18. O‘zbekiston respublikasida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar tizimi
Download 426.9 Kb.
|
18.Мустакил таълим
zilzila epitsentri — zilzila o‘chog‘iga to‘g‘ri keladigan yer yuzasidagi nuqta;
instrumental-texnik tekshiruv — maxsus kuzatuv, o‘lchov va nazorat vositalaridan foydalangan holda binolar hamda inshootlarning texnik holatini tekshirish; kuchli zilzila — magnitudasi (zilzila quvvati) Rixter o‘lchovi bo‘yicha 5,0 va undan yuqori bo‘lgan zilzila; seysmik jihatdan zaiflik — binolar va inshootlarning konstruksiyalarida zilzila natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar hamda yemirilishlarning ko‘rsatkichlari; seysmik jihatdan hududlashtirish — hududlarni ilmiy tahlil asosida seysmik xavf darajasi bo‘yicha tasniflash; seysmik faol zona — seysmik jihatdan hududlashtirish xaritasida belgilangan, kuchli zilzilalar yuz berishi ehtimoli doimo yuqori bo‘lgan hudud; seysmik xavf — muayyan hududda muayyan vaqt oralig‘ida aholining hayotiga tahdid soluvchi hamda binolar va inshootlarga zarar yetkazuvchi zilzilalar yuz berishi ehtimoli; seysmik xavfsizlik — seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholi hayotini va infratuzilma obyektlarini zilzilalar natijasida kelib chiqadigan xavflardan himoyalanganlik holati; seysmik xatar — muayyan hududda zilzilalardan ko‘riladigan ehtimol tutilgan ijtimoiy va iqtisodiy zarar; seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar — O‘zbekiston Respublikasi hududida seysmik rejim o‘zgarishining monitoringini amalga oshiruvchi seysmik kuzatuv stansiyalarining tarmog‘i; elektron texnik pasport — bino va inshootlarning seysmik mustahkamlik holati to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar jamlangan elektron hujjat. 4-modda. Seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan obyektlar Seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan obyektlar jumlasiga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklarining hududi; mudofaa, sanoat, agrar, energetika, ilmiy-texnika majmualari, suv omborlari va gidrotexnika inshootlari, sog‘liqni saqlash muassasalari, ta’lim tashkilotlari, jamoat va turar joy binolari; moddiy va madaniy meros obyektlari; ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, tonnellar va yo‘llar; muhandislik va transport kommunikatsiyalari, gaz, suv, issiqlik va elektr ta’minoti tarmoqlari. Download 426.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling