18-Ma’ruza. Magnitli va elektr separatorlar. Reja: Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari


Download 171.93 Kb.
bet5/10
Sana09.06.2023
Hajmi171.93 Kb.
#1466411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
18-Ma\'ruza

Elektr usulida boyitish asoslari
Foydali qazilmalarni elektr separatsiyasi uchun minerallarning elektr xossalaridagi farq ishlatiladi. Elektr maydonida harakatlanuvchi mineral zarrachaga ta’sir qiluvchi elektr kuchlarining kattaligi minerallarning elektr xossalari (elektr o’tkazuvchanlik, dielektrik doimiylik va h.k.lar) ni belgilaydi.
Mineral zarrachalarning elektr maydonida turli trayektoriyalar bo’ylab harakatlanishi ularni ajratish uchun qo’llaniladi [1].
Zamonaviy elektr separatorlarida zaryadlangan zarrachalar teskari ishorali zaryadlangan elektrod bilan to’qnashib, bunda o’tkazgich zarrachalar tezda elektrodning zaryadini egallaydi va bir xil zaryadlangan zaryad sifatida bir-biridan itariladi. Elektr o’tkazmaydigan zarrachalar zaryadini o’zgartirmaydi va har xil zaryadlangan zarrachalar sifatida elektrodga tortiladi. Elektr zaryadlarining o’zaro ta’sirlashuv (itarilish va tortishish) kuchi Kulon qonuni bilan aniqlanib, zaryadlar o’lchamining ko’paytmasiga to’g’ri mutanosib va zaryadlar orasidagi masofaning kvadratiga teskari mutanosib.
Zarrachalarga elektr zaryadini turli usullar bilan berish mumkin: zaryadlangan elektrod bilan to’qnashib, elektr maydonida induksiyalab, qizdirib, ishqalab elektrlashtirib, mineral zarracha yuzasida ionlarni adsorbsiyalab va h.k. Ularning orasida amaliy ahamiyatga egasi: zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashuv. Tojli (koronniy) elektrsizlantirish qarama–qarshi elektrodga yo’nalgan ionlar oqimini hosil qiladi va mineral zarrachalar ularning yuzasida ionlar adsorbsiyalangani uchun zaryadga ega bo’ladi. Tojli elektrsizlantirish kichik diametrli elektrodga yuqori kuchlanish (20–40 kV) berib hosil qilinadi.
Elektr separatsiyada ajraluvchi minerallar yuzasining holati muhim ahamiyatga ega. Mineral yuzasiga reagentlar bilan ishlov berish orqali elektr separatorda zarrachaning harakatini o’zgartirish mumkin. Mineral zarrachalarga flotatsiyadan va elektr separatsiyadan oldin reagentlar bilan ishlov berish umumiy nazariy asosga ega. Gidrofil yuzalar namlikni yutadi va yuqori elektr o’tkazuvchanlikka ega. Elektr separatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi elektr kuchlarining miqdori kichik bo’lgani uchun u faqat o’lchami 4 mm dan kichik quruq mahsulotlar uchun qo’llaniladi.

Download 171.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling