomonidan tashkil etiladi. Ular o‘z o‘rnida turli tashkilot va harakatlarga bo‘linishi mumkin (masalan, “Qo‘shilmaslik” harakati yoki “77 lar” guruhi).
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yilning 21 sentabrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining a’zoligiga qabul qilindi. 1993 yilning sentabr oyidan boshlab XVJning O‘zbekitondagi vakolatxonasi ish yuritadi va u XVJning Vashingtondagi (AQSh) bosh qarorgohi (shtab-kvartirasi) bilan ma’lumotlarning tezkor ayirboshlanishini ta’minlagan holda respublikaning Jamg‘arma bilan o‘zaro aloqalarini amalga oshirishda hamkorlik qiladi.
2016 yilga qadar O‘zbekistonning XVJdagi kvotasi 275,6 mln SDRni tashkil etdi. XVJ kvotalarini navbatdagi qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha XVJ Boshqaruvchilar Kengashining qarori kuchga kirganidan keyin ya’ni 2016 yil yanvarida respublikamiz kvotasi 275,6 mln. SDRdan 551,2 mln. SDR ga yetkazildi. Bunda, kvotalarning umumiy sonidagi mamlakatimizning ulushi 0,116 foiz miqdorida saqlanib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi ovoz berish jarayonlarida o‘z tarkibiga Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya Papuasi, Mongoliya, Vanuatu, Solomon orolllari, Samoa, Seyshel orollari, Palau, Mikroneziya, Marshall orollari, Karibati va Tuvalu mamlakatlarini o‘z ichiga olgan guruh tarkibiga kiradi. Guruhga 2016 yildan boshlab Xinam ChOY rahbarlik qiladi.
XVJdagi O‘zbekiston nomidan boshqaruvchi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri, uning o‘rinbosari esa – Markaziy bank Raisi hisoblanadi. Markaziy bank XVJ bilan hamkorlik manzili qilib belgilangan.

Download 52.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling