16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sultonova Kamola Ravshanbekovna Xorazm viloyati Tuproqqal`a tumani 19-maktab o`qituvchisi Telefon:+998973620509 qsultonov@list.ru
- Kalit so`zlar
2
Июнь 17 O`Z-O`ZINI TARBIYALASH VA UNING MOHIYATI Qadirova Qizlarxon Komuljonovna Xorazm viloyati Tuproqqal`a tumani 19-maktab o`qituvchisi Telefon:+998999654228 qizlarxon1989@gmail.com Sultonova Kamola Ravshanbekovna Xorazm viloyati Tuproqqal`a tumani 19-maktab o`qituvchisi Telefon:+998973620509 qsultonov@list.ru Annotatsiya: Ushbu maqolada Tarbiya nazariyasi xususida, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakli, metodi, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolari xususida fikr yuritilgan. Kalit so`zlar: Tarbiya, tarbiya jarayoni, metod, usul, shakl va muammo. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o`stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni sanaladi. Boshqacharoq talqin etadigan bo`lsak, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo`lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo`naltirilgan faoliyat jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo`lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqiladi. Tarbiya g`oyasi har xil ifodalangan bo`lsada, ammo yo`naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga ko`ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiya xususida taniqli o`zbek adibi Abdulla Avloniy shunday deydi: Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – masalasidir. Ushbu fikrlardan anglashiladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo`lishi avlodlar tarbiyasiga ko`p jihatdan bog`liq. Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo`lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimiy ta’sir etish imkonini beradi. Tarbiya jarayoni o`qituvchi va o`quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o`rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo`naltirilgan hamkorlik jarayoni sanaladi. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining onggi shakllana boradi, his tuyg`ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo`lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo`ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini to`g`ri uyushtirish g`oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo`ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning ( xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog`liqligini ko`rsatadi. Bola faoliyatini tashkil etishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarini qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o`zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur sanaladi. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi. Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo`nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Tarbiya jarayoni, odatda, o`z-o`zini tarbiyalash, o`zini-o`zini qayta tarbiyalash bolaning atrof muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va ularning xususiyatlarini bartaraf etish bilan olib boriladi. O`zini- o`zi tarbiyalash shaxsni ijtimoiy qadrga ega bo`lgan fazilatlarini hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi. O`z-o`zini qayta tarbiyalash shaxsning o`zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo`qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir. Bola xulqidagi “og`ish”lar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling