18. O‘zbekiston respublikasida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi


-modda. Kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholash


Download 426.9 Kb.
bet9/14
Sana10.03.2023
Hajmi426.9 Kb.
#1256576
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
18.Мустакил таълим

18-modda. Kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholash
Kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholash bo‘yicha komissiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan tezkor shtabning va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qo‘shma qarori bilan tuziladi.
Mazkur komissiyalar tarkibiga seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatli vazirliklar va idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, sug‘urta hamda moliya tashkilotlarining mas’ul xodimlari, zilzilabardosh qurilish sohasidagi loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlarining mutaxassislari hamda boshqa ekspertlar kiradi.
Kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
19-modda. Kuchli zilzila natijasida zarar ko‘rgan obyektlarni tiklashga doir tadbirlarni moliyalashtirish
Kuchli zilzila natijasida zarar ko‘rgan obyektlarni tiklashga doir tadbirlarni moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining mablag‘lari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Sug‘urtalangan mol-mulkka yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash qonunchilikka va sug‘urta shartnomasiga binoan sug‘urta kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
4-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi huquq hamda majburiyatlari
20-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi huquqlari
Jismoniy va yuridik shaxslar:
tegishli hududdagi seysmik xavf darajasi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot olish;
zilzilalar chog‘ida o‘zini tutish qoidalari hamda ularga tayyorgarlik ko‘rish tartibi to‘g‘risida axborot olish;
zarur bo‘lganda tashkilot xodimlarini himoya qilish va ularni zilzila vaqtida o‘zini to‘g‘ri tutishga o‘rgatish uchun mutaxassislarni jalb etish huquqlariga ega.
Jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 426.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling