18-Ma’ruza. Magnitli va elektr separatorlar. Reja: Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari


Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar


Download 171.93 Kb.
bet4/10
Sana09.06.2023
Hajmi171.93 Kb.
#1466411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
18-Ma\'ruza

Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar. Kuchsiz magnitli rudalarni boyitish uchun magnit maydonining kuchlanganligi yuqori bo’lgan separatorlar ishlatiladi.
94-rasmda o’lchami 3(6) mm yiriklikdagi kuchsiz magnitli rudalarni quruq va ho’l usulda boyituvchi valli separator keltirilgan. Magnit sistemasi o’zaklar va ulardagi g’altak o’ramlari, qutb uchliklari va vallardan iborat. Vallarning turtib chiqqan joylari bo’lib, ularning qarshisidagi qutb uchliklarida maydonning bir jinsligini kuchaytiruvchi o’yiqlarga ega.
Sepiluvchi quruq mahsulot yoki bo’tana yuklovchi voronka orqali val ostidagi uchliklarga beriladi. Nomagnit zarrachalar uchliklardagi teshiklar orqali qutining chiqindilar bo’limiga, magnitli minerallar esa vallar yordamida magnit kuchlari ta’siri zonasidan chiqib ketib qutining magnitli mahsulotlar bo’limiga tushadi.
Separatorning xarakteristikasi: valning o’lchamlari: DxL=270x1000 mm, valning aylanish tezligi 50-90 ay/min, magnit maydonining kuchlanganligi 10000÷12000 e, ishlab chiqarish unumdorligi <3 mm li mahsulotda 4 t/soat gacha [2].
Bunday separatorlar marganesli rudalarni ho’l usulda boyitish uchun kamyob metalli rudalardan ajratib olingan boyitmalarni qayta tozalash uchun qo’llaniladi.



94-rasm. Kuchsiz magnitli rudalarni quruq va ho’l usulda boyituvchi separatorning sxemasi.
1–ta’minlagich; 2–o’ramlar g’altagi; 3–o’zak; 4–qutb uchliklari, 5–vallar, 6–magnitli mahsulotni qabul qiluvchi idish; 7–nomagnit mahsulotni qabul qiluvchi idish
Yuqori gradiyentli separatorlar oddiy barabanli magnit separatorlardan ishlash zonasida mayda magnit-saqlovchilar (poligradiyentli muhit) va ular orasidagi tirqishlarda kuchli magnit maydoni mavjudligi bilan farqlanadi. Poligradiyentli muhit sifatida kichik diametrli sharlar, drob (d = 6 ÷ 8 mm) va boshqa mayda temir materiallar ishlatiladi.
Poligradiyentli muhitning o’ziga xosligi shundaki, mayda o’lchamdagi qo’shni sharlar bir biriga nuqtada tegadi. Shuning uchun maydonning past kuchlanganligida ham ishchi maydonda shu nuqtalarda magnit to’yinishi hosil bo’ladi, unnga yaqin joylar esa yuqori hajmli gradiyent, bundan kelib chiqib yuqori maydon kuchlanishi yuzaga keladi. Magnit maydonining yuqori kuchlangan joylarida mayda yanchilgan kuchsiz magnitli zarrachalarning intensiv tortilish va ushlanib qolinishi sodir bo’ladi. Shu paytda nomagnit zarrachalar sharlar orasidagi oraliqlardan filtlanadi.





95-rasm. Yuqori gradiyentli magnitli separator (240-SE)
1-ta’minlagich; 2,6-sepuvchi; 3-po’lat sharchalar; 4-magnit tizimi; 5-baraban; 7-yoysimon elak; 8-ostona; 9-rama; 10-vanna; 11-siquvchi vallar.
Yuqori gradiyentli separatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi 95-rasmda ko’rsatilgan. Separatorning bchki barabani 5 da besh qutbli magnit sistemasi 4 qo’zg’almas holda qotirilgan, separatorning ishlash zonasi po’latdan tayyorlangan sharlar 3 bilan to’ldirilgan. Vanna 10 va baraban orasida uning o’rta qismidan ostona 8 yordamida qoplangan yoysimon elak 7 joylashgan. Separor ta’minlagich 1, qisilgan valiklar 11, sepuvchi forsunkalar 2 va 6 bilan jihozlangan. Separatorning barcha qismlari rama 9 ga mahkamlanadi.
Boshlang’ich material ta’minlagichdan bo’tana shaklida barabanidagi magnit sistemasi maydonida ushlanib turilgan sharlar qatlamiga yuboriladi. Nomagnit zarrachalar shar qatlamidan o’tib vannaning chiqindilar bo’limiga tushadi. Sharlar orasidagi kanallarda magnit kuchlari yordamida ushlanib qolinadigan magnitli zarrachalar ular bilan barabanning yuqori qismiga ko’tariladi va u yerda forsunkalar 2 yordamida nomagnit zarrachalardan suv bilan oxirgi yuvish bosqichi olib boridi. Sharlar magnitli zarrachalar bilan baraban orqali tashiladi (transportirovka) va magnitli zarrachlarni suv bilan sachratib yuvish jarayoni olib boriladigan elakning ustiga yo’naladi. Magnitli zarrachalar vannaning boyitma yoki qisman oraliq mahsulot tushadigan bo’limiga tushadi, sharlar esa ostonadan o’tib, yana magnit maydonining ta’sir zonasiga o’tadi. Keyin tasvilsangan sikl qayta takrorlanadi.
Poligradiyentli separatorlar har xil tuzilishda ishlab chiqarilgan va ularning orasida eng mashhuri bo’lib 4EVMF (Rossiya) turidagi valli, “Johns” turidagi (Germaniya) rotorli, “Sala” (Shvetsiya) va boshqalar hisoblanadi.
Yuqori gradiyentli separatorlarning qo’llanilishi mayda donador qora, rangli, noyob metallar rudalarini, kimyo va boshqa turdagi xomashyolarni boyitishda ishlatiladi.

Download 171.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling