18-Ma’ruza. Magnitli va elektr separatorlar. Reja: Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari


Download 171.93 Kb.
bet6/10
Sana09.06.2023
Hajmi171.93 Kb.
#1466411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
18-Ma\'ruza

Elektr maydoni – materiyaning muhim shakli hisoblanib, fazoda elektr kuchlari, ya’ni zaryadlangan jismga ta’sir etuvchi kuchlar sifatida hosil bo’ladi va bu kuchlar zaryadlangan jismning harakat tezligiga bog’liq emas.
Elektr maydonida jismlarning chiziqlar bo’ylab harakatlanishi elektr kuch chiziqlari deyiladi.
Kuch chiziqlari oqimining zichligi elektr maydonining kuchlanganligini belgilaydi. Elektr maydonining kuchlanganligi deb, maydonning berilgan nuqtasidagi musbat zaryadga ta’sir qiluvchi kuchning shu zaryadga nisbatiga aytiladi:


(9.1)
bu yerda:
F– zaryadga ta’sir qiluvchi kuch; Q– zaryad miqdori;
Elektr maydonining kuchlanganligi maxsus birlikka ega emas. SI sistemasida kuchlanganlik Nyuton/Kulon (N/Kl), yoki volt/metr (V/m) da o’lchanadi. Shuningdek, volt/santimetr (V/sm) yoki kilovolt/sm (kV/sm) birliklar ham keng ishlatiladi.
Elektr maydonining ko’rinishi (konfiguratsiya) har xil bo’ladi. Elektr maydoni bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan maydonlarga bo’linadi.
Elektr kuch chiziqlarining zichligi maydonning kuchlanganligi deb ataladi. U, shu maydonga joylashtirilgan musbat zaryadga (q) maydon tomondan ta'sir qilayotgan kuchga teng, ya'ni E=F/q, bu yerda E-elektr maydoni kuchlanganligi; F- zaryadga ta'sir qilayotgan kuch; q-zaryad miqdori .

97-rasm. Elektr maydonlarining konfiguratsiyasi.
a–nuqtali musbat zaryad; b–nuqtali manfiy zaryad; d–ikkita har xil zaryadli; e–ikkita bir xil zaryadli; f–har xil zaryadli plastinkalar orasida; g–har xil zaryadlangan o’tkazgich va plastinka orasida
Maydonning hamma nuqtalarida kuchlanganlik bir xil bo'lsa bir tekis maydon, har-xil bo’lsa noteks maydon deb ataladi. Noteks maydonda kuchlanganlikni o'zgarish grafigini quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
(9.2)
Zarrachaning elektr maydonida olgan zaryad miqdori quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
(9.3)
bu yerda: Q-tok kuchi J bo'lganda, t vaqt ichida zarracha ko'ngdalang kesim yuzasidan o'tgan elektr zaryadi.
Elektr zaryadlari bilan ta'sirlanayotgan muhit dielektrik o'tkazuvchanligi bilan xarakterlanadi. U, zaryadning muhitga ko'rsatayotgan kuchi, vakuumdagiga nisbatan qancha kichikligini ko'rsatadi
(9.4)
bu yerda, F0- zaryadlarning vakuumda o'zaro ta'sirlanish kuchi;
F-zaryadlarning berilgan muhitdagi ta'sirlanish kuchi.
Dielektrikning mutloq dielektrik o'tkazuvchanligi
(9.5)
bu yerda, Eo-elektr doimiyligi, ( )
E- dielektrikning dielektrik o'tkazuvchanligi.
Jismlarning asosiy xossalaridan biri ularning elektr o'tkazuvchanliklaridir, ya'ni, elektr tokini o'tkazish qobilyatidir. Elektr o'tkazuvchanlikning o'lchov birligi simens(sm) bo'lib, u, 1A tok o'tayotganda uchlarida kuchlanganligi 1V bo'lgan o'tkazuvchining elektr o'tkazuvchanligiga teng [11].
Om qonuniga binoan mineral zarrachaning elektr o'tkazuvchanligi
Sm (А/V) (9.6)
bu yerda, G - o'tkazuvchanlik, sm; J - tok miqdori, A; U - potensiallar ayrimasi, V; g - solishtirma elektr o'tkazuvchanlik, sm/m; S - zarrachaning qirqim yuzasi, m2; e - zarracha uzunligi, m.
Ko'pincha solishtirma elektr o'tkazuvchanlik degan tushuncha ishlatiladi. Bu jismdagi tok zichligini elektr maydoni kuchlanganligiga nisbatiga teng (o'lchov birligi sm/m), , sm/m.
Jismning solishtirma qarshiligi shu jismning solishtirma elektr o'tkazuvchanligining teskari qiymatiga teng.
Saralagichlarda elektr maydoni elektrodlarning biriga yuqori kuchlanganlikka (110-50 kV) ega bo'lgan o'zgarmas tok berish bilan amalga oshiriladi.
Tojli elektro statik saralagichlarda esa, qo'shimcha havo ionlashtiriladi.

Download 171.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling