157. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi.
O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni. (1992 yil mart, teng a'zo, komissiyalarda ishtirok etish)
Download 52.39 Kb.
|
157 -163
- Bu sahifa navigatsiya:
- 160. O‘zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlarga (YEHHT, YUNESKO, YUNISEF, XVF, JB) a’zo bo‘lishi va ular bilan hamkorlik qilishi. (YEHHT, YUNESKO, YUNISEF, XVF, JB)
159. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni. (1992 yil mart, teng a'zo, komissiyalarda ishtirok etish)
O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilganidan keyin ko'p o'tmay—1992-yil 2-martda BMTga a'zo bo'ldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i ko'tarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda O'zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O'zbekiston Respublikasi BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham a'zo bo'ldi. O'zbekiston o'z ovozi va mavqeiga ega bo'lgan a'zo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo'yyapti. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993-yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50-yilligiga bag'ishlangan sessiyada (1995-yil okt.), BMT Bosh Assambleyasining „Ming yillik sammiti "(2000-yil sentabr) da so'zlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg'otdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-asr so'nggidagi eng yirik anjumanida O'zbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog'liq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyaning 72-sessiyasidagi ishtiroki mamlakatimizning xalqaro tashkilot bilan samarali va o'zaro manfaatli hamkorligida yangi davrni boshlab berdi. Ushbu tadbir davomida qator muhim xalqaro tashabbuslar ilgari surilib, muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Hamkorlikdagi yangi muhit tufayli O'zbekiston BMTning barcha sohalardagi jarayonlarining faol ishtirokchisiga aylandi. Bu a'zo davlatlarning mamlakatimizga bo'lgan ijobiy munosabatida namoyon bo'lmoqda. Xususan, so'nggi ikki yilda O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi doirasida uchta rezolyutsiya ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bu haqiqatan O'zbekiston diplomatiyasi uchun katta yutuqdir. Mamlakatimiz hozirgi kunda ko'p tomonlama hamkorlikning yangi ruhini qo'llab-quvvatlagan holda, a'zo davlatlar bilan birgalikda Bosh Assambleyaning yana bir muhim rezolyutsiyasi va Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi qabul qilinishi ustida ish olib bormoqda. O'zbekiston qurolsizlanish va ularni tarqatmaslik sohasida barcha muhim xalqaro shartnomalar, xususan, Yadro qurolini tarqatmaslik to'g'risidagi shartnoma, Yadro sinovlarini har tomonlama taqiqlash to'g'risidagi shartnoma, Kimyoviy va biologik qurollar to'g'risidagi konvensiya va boshqa xalqaro bitimlarga qo'shilgan. 160. O‘zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlarga (YEHHT, YUNESKO, YUNISEF, XVF, JB) a’zo bo‘lishi va ular bilan hamkorlik qilishi. (YEHHT, YUNESKO, YUNISEF, XVF, JB) UNESCO — Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi. Davlatlar oʻrtasida maorif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka koʻmaklashish maqsadida 1946-yil tuzilgan. 188 mamlakat (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 1993-yil 26-oktyabrdan) aʼzo (2004). UNESCO nizomiga koʻra, "... irqi, jinsi tili va dinidan qatʼi nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni taʼminlash maqsadida taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga" koʻmaklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamgʻarmalar, xalqaro va hududiy birlashmalar UNESCO bilan hamkorlik qiladi. UNESCO byudjeti aʼzomamlakatlar badallaridan tashkil topadi. Tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yalpi savodsizlikka qarshi kurash, maorif tizimi va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, milliy madaniyatlarni oʻrganish va tarqatish, atrof muhitni va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, okeanografiya, geol., gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiya va boshqalar sohalarda global ilmiy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishdan iborat. Axborot va informatika — kommunikatsiya masalalari uning faoliyatida katta oʻrin egallaydi. Tashkilotga aʼzo mamlakatlarda UNESCO ishlari boʻyicha Milliy komissiyalar tuzilgan. UNESCO ana shu komissiyalarga tayanib ish olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining UNESCO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi 1994-yil 29-dekabrda tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Bosh konferensiya UNESCOning oliy organi hisoblanadi. 2-yilda 1 marta uning sessiyalari oʻtkaziladi. Sessiyalar oraligʻida Ijroiya kengashi (unga 58 davlat, jumladan, Oʻzbekiston 1997-yil oktyabr da aʼzo etib saylangan) ish olib boradi. Ijroiya kengashi har-yili 2 marta yigʻiladi. Uning 155-sessiyasining yakuniy yigʻilishi Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan (1998-yil 6-noyabr). Tashkilot qarorgohi Parijda, Bosh direktor (Konchiro, Matssura, 1999-yildan) boshchilik qiluvchi Kotibiyat ham shu yerda joylashgan. Tashkilot 50 dan ortiq axborotnoma va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqaradi. Ulardan eng keng tarqalgani "UNESCO kuryeri" jur. (30 tilda nashr qilinadi), "Kelajak" (taʼlim sohasidagi haftalik), "Muzey", "Ijtimoiy fanlar xalqaro oynomasi", "Tabiat va resurslar", "Mualliflik huquqi boʻyicha axborotnoma", "Taʼlim byurosi xalqaro axborotnomasi", "Impakt: fan va jamiyat" kabilardir. UNESCO har 2-yilda bir marta jahonda taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiya holati haqida maʼruzalar chop etadi. UNESCO "Insoniyatning ilmiy va madaniy rivojlanishi tarixi" (6 jild), "Islom madaniyatining turli jihatlari" (6 jild), "Lotin Amerikasi davlatlari tarixi" (7 jild), "Karib havzasi davlatlari tarixi" (6 jild), "Afrika umumiy tarixi" (8 jild) kabi fundamental kitoblarni chop etmoqda. Shuningdek, 6 jildli "Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixi" xalqaro hamkorlik doirasida yaratilmoqda, unda 1navbatda mazkur mintaqa davlatlari, jumladan, Oʻzbekiston olimlari ishtirok etmoqda. Kitobning dastlabki 4 jildi 1992, 1994, 1996 va 1998-yillarda bosilib chiqdi. "Ipak yoʻli — muloqot yoʻli" jahon dasturi UNESCOning Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, u BMTning madaniy taraqqiyot boʻyicha butun dunyo oʻn-yilligi (1989—99-yillar) tadbiri doirasida oʻtkazildi. UNESCOning saʼyharakati bilan butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklar Jahon merosi roʻyxatiga olindi. Download 52.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling