157. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi.


Oʻzbekiston — Germaniya munosabatlari


Download 52.39 Kb.
bet4/8
Sana10.04.2023
Hajmi52.39 Kb.
#1348220
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
157 -163

Oʻzbekiston — Germaniya munosabatlari — Germaniya bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida rasmiy munosabatlar 1992-yildan boshlangan boʻlsa ham, ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar uzoq davrga borib takaladi. 20-asr boshlarida oʻzbek chevarlari orasida nemislarning „Zinger“ tikuv mashinasi nihoyatda mashhur boʻlgan. Oʻzbekiston mustaqillikka eryshgach, ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli munosabat oʻrnatildi. Oʻzbekistonning Gʻarbiy Yevropadagi birinchi elchixonasi 1993-yil Bonn shahrida ochildi. Oʻsha paytdanoq oʻzaro aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yoʻlga qoʻyildi. Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik vazirining 1992-yil avgustdagi rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun asos yaratdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1993-yil aprelda Germaniyaga qilgan tashrifi oʻzaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga muhim omil baxsh etgan burilish voqeasi boʻldi. Ushbu tashrif yakunida imzolangan „Kapital qoʻyilmalarni amalga oshirishga koʻmaklashish va ularni oʻzaro himoyalash toʻgʻrisida“ shartnoma, „Ilmiy tadqiqot va mutaxassislar jamgʻarmasini vujudga keltirish“ hamda „Madaniy hamkorlik“ toʻgʻrisida bitimlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini belgilab berdi.
Hamkorlik dasturlarini muvofiqlashtirish va tezroq amalga oshirish maqsadida 1993-yil avgustda idoralararo komissiya hamda 1995-yil may oyida Oʻzbekiston — Germaniya doimiy ishchi guruhi tuzildi. Mazkur komissiya va guruh muntazam ravishda yigʻilishlar oʻtkazib, investitsiyalarni kafolatlash va sugʻurtalash, loyihalarni moliyalash, xususiylashtirishga koʻmaklashish, qimmatli qogʻozlar bozorini vujudga keltirish kabi muhim masalalarni hal qilib kelayotir. 1993-yil Toshkentda Germaniya texnikaviy hamkorlik jamiyatining vakolatxonasi ochildi. Jamiyat faoliyati tufayli bozor iqtisodiyotiga oid seminar va oʻquv kurslari oʻtkazish yoʻli bilan mutaxassislar tayyorlash, iqtisodiy qonunchilik, xususiylashtirish, kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof muhitni muhofaza qilish, shahar yoʻlovchi transportiga doir qonun va nizomlar ishlab chiqish, „Onalik va bolalikni himoya qilish“ tadbirlari boʻyicha maslahatlar berish dasturi amalga oshirila boshladi. 1994-yilda Germaniya savdo-sanoat palatalari birlashmasi Toshkentda Germaniya iqtisodiyoti vakili byurosini ochdi. Uning asosiy vazifasi oʻzbek va nemis ishbilarmonlarini axborot bilan taʼminlashdan iborat. Oʻsha yilning iyunida Toshkentda K. Adenauer jamgʻarmasining vakolatxonasi ochildi. Gannover xalqaro yarmarkasi ishlab turgan davrda (1994-yil aprel) oʻtkazilgan „Oʻzbekistan iqtisodiyoti kunlari“ OFR jamoatchiligi va ishbilarmonlarini gʻoyat qiziqtirdi. OFR prezidentining 1995-yil 11—13 aprelda Toshkentga qilgan tashrifi davomida ikkala mamlakatning ishbilarmonlari ishtirokida qoʻshma biznes-seminar oʻtkazildi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston banklari, Fanlar akademiyasi va turli vazirliklari hamda muassasalari xodimlari uchun amaliy mashgʻulotlar, konferensiyalar va foydali uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. 1995-yilda Shtutgart shahridagi Linden-muzeyda „Oʻzbekistan. Buyuk Ipak yoʻli merosi“ mavzusida ochilgan koʻrgazma Oʻzbekiston — Germaniya hamkorligini rivojlantirishda sezilarli voqea boʻldi. 1996-yil 18-19 iyunda „Germaniya markaziy Osiyo“ jamiyati, „Doyche Bank“, Frankfurtmayn shahri magistrata va Oʻzbekiston Respublikasining OFRdagi elchixonasi tashabbusi bilan Frankfurt shahrida „Germaniyada Oʻzbekiston iktisodiyoti kunlari“ xalqaro anjumani oʻtkazildi.
O`zbekiston Rossiya. 20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatila boshladi. Oʻzbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1998, 2001 va 2004-yillarda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2000 va 2003-yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikda huquqiy asosni yaratdi.2003-yil Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AQSH dollariga yetdi. OʻzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va boshqa yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yogʻoch, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli Oʻzbekiston Respublikasida 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100 % boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, „Aeroflot“, „Avtovaz“, „Zarubejneftgaz“, „LUKoyl“, „Texmashimpeks“ va boshqa oʻz vakolatxonalariga ega. Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlari sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan.Rossiyaning „Gazprom“ aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda „Oʻzbekneftgaz“ bilan „LUKoyl“ oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan Oʻzbekiston Respublikasi ga delegatsiyalar kelib turadi, ular Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. . Ikki mamlakat fanlar akademiyasilari va ularning institutlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001-yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi („Roszarubejsentr“)ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi yuklatilgan.



Download 52.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling