18-Ma’ruza. Magnitli va elektr separatorlar. Reja: Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari
Download 171.93 Kb.
|
18-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishqalanish va zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashish orqali elektrlashtirish
Ionlash orqali zaryadlash. Mineral zarrachalarni tojli elektrsizlashtirish maydonida zaryadlash usuli keng tarqalgan. Tojli elektrsizlashtirish gazlarda elektrsizlantirishning ko’rinishi hisoblanadi. Har qanday gaz–ideal dielektrikligiga qaramay elektrodlar orasida tok manbaining yetarli quvvatida elektr toki paydo qiladi. Bu hodisaning sababi elektrodlar orasidagi oraliqda joylashgan gaz (havo) ionlashishi va buning natijasida gazda elektr zaryadlarini tashuvchi (musbat yoki manfiy zaryadlangan ionlar va elektronlar) ning paydo bo’lishidir.
Ionlashishning mohiyati neytral molekuladan elektronlarni yo’nib olish va erkin elektronlarning bir qismini neytral molekula va atomlarga biriktirishdadir. Buning natijasida bir yoki bir necha elektronlarini yo’qotgan molekulalar musbat ionlarga, bir yoki bir nechta elektronlarni biriktirib olgan molekulalar esa elektr manfiy ionlarga aylanadi. Yaqinida ionlashgan gazning nurlanishidan hosil bo’ladigan elektrod tojlantiruvchi elektrod tojlantiruvchi elektrodga yondashgan nurlanuvchi zona tojlantiruvchi qatlam deyiladi. Tojli elektrsizlashtirishning tashqi zonasi faqat bir xil ishorali zaryadga ega. Bu tojlantiruvchi elektrodning qarama–qarshi ionlarni yutib, bir xil zaryadli ionlarning esa tashqi zonaga itarilib, qarama–qarshi (yerga ulangan) elektrodga tomon yo’nalishi bilan tushuntiriladi. Agar tojli elektrsizlashtirishning tashqi zonasiga mineral zarracha joylashtirilsa, unga zaryadlangan ionlar yutiladi. Zarrachaga o’rnashgan ionlar qancha ko’p bo’lsa, zarracha shuncha ko’p zaryad oladi. Ishqalanish va zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashish orqali elektrlashtirish Ma’lum sharoitda bir–biriga ishqalanish natijasida barcha fizik jismlar o’lchami va ishqalanish zaryadining ishorasi turlicha bo’lib elektrlanadi. Bitta jismning o’zi boshqa, unga ishqalanuvchi jismning fizik xossalariga qarab o’lchami va ishorasi turlicha zaryad olishi mumkin. Masalan, metallar shishaga ishqalanganda manfiy, kauchukka ishqalanganda esa musbat elektrlanadi. Har xil turdagi jismlar bir–biriga ishqalanganda ular o’lchami bir xil, ishorasi har xil elektr zaryadlari bilan zaryadlanadi [1]. Mineral zarrachalarning ishqalanish orqali elektrlanishi ularning elektrostatik maydonda o’zini turlicha tutishi bilan tushuntiriladi. Tajriba natijasida elektrostatik maydonda bir xil mineral zarrachalarning hamma vaqt musbat zaryadlangan, boshqalarning esa manfiy zaryadlangan elektrod tomonga og’ishini, minerallarning bir qismini esa elektrodlar qutblanishini sezmasligi aniqlangan. Bu birinchi va ikkinchi turdagi minerallarning ular og’adigan elektrodning ishorasiga teskari triboelektr zaryadi ishorasiga, og’ishmaydigan zarrachalar esa juda kichik ishqalanish zaryadiga ega ekanligini ko’rsatadi. Mineral zarrachalarni, shuningdek, zaryadlangan elektrod bilan to’qnashtirib ham elektrlashtirish mumkin. Turli xil elektr o’tkazuvchanlikka ega zarrachalar zaryadlangan elektrod bilan to’qnashganda ular turli kattalikdagi zaryadlarni oladi. Nisbatan yuqori elektr o’tkazuvchanlikka ega minerallar birozdan so’ng elektrod bilan bir xil ishorali zaryad oladi, dielektrik zarrachalar esa elektrodga tortilgancha qoladi. Zaryadlangan yuzada elektr o’tkazuvchi va dielektrik minerallarning o’zini turlicha tutishi ularni elektr maydonida ajratishda keng ishlatiladi. Mineral zarrachalarni zaryadlashning boshqa usullari elektr usulida boyitish amaliyotida ko’p tarqalmagan. Download 171.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling