18-mavzu. Farmatsevtika xizmatini nazorat-ruxsatnoma tizimi
Download 446 Kb.
|
18-mavzu. Farmatsevtika xizmatini nazorat-ruxsatnom a tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik sinov
- Farmakopeya qo‘mitasi
Farmakologiya qo‘mitasi dori vositalari, diagnostika va profilaktika vositalarini tibbiyot amaliyotida qo‘llash maqsadida ularning (klinikagacha va klinik) sinovlarini o‘tkazish uchun belgilanadigan talablarni ishlab chiqish, bu sinov natijalarini tahlil qilish, dori vositalarining tibbiyot amaliyotiga tatbiqi uchun tavsiyalar ishlab chiqish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yurituvchi organ hisoblanadi. SHuningdek, Farmakologiya qo‘mitasi samarasiz va eskirgan dori vositalarini Davlat Reestridan chiqarishga tavsiya etish vazifasini ham bajaradi.
Dori vositasining klinikagacha sinovi uning farmakologik ta’sirini (dori moddalarining fizik-kimyoviy xususiyatlari) o‘rganish, shu jumladan tajriba xayvonlarida sinash va dori shaklini yaratish maqsadida o‘tkaziladi. Klinikagacha sinovning asosiy maqsadi dori vositasining etarli ravishda samaradorligini va organizmga bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar darajasini aniqlaydi. Klinik sinov – dori vositasi samaradorligi va xavfsizligi bemorlarda aniqlanishi yoki tasdiqlanishidir. Bu sinovlar Farmakologiya qo‘mitasining klinik bazalarida shartnoma asosida o‘tkaziladi. Klinik sinovlarni o‘tkazish tartibi va bosqichlari O‘zR SSV ning 2001 yil 25 iyul 334-son buyrug‘iga binoan tasdiqlangan. Farmakopeya qo‘mitasi dori vositalari, diagnostika va profilaktika vositalari, shuningdek farmatsevtikada ishlatiladigan yordamchi vositalarni, standartlarni ekspertizadan o‘tkazuvchi, amaliyotga joriy etilishini ta’minlovchi bo‘limdir. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmakopeya qo‘mitasi vazirlikning 1992 yil 14 aprelidagi 227-son buyrug‘iga binoan birinchi marta Toshkent farmatsevtika instituti qoshida tashkil etildi. 1994 yil 22 iyulida “O‘zfarmsanoat” Davlat-aksionerlik konserni tasarrufiga o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 25 maydagi 181son “Dorivor vositalar, tibbiy buyumlar va davolash-profilaktika oziq-ovqatlari sifati ustidan davlat nazoratini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Farmakopeya qo‘mitasi “O‘zfarmsanoat” davlat aksionerlik konserni ixtiyoridan qayta Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tasarrufiga o‘tkazildi va shu kunga qadar “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” davlat unitar korxonasi tarkibida faoliyat yuritmoqda. Farmakopeya qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: dori vositalari, diagnostika, profilaktika vositalarini yaratuvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan me’yoriy-texnik hujjatlar (MTX) loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish, ularning sifatini talablar darajasiga ko‘tarish va tasdiqlash uchun taqdim etish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat Farmakopeyasini chop etishga tayyorlash; – dori vositalari va yordamchi vositalarga qo‘yiladigan umumiy standart talablari va nazorat usullarini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish; Respublikadagi dori vositalari nazorat-tahlil laboratoriyalari, dori vositalari muomalasiga aloqador bo‘lgan tashkilot va muassasalarni MTXlar bilan ta’minlash; dori vositalarini yaratish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, sifat nazoratini amalga oshirish, saqlash bo‘yicha boshqaruv hujjatlari va yo‘riqnomalarni tayyorlash va amaliyotga joriy etish. Download 446 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling