18-mavzu. Farmatsevtika xizmatini nazorat-ruxsatnoma tizimi


Download 446 Kb.
bet1/12
Sana23.01.2023
Hajmi446 Kb.
#1111421
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
18-mavzu. Farmatsevtika xizmatini nazorat-ruxsatnom a tizimi


18-mavzu. Farmatsevtika xizmatini nazorat-ruxsatnoma tizimi

Reja


1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini belgilovchi nazorat-ruxsatnoma tizimi
2. Dori vositalarining sifat standartlari
3. Farmatsevtika sohasida halqaro sifat standartlari
4. Dori vositalari sifatini nazorat qilish laboratoriyasi ishini tashkil qilish
5. Ishlab chiqarishda farmatsevtik mahsulotlari sifat nazoratini tashkil qilish
6. Farmatsevtik mahsulotlarni sertifikatlashtirish va sifatini boshqarish tizimi
7. Farmatsevtika bozorida dori vositalarini qalbakilashtirish Muammolari
8. Nostandart dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish tartibi
Dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini belgilovchi nazorat-ruxsatnoma tizimi
O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika xizmatining nazorat-ruxsatnoma tizimi – dori vositalari, dori moddalari, substansiyalar, dori preparatlari, dorivor o‘simlik xomashyosi, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, farmakologik vositalar tibbiyprofilaktik va tibbiy-kosmetik vositalarning sifatini ta’minlash bo‘yicha chora tadbirlar majmuini belgilovchi tashkiliy tuzilmadir.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi
1.17.1-jadval.
Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузурида Фармацевтика тармоғи

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari etib quyidagilar belgilangan.
Farmatsevtika tarmog‘ini barqaror rivojlantirish strategiyasini va davlat-xususiy sheriklikni joriy etish orqali ishlab chiqishni amalga oshirish, farmatsevtika tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi, davlat sog‘likni saqlash muassasalarini dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiyot texnikasi bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshiradi.
1.17.2-jadval.
Д
ори воситалари, тиббий буюмлар ва тиббий техника экспертизаси ва стандартизацияси давлат маркази”ning tarkibi

Davlat farmakopeyasi, Davlat reestri va boshqa me’yoriy hujjatlarni nashr etishga tayyorlaydi hamda chop etilishini tashkil etadi.


Dori vositalarining muomalasi sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga ilmiy-uslubiy xizmatlar ko‘rsatadi.
Nazorat-ruxsatnoma tizimining asosiy vazifasi – dori vositalarini tibbiyot amaliyotida ishlatish uchun ruxsat berish va tatbiq etish bosqichida to‘laqonli o‘rganilishini ta’minlash, farmatsevtika korxonalar tomonidan sifatsiz dori vositalarining ishlab chiqarilishi yoki mamlakatga xorijdan olib kelinishi, saqlash, ulgurji va chakana sotish sharoitining buzilishi bilan bog‘liq noxush oqibatlardan iste’molchilarni himoya qilishdir.

Download 446 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling