157. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi.


Oʻzbekiston 1992-yil boshida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot


Download 52.39 Kb.
bet3/8
Sana10.04.2023
Hajmi52.39 Kb.
#1348220
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
157 -163

Oʻzbekiston 1992-yil boshida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankiga aʼzo boʻldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994-yil 10-yanvarda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy garov shartlarini bekor qildi.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat yuritadi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent xalqaro aeroportini taʼmirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15 loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga teng). Xususan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekistonda oʻrta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan iborat kredit berildi. Shundan 60 mln. AQSh dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat banklariga berilgan.
O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy-texnikaviy hamkorligi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim omil sanaladi va ulkan istiqbollarga egadir. Tomonlar tog‘-kon sanoati, neft va gaz, neft va kimyo, qurilish, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida, shuningdek, yuqori texnologiyalar sohasida sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdordirlar.
1992 yilda imzolangan Savdo bitimiga ko‘ra, mamlakatimiz o‘rtasida mumkin qadar qulaylik berish rejimi o‘rnatilgan. Koreya Respublikasi O‘zbekistonning tashqi savdo bo‘yicha sheriklari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
2010 yilda ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmi 2009 yildagiga nisbatan 31,5 foizga o‘sib, 1 milliard 614 million 700 ming AQSH dollarini tashkil etdi.
O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga transport, sayyohlik va kommunikatsiya xizmatlari, paxta tolasi, oziq-ovqat mahsulotlari, mashina va asbob-uskunalar eksport qilinadi. Koreya Respublikasidan esa kimyoviy mahsulotlar va plastmassa, qora metallar, transport, konsultativ va kommunikatsiya xizmatlari, oziq-ovqat, neft mahsulotlari, mashina hamda asbob-uskunalar import sifatida olinadi.
1994 yildan buyon savdo-iqtisodiy sohada hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma qo‘mitasi faoliyat yuritib kelmoqda.
Koreya Respublikasi tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan sarmoyalar hajmi 5 milliard AQSH dollariga yetdi, shu jumladan, ushbu mablag‘ning 2 milliard AQSH dollaridan ziyodi o‘zlashtirildi.
Ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish hisoblanadi. Erkin industrial-iqtisodiy zona va yuk tashish bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniyalardan biri – “Korean Eyr” tomonidan boshqarilayotgan Navoiy shahar aeroportidagi logistika markazi imkoniyatlarining birlashtirilishi yuqori daromadli mahsulotlar ishlab chiqarilishining rivojlanishiga hamda aviatsiya, avtomobil va temir yo‘ldan foydalangan holda amalga oshiriladigan yuk tashishning multimodal tizimi orqali tayyor mahsulotning dunyo bozoriga tez yetkazib berilishiga alohida imkoniyat yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi, bu – mavjud sanoatni yangilash hamda modernizatsiya qilish maqsadida mamlakatimizga yuqori investitsiya texnologiyalarining jalb etilishi bilan bog‘liq istiqbolli loyihalar sanaladi.
Ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishda yurtimizdagi Surgil koni negizida Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan birgalikdagi konsorsium asosida ustyurt gaz va kimyo majmuasini qurish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Koreya Respublikasining mablag‘i ishtirokida 360 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ularning 59 tasi yuz foiz Janubiy Koreya mablag‘i asosida ish olib bormoqda. Ushbu korxonalar, asosan, savdo, yengil sanoat, tog‘-kon sanoati, kimyo, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, uy-joy-kommunal xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, sayyohlik va xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashtirilgan. O‘zbekiston Respubliksining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida 84 ta Koreya Respublikasi kompaniyalarining vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan.

Download 52.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling